Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet554/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   550   551   552   553   554   555   556   557   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

an‟anaviy tarbiya vositalari
bo‗lsa, yana bir qismi 
zamonaviy 
vositalar
.
Odatda, har ikki turdagi vositalardan foydalaniladi. CHunonchi, maktabgacha bo‗lgan axloqiy 
tarbiyada ertak va rivoyatlar vositasidagi an‘anaviy tarbiya bilan o‗yinchoqlar va o‗yinlar vositasidagi 
zamonaviy tarbiya muvaffaqiyatli qo‗llaniladi; bunda bola qizg‗anchiqlik, g‗irromlik qilmaslikka, halol 
bo‗lishga o‗yinlar yordamida da‘vat etiladi. Bolalar axloqiy tarbiyasida televidenie, radio, qo‗g‗irchoq 
teatri, kino san‘ati katta rol o‗ynaydi.
Umuman, axloqiy tarbiyaning eng kuchli vositasi - 
san‟at
.
Bu vosita aholining barcha tabaqasini, 
turli yoshdagi shaxslarni qamrab oladi. Ayniqsa, san‘atning badiiy adabiyot turi keng qamrovli. Ertakdan 
tortib romangacha bo‗lgan janrlarda chop etilgan asarlar shaxsning axloqiy shakllanishida ulkan xizmat 
ko‗rsatadilar. Ular orqali kitobxon tarbiyalanuvchi sifatida ezgulik va yovuzlik nimaligini badiiy idrok 
etadi; ideal tanlashda ham ularning ahamiyati katta. Bundan tashqari, badiiy adabiyotning bevosita 
axloqiy tarbiyaga mo‗ljallangan hikoyatlar, rivoyatlar va nasihatlar majmualari borki, biz ularni, avval 
aytganimizdek, pandnomalar deb ataymiz: «Kalila va Dimna», «Qobusnoma», «Guliston», 
«Zarbulmasal» singari bunday mumtoz asarlar an‘anaviy axloqiy tarbiya vositasi sifatida necha asrlardan 
buyon qanchadan-qancha avlodlarga xizmat qilib keldi, bundan buyon ham Shunday bo‗lib qolajak. 
Axloqiy tarbiyaning barcha zamonlar uchun dolzarb bo‗lgan yo‗li, bu - 
namunaviyli

tamoyili. 
Oilada, avvalo, yuqorida aytilganidek, ota-ona bolaga axloqiy namuna bo‗lishi kerak. Maktabda va oliy 
o‗quv yurtida muallimlarning ta‘lim berish usullaridan tortib, to «mayda-chuyda» xatti-harakatlarigacha 
o‗z shogirdlari tomonidan shaxsiy namuna tarzida qabul qilinishini nazardan qochirmaslik lozim. Ustoz-
shogirdlik munosabatlaridagi muomala odobi, halollik, rostgo‗ylik yoshlar axloqiy tarbiyasi 
shakllanishini ta‘minlovchi omillardandir. 
Hozirgi paytda axloqiy tarbiyaning eng kuchli zamonaviy vositasi sifatida 
televidenieni
keltirish 
mumkin. U deyarli barcha san‘at turlarida yaratilgan asarlarni ekranlashtirish va ekranda ko‗rsatish 
imkoniga ega. Bundan tashqari, unda maxsus axloqiy tarbiyaga bag‗ishlangan muntazam ko‗rsatuvlar 
ham berib boriladi. O‗zbek tilidagi «Otalar so‗zi - aqlning ko‗zi», «Rivoyat», «Oqshom ertaklari» singari 
ko‗rsatuvlar bunga misol bo‗la oladi. Shu bois televidenie hech qachon engiltaklikni targ‗ib etuvchi 
qo‗shiqlar, salkam pornografik reklamalar, inson qalbini qattiqlashtiradigan «o‗ldir-o‗ldir»lardan iborat 
videofilmlar korxonasi bo‗lib qolmasligi kerak.
Axloqiy tarbiyaning aqliy-ma‘naviy va jismoniy tarbiya bilan qo‗shib olib borilishi maqsadga 
muvofiq. O‗shanda jamiyatimiz har jihatdan kamol topgan fuqarolik jamiyatiga aylanadi. 
Mamlakatimizda buning uchun barcha huquqiy-ijtimoiy shart-sharoitlar yaratilgan. 
Xulosa qilib,
Etikaning yoshlar, harbiy xizmatchilar tarbiyasidagi rolida Vatanga bo‗lgan 
muhabbat, Vatanni muqaddas deb bilish, mehnatsevarlik, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash 
umuminsoniy qadriyatlarni e‘zozlash kabi muqaddas burchi va x.k. tarbiyasidagi katta rol o‗ynashini 
anglatadi. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   550   551   552   553   554   555   556   557   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish