sofizm
(
grek-ayyorlik
) deb ataladi. Fikr yuritish jarayonida
bilmasdan mantiqiy xatoga yo‗l qo‗yilsa, paralogizm deyiladi. CHinligini ham, xatoligini ham birday
isbotlash mumkin bo‗lgan fikrlar esa, paradoks deb ataladi.
Baxs yuritish san‘ati (eristika) o‗ziga xos qonun-qoidalarga amal qilishni talab etadi.
Bularga asosan quyidagilar kiradi
:
- zaruriyatsiz bahslashmaslik;
- mavzusiz baxs yuritmaslik va baxs davomida mavzudan chetga chiqmaslik yoki mavzuni
o‗zgartirmaslik;
- baxs mavzusi Yuzasidan o‗zaro zid yoki qarama-qarshi fikrlar bo‗lmasa,bahsni to‗xtatish;
- mavzuni yaxshi biladigan, aqlli odamlar bilangina bahslashish;
- baxs yuritishda mantiqiy qonun-qoidalarga amal qilish, o‗zining va muholifining fikrlaridan
xulosa chiqara olish, mantiqiy ziddiyatlarni aniqlash va bartaraf etish, asoslar to‗g‗ri bo‗lsa, isbotlashning
ham to‗g‗riligini e‘tirof etish va h.k.
- bir bahs doirasida bahslashish usullarini aralashtirib yubormasliq
Argumentlashning mantiqiy asoslarini bilish va bahs yuritish qoidalariga amal qilish tafakkur
madaniyatini yuqori darajaga ko‗tarish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |