Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Vernadskiy hayratga solgan masala hozir ham o‗sha–o‗sha, hal etilmagan



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet562/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   558   559   560   561   562   563   564   565   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

 
Vernadskiy hayratga solgan masala hozir ham o‗sha–o‗sha, hal etilmagan.
 
Xo‗sh, tafakkur o‗zi nima? U biologik hodisa bo‗lmish insonda, uning ruhiy-fiziologik 
yaxlitlikdan iborat miyasida tug‗iladi, lekin tug‗ilishi bilan biologik qobiqdan chiqadi va tashqi 
muhitda energiyaga o‗xshab nimanidir yaratadi. Endi inson bilan uning tafakkuri orasida muayyan 
masofa paydo bo‗ladi, masofa uzoqlashgani sari tafakkurning mohiyati ayon bo‗lib boradi: inson 
kutgan oqibat kutilgandan boshqacha mazmun kasb eta boshlaydi. Nega? Bizningcha, Noosferada, 
yuqorida aytganimizdek, inson fikri narsalashadi, o‗z intellektimiz narsalarga aylanib, bizni o‗rab 
104
Каримов И.А. Асарлар. 15 томлик. Т /Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Тошкент. 
Ўзбекистон.77-б. 
105
Вернадский В.И. Начало и вечность жизни Москва. Сов. Россия, 1989. С. 186 – 187. 
106
Ўша манба; С.185. 


344 
oladi. Insonning ichki tabiati muhit mavqeini egallab, tashqi tabiatga ta‘sir ko‗rsata boshlaydi va 
ko‗p hollarda bundan eng avvalo insonning o‗zi ozor chekadi. Tafakkur biologik xususiyatga ega 
bo‗lmagani uchun biologik muhitning o‗rnini egallashga, uni asta-sekin siqib chiqarishga harakat 
qiladi. Bu harakat ma‘lum nuqtadan o‗tganidan so‗ng esa o‗z ijobiy xususiyatini yo‗qota boradi va 
insoniyat uchun salbiy hodisaga aylana boshlaydi. Atom, vodorod, neytron bombalarining kashf 
etilishi, yadro kallakli ballistik raketalarning yaratilishi ana Shunday salbiy hodisalardandir. Bundan 
tashqari, noosferaning paydo bo‗lishi atmosferani, olamiy okeanni, er osti va er usti suvlarini, 
nabototni, hayvonotni, hatto insonni ich-ichidan kimyoviy zaharlanishga olib kelmoqda. Hozirgi 
kunda tirik organizmlarning, o‗simliklarning, hayvonlarning ko‗pgina turlari jisman yo‗q bo‗lib 
ketish arafasida turibdi. Ayniqsa, joy topolmay, okean bo‗ylab kemalarda suzib yurgan radioaktiv 
chiqindilar yoki ularning kimsasiz go‗zal orollarga ko‗mib tashlanishi, kislota yomg‗irlarining 
ko‗payib borishi singari hodisalar bag‗oyat xatarli. Afsuski, inson ko‗ra-bila turib, o‗zi o‗tirgan 
shoxga bolta urishni to‗xtatmayotir. 
 
Bu muammolarning hal etilishi faqat atrof-muhitni kimyoviy zahardan ekologik 
tozalashnigina emas, balki, eng avvalo, global ma‘noda, XXI asr kishisi ongini texnokratiya 
zaharidan forig‗lantirishni taqozo etadi. YA‘ni ular insoni-yat oldida endilikda ekologik hodisa 
emas, balki tom ma‘nodagi axloqiy muammolar sifatida ko‗ndalang bo‗lib turibdi. Mashhur 
avstriyalik etolog olim, Nobel mukofoti laureati Konrad Lorensning: «YOppasiga va tez yoyilib 
borayotgan jonli tabiatga begonalashish hodisasi uchun asosan sivilizatsiyamiz kishisidagi estetik 
va axloqiy to‗poslik aybdordir», - degan so‗zlari Shu nuqtai nazardan diqqatga sazovordir.
107
 
YUqorida aytilganlardan chiqadigan xulosa bitta: kelajakda inson o‗zini va o‗z sayyorasini 
muqarrar halokatdan qutqaraman desa - XXI asrdan boshlab etosfera davriga o‗tishi kerak; 
axloqiylik har birimiz uchun har qadamda bugungi texnikaviy muhit kabi zaruratga aylangandagina 
bunga erishish mumkin. Bunda Etika fanining o‗rni nihoyatda beqiyos.
 
Biologik axloq.
Mazkur hodisa so‗nggi bir necha o‗n yillik ichida sof tabobat muammosidan 
axloqiy muammoga aylandi: endilikda, birovning muayyan a‘zosini boshqa bemorga jarrohlik 
operatsiyasi yo‗li bilan o‗tkazish orqali kishi hayotini saqlab qolish axloqiy nuqtai nazardan qanday 
baholanadi, degan savol kun tartibida dolzarb bo‗lib turibdi. 
 
Biologik axloq deganda, odatda, bizda ham, jahon axloqShunosligida ham asosan tibbiy 
axloq, tabobat muammolariga doir axloqiy yondashuvlar tuShuniladi, xolos. Bu unchalik to‗g‗ri 
emas. Bizningcha, biologik axloq muammolari ikki yo‗nalishdan iborat: biri - insonlarning kichik 
biologik olam sifatidagi katta biologik olamga bo‗lgan munosabatlari bilan bog‗liq «tashqi», 
ikkinchisi - insonlarning «o‗z-o‗ziga va o‗zaro munosabatlaridagi tibbiyot bilan bog‗liq ichki» 
axloqiy masalalar.
 
Biz odatda «ekologik Etika» deganimizda aynan birinchi hodisani nazarda tutamiz. Ikki 
biologik olamning munosabatlarini, ya‘ni ekologik axloqiy muammolarni biologik axloq doirasida 
o‗rganish maqsadga muvofiqdir.
 
Hozirgi paytda ekologik axloqning insoniyat uchun naqadar muhimligini hamma biladi, 
lekin o‗z bilganidan qolmaydi – muammoning murakkabligi Shunda. Biz yuqorida noosfera, 
tafakkur borasidagi mulohazalarimizda ekologik buhroilarning ba‘zi ko‗rinishlariga to‗xtalib o‗tdik. 
Biroq, yana undan tashqari so‗nggi paytlarda jahon bo‗ylab sintetik jismlar ishlab chiqarishning 
keng yo‗lga qo‗yilganligi, hayvonot va ayniqsa o‗simliklarning gabrid usulida Yangi turlarining 
vujudga keltirilishi singari hadislar ham ekologik ahamiyatga ega. Xo‗sh, ular tabiat bilan 
silngishib, uyg‗unlashib keta oladimi, tabiat ularni o‗ziniki qila biladimi? Bunga hozir javob topish 
qiyin, ehtimol kashfiyotlarimizning oqibatlari, yuqorida aytib o‗tganimiz - muayyan tafakkur bilan 
inson orasidagi «masofaning uzoqlashib» borishi natijasida ayon bo‗lar?...

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   558   559   560   561   562   563   564   565   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish