Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Fuqarolik jamiyatining axloqiy asoslari



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet556/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   552   553   554   555   556   557   558   559   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Fuqarolik jamiyatining axloqiy asoslari 
Dastlabki axloq maskani bo‗lmish oilalar yig‗indisi fuqarolik jamiyatini, millatni tashkil 
etadi. Fuqarolik jamiyati mohiyatan oila bilan davlat o‗rtasidagi daraja. Garchand, uning taraqqiyoti 
davlat taraqqiyotidan keyinroq ro‗y bersa ham, u albatta davlatni taqozo etadi, ya‘ni fuqarolik 
jamiyatining yashashi uchun uning oldida mustaqil nimadir - rasmiy, tizimli boshqaruv bo‗lishi 
kerak.
 
Fuqarolik jamiyati zamonaviy dunyomizda vujudga keladi, zero, hozirgi paytdagina 
fuqarolar huquqi haqiqatan ham inobatga olinadi. Fuqarolik jamiyatida har bir odam o‗zi uchun 
maqsad. Biroq, u boshqalar bilan munosabatga kirishmasdan turib, o‗z maqsadiga to‗la erisha 
olmaydi: boshqalar uning maqsadga etishishi yo‗lidagi vositadir. Natijada har bir alohida maqsad 
boshqalar bilan o‗zaro munosabatlar vositasida, ularning farovonlikka intilishini qanoatlantirgani 
holda, o‗zi ham qanoatlanadi. Boshqacharoq qilib aytganda, fuqarolik jamiyatida yaxshi, badavlat, 
baxtli, huquqiy yashash uchun bo‗lgan har bir fuqaroning intilishi pirovard natijada butun 
jamiyatning o‗shanday yashashiga olib keladi.
 
Fuqarolik jamiyati, Shunday qilib, bir kishining ehtiyojini uning mehnati vositasida 
qondirishi barobarida, Shu mehnat vositasida barcha qolganlarning ham ehtiyojini qondiradi. U o‗z 
a‘zolarining shaxsiy erkinliklari va huquqlarini himoya qiladi, odil sud vositasida ular mulkiga daxl 
qilinishiga yo‗l qo‗ymaydi. Fuqarolik jamiyati turli tabaqalardan tashkil topadi. Ular orasida 
tabaqaviy yoki sinfiy ziddiyat singari hodisalar ro‗y berishi mumkin emas. CHunki bunda shaxs - 
davlat fuqarosi, muayyan inson manfaatlari birinchi o‗rinda turadi va bu manfaatlar, aytganimizdek, 
ham axloqiy, ham qonuniy jihatdan himoya qilinadi. Zotan, «Biz uchun fuqarolik jamiyati - ijtimoiy 
makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‗lib, u insonning o‗z-o‗zini kamol toptirishiga monelik 
qilmaydi, aksincha, yordam deradi. SHaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‗la darajada 
ro‗yobga chiqishiga ko‗maklashadi»
101
.
 
Fuqarolik jamiyatining yashash sharti - erkinlik. SHaxsning qonun doirasidagi so‗z 
erkinligi, fikr erkinligi va faoliyat erkinligiga to‗la yo‗l qo‗yilmas ekan, fuqarolik jamiyati amalda 
mavjud bo‗la olmaydi. Bu jamiyatning yana bir muhim tomoni Shundaki, unda qarindoshlik, 
urug‗doshlik, elatdoshlik singari hissiyotlardan kasbdoshlik, mahalladoshlik hissiyotlari ustun 
maqomga ega bo‗ladi; yonma-yon ishlayotgan va yashayotgan jamiyat a‘zolari, «begonalar» - 
umumiy maqsad uchun kurashayotgan hamma elkadoshlar o‗zlarining uzoq qarindoshlaridan ko‗ra 
bir-birlariga yaqinroq ekanliklarini anglab etadilar. Undagi boshqaruv esa erkin tanlov va erkin 
saylov asosida, hokimiyat idoralari tazyiqidan qonun bilan himoyalangan ixtiyoriy tuzilmalar 
ko‗magida ish olib boradi. Shu bois davlatimiz rahbari Islom Karimov fuqarolik jamiyatini 
mamlakatimiz siyosiy va davlat qurilishining asosiy xususiyatlaridan biri sifatida ta‘kidlaydi va bu 
xususiyatning mohiyatini «mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlari 
vazifalarini kengaytirish, ularga davlat vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich o‗tkazib 
borish, nodavlat va jamoat tuzilmalari huquqi va mavqeini oshirishni ko‗zda tutadigan «Kuchli 
davlatdan - kuchli jamiyat sari» konsepsiyasini amalga oshirish»dan iborat deb ta‘riflaydi.
 
Mamlakatimizda hozir erkin, demokratik fuqarolik jamiyatini tuzishga kirishganmiz. Bu 
jamiyat, ma‘lum ma‘noda, g‗arbliklar tasavvuridagi fuqarolik jamiyatlaridan farq qiladi. G‗arbda bu 
borada e‘tibor asosan huquqiy yo‗nalishning ustuvorligiga qaratilsa, bizda axloqiy-ma‘naviy 
yo‗nalishning ustuvorligini ko‗rish mumkin. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, biz qurayotgan 
fuqarolik jamiyati G‗arb dunyosi uchun o‗rnak bo‗lishi mumkin. Bu faxrlanish hissidan kelib 
chiqqan balandparvoz gap emas. Masala Shundaki, G‗arb jamiyatlari hozirgi paytda axloqiylikni 
huquqiylikning yuqori bosqichi sifatida qabul qilmoqdalar. Lekin ular uchun «axloqiy o‗rin 
bo‗shatishdan» ko‗ra «huquqiy o‗rinni egallab turish» nafaqat qonuniy, balki zavqliroq tuyuladi. 
Bizning mentalitetimizda esa buning aksi - har bir «axloqiy o‗rin bo‗shatish» o‗zbek qalbiga 
quvonch, o‗z insonlik burchini bajarganlik hissini to‗ldiradi.
 
101
Каримов И.А. Асарлар. 15 томлик. Т.6. /Хавфсизлик ва барқарор тараққиѐт йўлида. Тошкент. Ўзбекистон. 
1998, 127-б.


338 
Bundan tashqari, bizda fuqarolik jamiyati qurishni ma‘lum ma‘noda tezlashtiradigan, G‗arb 
mentalitetiga xos bo‗lmagan makon borki, bu mahalladir. O‗zbek mahallalari tom ma‘noda axloqiy 
tarbiyaning maskani; oila kattalari bolaga qanchalik tarbiya bera olsa, o‗sha oila yashayotgan 
mahallaning tarbiya borasidagi hissasi ham Shuncha bo‗ladi, desak xato qilmaymiz. Buning ustiga, 
mahallada xalqimizning qadimiy demokratik an‘analari hozir ham o‗z kuchini yo‗qotgan emas. 
Mahallada yashayotgan hukumat a‘zosi ham, millioner tijoratchi ham, farrosh ham, oddiy 
o‗qituvchi ham bir xildagi mahalladoshlik huquqiga ega. CHunonchi, mahallaning oqsoqoli oddiy 
o‗qituvchi bo‗lishi mumkin va ko‗p hollarda Shunday ham. Hukumat a‘zosi yoki millioner esa, 
mahallada faqat mahalladoshlik «lavozimi»da bo‗ladi. Ularning farqlanishi faqat axloqiy jihatlari 
bilangina belgilanadi. Ana Shu xususiyatlari bilan mahalla o‗z-o‗zini boshqarish tuzilmasi sifatida 
oiladan fuqarolik jamiyatiga o‗tish uchun axloqiy ko‗prik bo‗lib xizmat qiladi. Bunday oraliq 
bog‗lovchi tuzilma, yuqorida aytganimizdek, G‗arb olamida yo‗q. Demak, Shunga ko‗ra ham, bizda 
fuqarolik jamiyatiga o‗tish nisbatan osonroq kechadi, degan fikrni bildirish mumkin. Bu borada 
Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning: «Shu ma‘noda mahallani o‗z-o‗zini boshqarish 
maktabi, ta‘bir joiz bo‗lsa, demokratiya darsxonasi, deb atash mumkin», - degan so‗zlari ayni 
haqiqatdir.
102
 
Shunday qilib fuqarolik jamiyati muayyan xalq uchun jam bo‗lib, jamoat tarzda yashashning 
eng oliy shaxsi hisoblanadi va nosiyosiy bo‗lgan barcha munosabatlarni o‗z ichiga oladi. Unda 
shaxs erkinligini, «individning ochilishi» ixtiyoriy tarzda tuzilgan fuqarolar uyushmalari, 
tashkilotlari va birlashmalari doirasida o‗zini namoyon qiladi; iqtisodiy, diniy, ma‘naviy, axloqiy-
estetik milliy, oilaviy v.b. munosabatlar davlat idoralarining aralaShuvisiz, o‗z-o‗zini boshqarish 
asosida amalga oshiriladi. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   552   553   554   555   556   557   558   559   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish