Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet551/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   547   548   549   550   551   552   553   554   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

3.
 
Etikaning yoshlar, xususan, harbiy xizmatchilar tarbiyasidagi 
Vatanning roli 
 
Ma‘ruzamizning uchinchi savoli ―Etikaning yoshlar, xususan, harbiy xizmatchilar tarbiyasidagi 
roli‖ haqida so‗z yuritamiz. 
Axloq-odob avvalo oiladan boshlanadi. So‗ng bog‗cha, maktab, oliy o‗quv dargohlarida ham 
yoshlarda axloqiy tarbiyasida tarbiyachining yoki murabbiyning roli katta. Keling o‗qituvchining roli 
yoshlar tarbiyasida qanday muhim rol o‗ynashiga e‘tibor beraylik. 
O‗qituvchilik jamiyat rivojiga o‗zining salmoqli hissasini qo‗Shuvchi kasblardan biri hisoblanadi. 
Bu kasb axloqning o‗ziga xos xususiyatlari jumlasiga quyidagilar kiradi: 

o‗quvchi-talabalarni eng zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish, ularni hayotga tatbiq etishning 
yo‗llarini ko‗rsatib berish; 

ularga zamonaviy usullar asosida ta‘lim-tarbiya berish, talabchan bo‗lish, o‗quvchi-talabalarni o‗z 
bolasidek sevib tarbiya qilish; 

o‗z fikrlarini aniq ifodalay olish, o‗z ustida tinmay ishlash, o‗quvchi-talabalarning qalbidan bilimga 
chanqoqlik hissini uyg‗otish; 

turmushda o‗z xulq-atvorini qattiq nazorat qilib, Shu asosda o‗quvchi-talabalarga har sohada doimo 
ibrat bo‗lish va x.k. 
O‗qituvchilar kasb axloqining jamiyat hayotida tutgan o‗rni yosh avlodning xat-savodini chiqarish, 
ularga zamonaviy ilm sirlarini o‗rgatish, yoshlarga ta‘lim-tarbiya berish va Shu asosda ularda 
mehnatsevarlik, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash, umuminsoniy qadriyatlarni e‘zozlash, Vatanni 
muqaddas deb bilish kabi tuyg‗ularni shakllantirish bilan belgilanadi. 
Vatan 
(arabcha – ona yurt) – kishilarning o‗zi yashab turgan, avlod va ajdodlari tug‗ilib o‗sgan, 
millati shakllangan joy, ijtimoiy muhit, mamlakat. Vatan bir-birini taqozo etuvchi (uy, mahalla, shahar, 
qishloq, mamlakat kabi) bir qator hududlarni o‗zida ifodalaydigan, ijtimoiy tushunchalarni o‗z ichiga 
oladi, avlodlar tug‗ilib o‗sgan va kamol topgan joy, zamin, o‗lkani anglatadi. Vatanparvarlik ota-
bobolardan meros qolgan zaminni sevish, xalq urf-odatlarini, qadriyatlarini asrash va rivojlantirish, o‗z 
ona Vatanini dushmanlardan, yot va begona g‗oyalardan himoya qilish, uning ozodligi va mustaqilligi 
uchun jonini ham ayamaslikni nazarda tutadi. 
Vatanparvarlik aniq bir hayotiy muhitda, ijtimoiy zaminda va mavjud ma‘naviy-axloqiy 
qadriyatlar asosida shakllanadi. Uning to‗la va to‗g‗ri shakllanishi, yuksak namunalarini ko‗rsatishi uchun 
ham xalq va Vatan mustaqil bo‗lishi lozim. Ana Shu sababdan mustaqillikni e‘zozlashimiz, qadriga 
etishimiz, uni qadam-baqadam mustahkamlab borishimiz zarur. Shu yo‗ldagi oliyjanob fazilat va ezgu 
intilishlar bugungi kunda haqiqiy vatanparvarlik namunasidir. 
Vatanparvarlik milliy istiqlol g‗oyalarini targ‗ib qilish, mamlakatimizda yashayotgan turli millat 
va elat vakillari o‗rtasidagi do‗stlik, tinchlik va ahillikni mustahkamlash uchun kurashishda ham namoyon 
bo‗ladi. Milliy istiqlol mafkurasining bosh g‗oyasi – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo 
etishdir. Ozod va obod Vatanni vatanparvarlik g‗oyasisiz tasavvur etib bo‗lmaydi. Bunday g‗oya va uning 
asosida shakllanadigan sog‗lom mafkura hech qachon Vatandan tashqarida ildiz otmaydi va 
rivojlanmaydi. U xalqning milliy vatanparvarlik tuyg‗usini o‗zida aks ettirmasa, jamiyatning 
harakatlantiruvchi kuchi bo‗la olmaydi. 
Vatanparvarlikni kamol toptirish ko‗pgina ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, mafkuraviy, tarbiyaviy 
omillar bilan bog‗liq. Bu nihoyatda katta mehnat talab qiluvchi murakkab vazifadir. Barcha kasbdagi 


333 
ziyolilar, tarbiyachilarning hozirgi muhim vazifalaridan biri kishilarda, xususan, yoshlarda Vatanga 
sadoqat, fidoyilik kabi fazilatlarni kamol toptirishdir. 
Vatanparvarlik g‗oyalarini yoshlarimiz ongiga singdirish, avvalambor, oiladan boshlanadi. Ona 
Vatan, Vatanga muhabbat, Vatan tuyg‗usi kabi ilk tushunchalar ham, avvalo, oila muhitida shakllanadi. 
Bu jarayon bobolar o‗giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshadi. Inson o‗zligini, nasl-nasabini bilgani 
sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg‗usi ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qancha chuqur bo‗lsa, 
tug‗ilib o‗sgan yurtga muhabbat ham Shu qadar ortadi. Vatanparvarlik g‗oyalarini yoshlar qalbi va ongiga 
singdirishda ta‘lim va tarbiyaning turli shakllari ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Vatanparvar insongina hozirgi kunda o‗zlarining g‗arazli va jirkanch niyatlarini amalga oshirish 
maqsadida yurtimizga har xil yo‗llar bilan kirib kelayotgan, mustaqil dunyoqarashi shakllanib 
ulgurmagan yoshlarimiz qalbi va ongini qandaydir zararli va buzg‗unchi g‗oyalar bilan egallashga harakat 
qilayotgan yovuz kuchlarga qarshi kurasha oladi va o‗z yurtini himoya qiladi. CHunki respublikamiz 
Prezidenti Islom Karimov ta‘kidlaganidek: ―Mustaqil o‗zbek davlati – xalqimizning tarixiy yutug‗idir. 
O‗z davlati bilan faxrlanish va fuqarolarning vatanparvarligi jahondagi ko‗pgina mamlakatlarning ilg‗or 
marralarga chiqib olishda yordam bergan. Mamlakatimiz tuprog‗ida yashab turgan va o‗zini vatanparvar 
deb hisoblagan har bir kishi uning yaxlitligi va birligini asrab-avaylashi shart‖. 
Vatanni himoya qilish ham eng sharafli kasblardan biridir. Ushbu kasb egalari bo‗lmish harbiy 
xizmatchilar – askar va ofitserlarning kasb axloqiy tarbiyasidagi roli bu: 
- vatanparvarlik, mardlik, jasurlik; 
- eng zamonaviy jang qurollari, usul va vositalarini bilish va qo‗llay
olish; 
- jangovar o‗rtoqlik qoidalariga sodiq qolish
- jang maydonlarini tashlab ketmaslik; 
- asrga tushishdan hazar qilish; 
- harbiy qasamyodiga sodiq qolib, harbiy burchni hayotining so‗nggi daqiqalari- 
ga qadar bajarish kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi. 
Harbiy xizmatchilar kasb axloqining asosiy qoidalari ularning ―harbiy qasamyodi‖ va nizomlarida 
o‗z ifodasini topgan. Harbiy xizmatchilar kasb axloqining jamiyat rivojida tutgan o‗rni mazkur mamlakat 
axolisining rivojida tutgan o‗rni mazkur mamlakat axolisining tinch-totuv yashashlari uchun har 
tomonlama sharoit yaratib berish, ya‘ni ularni tashqi xavf-xatar dushman tajovuzidan himoya qilish bilan 
belgilanadi. 
Ichki ishlar idoralari xodimlarini axloqiy tarbiyalash ishlarini to‗g‗ri yo‗lga qo‗yish, ularning 
kasbiy buzilishlarining oldini oluvchi eng muhim yo‗nalishlardan biri hisoblanadi. 
Ichki ishlar idoralari xodimlarining axloqiy tarbiyasi deb ularda axloqiy bilimlar, ehtiyojlar, 
g‗oyaviy axloqiy ishonch, axloqiy his-tuyg‗ularni shakllantirishga qaratilgan jarayonga aytiladi. 
Axloqiy tarbiya ilmiylik, g‗oyaviylik, haqqoniylik, maqsad va vositalarning mushtarakligi, 
voqelik bilan uzviy bog‗lanish, ijodiy yondashuv prinsiplariga amal qilgan holda olib borilib, ichki ishlar 
idoralari xodimlarini kasbiy tanazzulga uchrashdan saqlab turadi. 
Axloqiy tarbiya prinsiplaridan tashqari, axloqiy tarbiya metodlaridan o‗z vaqtida unumli 
foydalanish, kasbiy buzilishga yo‗l qo‗ymaydigan eng ishonchli omil hisoblanadi. 
Axloqiy tarbiya usullari deb ichki ishlar idoralari rahbar xodimlari va jamoalari tomonidan axloqiy 
e‘tiqodlarni, axloqiy his-tuyg‗u va odatlarni tarkib toptirish maqsadida qo‗llaniladigan shaxsga tarbiyaviy 
ta‘sir ko‗rsatish usullarining majmuasiga aytiladi. 
Axloqiy tarbiya usullari jumlasiga ishontirish, rag‗batlantirish va jazolash, shaxsiy namuna 
ko‗rsatish, musobaqa-bellaShuv, tanqid va o‗z-o‗zini tanqid qilish kiradi. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   547   548   549   550   551   552   553   554   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish