354
Xalqimizda uzoq o‗tmishdan meros qolgan mehmondo‗stlik, saxiylik, tantilik, sadoqatlilik,
poklik kabi fazilatlar milliy xususiyatning eng muhim jihati bo‗lib hisoblanadi.
Bu hislatlarni yosh avlod ongiga singdirish, ruhiyatini esa xalq durdonalari – o‗gitlarimiz
bilan boyitish va ushbu qadriyatlarimizni e‘zozlashga o‗rgatishimiz lozim.
Ma‘lumki, inson oilada shakllanadi. Sharqda bola tarbiyasi alohida e‘tiborda turgan, yaxshi
tarbiya ko‗rgan kishi nihoyatda ulug‗langan.
Tarbiyali deganda nafaqat yurish-turishi, balki shirin zabonu, ochiq chehralik ham nazarda
tutilgan. Hadisu sharifda ―YAxshilikning chehralari ochiq, xushro‗y odamlardan kutinglar‖, deyiladi.
Insonni har doim ma‘naviy pok bo‗lib yurishi, kiyimlarini ozoda tutishi, xushmuomala bo‗lishi hamisha
ulug‗lanadi. Masalan, Rim arxitektura san‘atiga nazar tashlasak, ular biton qilib, uy-joy qurilishida undan
ustalik bilan foydalanganlar, xammomlarini Shunaqa mukammal qurishganki, u erda dam olish xonalari,
ovqatlanish zallari, xattoki, kutubxonalari mavjud bo‗lgan. YA‘ni, ular ―tanasi toza, pok odamning miyasi
ham yaxshi ishlaydi‖, degan tushunchaga ega bo‗lganlar. Demakki, inson ko‗proq vaqtini xammomda
o‗tkazishi uchun ham Shunday qilingan bo‗lsa ajab emas.
Fazilatlarimining yuksagi, birinchi navbatda, poklik sanaladi. Bu ruhiy ma‘naviy poklikdir.
Donolarimiz o‗gitlarida Shunday ajoyib so‗zlar keltiriladi: ―Og‗zingni misvoq bilan
poklading, qani endi uni g‗iybat, bo‗hton kabi so‗zlar bilan yana iflos qilmasayding...‖. Tarbiyaning
muhim quroli nutq hisoblanadi. Shuning uchun ham insonlar o‗z nutqlarida yoqimsiz ohang bilan
mantiqsiz so‗zlarni ishlatish, qo‗pol, behayo, beandisha so‗zlarni ishlatish bilan ularda kattalarga bo‗lgan
hurmatni so‗ngdirmasliklari kerak.
Ba‘zan o‗quvchi, talaba yoshlarimizning ham og‗zilaridan chiqayotgan haqoratomuz
so‗zlarni eshtib yoqa ushlaymiz. Besabr ―katta‖ lar esa ba‘zan ularga tanbeh tarzida ―bunaqa gapingni
otangga yoki ongangga gapirasan‖, ―bunaqa beadablikni borib otangga yoki onagga qil‖, deyishadi.
To‗xtang... biz ularga bunaqa xunuk qiliqni, hayosiz so‗zlarni hech qachon ishlatma, yomon bo‗ladi, deb
vaqtida to‗g‗ri yo‗lga boshlashimiz kerak-ku. Axir boyagi gapimiz bilan ota-onangni behurmat qil, deb
o‗rgatishimiz emasmi?...
Murg‗ak tasavvurli bola ilk nomini va malakalarini biz kattalardan oladi. Agar katta
yoshdagilari o‗zlarining xulq-odoblari, xatti-harakatlari bilan yoshlar o‗rtasida hurmat qozona olsalar,
ularga ma‘naviyatli, madaniyatli inson sifatida ruhiy ozuqa bera oladilar.
―Ey farzand, agar farzanding bo‗lsa anga yaxshi ot qo‗ygil, nedinkim otadan farzand
haqlaridan biri unga yaxshi ot qo‗ymoqdir. YAna biri uldurkim, farzandingni oqil va mehribon doyalarga
topshirgaysen, sunnat qilur vaqtda sunnat qilgaysan, qudratinga loyiq to‗y va tomosha qilgaysan hamda
o‗qishni o‗rgatgaysan. Agar qizing bo‗lsa uni yaxshi doyalarga topshirgin, toki yaxshi parvarish qilgaylar,
kattaroq bo‗lg‗ondan so‗ng muallimga topshirgil. Balog‗atga etgandan so‗ng harakat qilib erga bergil,
unga shafqat va marhamat ko‗rgizgil, nedinkin qiz otaning asiri bulur...‖. ―Qobusnoma‖dan.
Sharq allomalarini biror–bir asari yo‗qki, ularda komil inson haqida so‗z yuritilmagan
bo‗lsin. Ularni fikricha, agar inson axloq-odobli bo‗lishini istasa yurish-turish va hayot kechirishning,
madaniyatning me‘yorlariga rioya qilishi lozim.
Axloq va odob malakalarini puxta egallash, ota-ona, keksalarni hurmat qilish, samimiylik,
vijdonlilik, sadoqat, o‗zaro yordam singari insoniy hislatlar millatimiz ma‘naviyat ramzi hisoblanadi.
Milliy ruhiyatimizni aks ettiradigan o‗zaro iliq munosabat, qarindosh-urug‗chilik, mehr-muruvvat
kabilarning barchasi xalqimizning boy madaniyati, tili, adabiyoti, san‘ati-yu obidalarida yaqqol ko‗zga
tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: