Xasanov Komiljon im-90 20-variant Savollar: 1



Download 139,31 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana27.01.2022
Hajmi139,31 Kb.
#413986
  1   2   3
Bog'liq
IM-90 Xasanov Komiljon



Xasanov Komiljon IM-90 
20-variant 
Savollar: 
 
1.
 
Xukm.Xukm turlari 
2.
 
 Estetik ong va estetik faoliyat 
3.
 
 Kasb etikasi 
 
Javoblar: 
1.
 
Hukm predmetga ma'lum bir xossa va munosabatning xos yoki xos 
emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir. hukmlar tasdiq va inkor shaklida 
bo’ladi. Masalan, tushuncha tafakkur shaklidir –
tasdiq hukm, tushuncha 
gap emas 

inkor hukm. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va 
hodisalarning ichki, zaruriy xossalari, bog’lanishlari va munosabatlarini 
bilib boramiz. Predmetlar haqida hosil qilingan bilimlar hukm yordamida 
ifodalanadi. hukm ham tushunchaga o’xshash ob'ektiv voqe'lik in'ikosi 
natijasi sifatida fikrni ifodalashning mantiqiy shaklidir. Bizning har bir 
chin (yoki xato) fikrimiz voqelikdagi narsa va xodisalarning xossalari
o’zaro munosabatlari borligi yoki yo’qligi hamda bu voqelik 
elementlarining xossalari, ular orasidagi munosabatning doimiyligi, 
zaruriy yoki tasodifiyligi xaqida borsa, unda bizning fikrimiz hukm 
shaklida ifodalanadi. Tasdiq yoki inkor har bir hukmning xarakterli 
belgisidir. Shuning uchun, agar hukm o’ziga xos bo’lgan tasdiq yoki inkor 
belgisiga ega bo’lmasa, u hukm bo’la olmaydi. Demak, hukm narsa va 
xodisalar, ularning turli belgilari, xususiyati va munosabatlari haqidagi 
tasdiq yoki inkor shaklidagi fikrdir. 
Chin hukmda buyum belgisi va munosabati xaqidagi fikr voqe'likda 
buyum belgisi va munosabati qanday bo’lsa, xuddi shunday olinadi. 
Masalan, Antarktida okeandir 

chin hukm. Agar voqe'likdagi 
buyumlarga xos xususiyat va munosabat xos emas deb, xos emas xossa 
va munosabat xos deb olinsa, unda hukm albatta xato bo’ladi. Masalan, 
Antarktida okean emas va Antarktida dengizdir 

xato hukmlar 
hisoblanadi.
Tafakkur til bilan bog’liq bo’lganligi sababli hukm gap bilan bog’liq. 
hukm va gap aynan bir xil 
emas. hukm mantiqiy kategoriya bo’lsa, gap 
grammatik kategoriya hisoblanadi. Barcha gaplar ham hukmni 


ifodalamaydi. So’roq, undov va buyruq gaplar asosan hukmni 
ifodalamaydi. Ba'zi so’roq gaplar (so’roq 
- ritorik) gaplar hukmni 
ifodalaydi. Masalan, “Onani kim sevmaydi?” so’roq gapi “Onani hamma 
sevadi” ma'nosidagi darak gap o’rnida ham kelishi mumkin. So’roq 
gaplarning asosiy maqsadi javob olishdir. Shuning uchun so’roq gaplar bir 
qator hukmlar yordami bilan ma'lum xabarni yetkazish usulidir. So’roq 
gapd
agi «nima bo’ldi:?» so’rog’i «nimadir bo’lganligi» hukmini ifodalaydi. 
Bunday holat bo’lmaganda edi, so’roq ham ma'nosiz fikrga aylanar edi. 
Shuning uchun har bir so’roq gapda ikki bo’lak, birinchisida boshlang’ich 
xabar «nimadir bo’lganligi» va ikkinchisida aynan “qaysi hodisa 
bo’lganligi” haqidagi savol spetsifikasini tashkil etuvchi muaammo 
mavjud. Shunga o’xshash holat undov gaplarda ham mavjuddir. Fikrlash 
jarayonida turli xil savollarga bir xil gap shaklida javob beriladi. Shuning 
uchun bitta gap turli xil hukmlarni ifodalashi mumkin. Bundan tashqari 
hukm bilan gapning tarkibi bir-biridan farq qiladi. Gapda ega va kesim bir 
yoki bir necha so’z yordamida ifodalanadi. Shuning uchun gapda ega va 
kesimdan tashqari, boshqa bo’laklar aniqlovchi, to’ldiruvchi kabi bo’laklar 
ishtirok etishi mumkin, shunga qarab gapnig strukturasi o’zgarib turadi. 
hukm tarkibi qat'iy bo’lib, sub'ekt, predikat va ularni munosabatini 
aniqlovchi bog’lovchidan iborat bo’ladi. hukmning sub'ekti –
bu 
hukmning predmetini ifodalovchi 
tushuncha bo’lib, S simvoli bilan 
ifodalanadi. hukmning predikati 

uning predmeti belgisi va 
munosabatini ifodalovchi tushuncha bo’lib, P simvoli bilan ifodalanadi. 
Sub'ekt va predikat hukmning terminlari hisoblanadi. Subekt va predikat 
munosabatini mant
iqiy bog’lovchi “ –
” ifodalaydi. U o’zbek tilidagi 
“ifodalaydi”, “hisoblanadi”, “boradi”, “keladi” kabi fe'llarga to’g’ri keladi. 
hukmning formulasi 



P. Masalan, daftar (S) 

(bog’lovchi) o’quv 
quroli (P). 
Hukmlar tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab bo’ladi. Oddiy hukm deb 
tarkibidan yana bir hukmni ajratib bo’lmaydigan mulohazaga aytiladi. 
Tarkibidan ikki yoki undan ortiq oddiy hukmni ajratish mumkin bo’lgan 
mulohazalarga murakkab hukm deyiladi. Murakkab hukmlar haqida 
keyingi paragrafda to’xtalib o’tamiz. 
Oddiy hukmlar xususiyatiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi.
a) Hukmning sifat jihatidan bo’linishi. Mantiqda sifat jihatidan 
hukmlar tasdiq va inkor hukmlarga bo’linadi. Agar hukm buyumga xos 
bo’lgan biror belgi va munosabatni qayd etuvchi bo’lsa, u tasdiq hukm 
bo’ladi. Masalan, “Bugun mantiq darsi bo’ldi”. Ba'zan agar hukm predikati 
inkor etuvchi va undagi bog’lovchi tadiqlovchi bo’lsa, hukm albatta 
tasdiqlovchi bo’ladi. Masalan, “Bu qaror asossiz hisoblanadi”. Inkor hukm 


esa tasdiq 
etilgan buyum belgilarini rad etishdan iborat. Masalan, “Terak 
mevali daraxt emas”.
Tasdiq va inkor hukmlar o’rtasida hamma vaqt o’zaro bog’lanish mavjud. 
Bunday holatning bir munosabatdagi tasdiq hukmning ikkinchi 
munosabatda inkor ham bo’lishida ko’ri
sh mumkin. hamma vaqt bir 
belgini tasdiqlash, unga zid bo’lgan boshqa bir belgini inkor etishdir. 
Mantiqda tasdiq hukm S 

P dir, inkor hukm esa S 

P emas formulasi 
bilan ifodalanadi.
b) hukmning son jihatidan bo’linishi. hukm sub'ektida ifodalangan 
p
redmetlarning miqdoriga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi. har bir hukm 
faqat o’z sifati bilangina ajralmasdir balki son bilan xam ajraladi. hukm bir 
predmet, predmetlar sinfining bir qismi va predmetlar sinfiga kiruvchi 
barcha predmetlarning xossa va munosabatlarini tasdiqlashi yoki inkor 
qilishi mumkin. Shu jihatidan hukmlar yakka, juz'iy va umumiyga 
bo’linadi.
Yakka hukm bir predmetga xos va xos bo’lmagan belgi va munosabatni 
ifodalaydi. Yakka hukm hukmlar sub'ekti yakka tushunchalar bo’ladi. 
Masalan: Ahmedov ikkinchi kurs talabasi yoki Ahmedov uchinchi kurs 
talabasi emas. Yakka hukmlar formulasi:
“S –
P dir” yoki “S –
P emas”.
Juz'iy hukmlar deb predmetlar sinfining ma'lum qismiga xos va xos 
bo’lmagan belgi va munosabatni ifodalaydi. Juz'iy hukm 
«ba'zan S 


dir» yoki «ba'zan S 

P emasdir» formulasiga ega. Masalan: ba'zi yoshlar 
talabadir yoki ba'zi yoshlar talaba emas. 
Umumiy hukmlar predmetlar sinfining butun qismiga xos va xos 
bo’lmagan belgi va munosabatni ifodalaydi.. Umumiy hukm sub'ekti 
hamma vaqt tasdiqlovchi bo’lsa, «hamma», «har bir», inkor etuvchi 
bo’lsa «hech bir», «hech qaysi» va boshqa tushunchalar orqali 
ifodalanadi. Masalan: hamma fanlar o’z tadqiqot ob'ektiga ega. hech bir 
metall gaz emas. Umumiy hukmlar tasdiqlovchi shaklda «hamma S 

P
dir», inkor shaklida esa «hech bir S 

P emas» formula bilan ifodalanadi.
Hukmlarning son va sifat jihatidan birlashgan klassifikatsiyasi. hukmlar 
son va sifat jihatidan umumiy tasdiq, umumiy inkor, juz'iy tasdiq va juz'iy 
inkor hukmlarga b
o’linadi. Yakka tasdiq va yakka hukmlar bunda alohida 
guruhga ajratilmaydi va umumiy hukmlar bilan tenglashtiriladi. 
Umumiy tasdiq hukmlar soniga ko’ra umumiy va sifatiga ko’ra tasdiq 
hisoblanadi. Masalan: hamma daryolar (S) o’z oqimiga ega (R). Umumiy 
tasdiq hukmlar lotin alifbosidagi A harfi bilan belgilanadi. 


Umumiy inkor hukmlar soniga ko’ra umumiy va sifatiga ko’ra inkor 
hisoblanadi. Masalan: hech bir o’simlik hayvon emas. Umumiy inkor 
hukmlar lotin alifbosidagi ye harfi bilan belgilanadi. 
Juz'iy ta
sdiq hukmlar. soniga ko’ra juz'iy va sifatiga ko’ra tasdiq 
hisoblanadi. Masalan: Ba'zi ishchilar zavodda ishlaydi. Juz'iy tasdiq 
hukmlar lotin alifbosidagi I harfi bilan belgilanadi. 
Juz'iy inkor hukmlar. soniga ko’ra juz'iy va sifatiga ko’ra inkor hisobl
anadi. 
Masalan: Ba'zi hashoratlar uchmaydi.Juz'iy tasdiq hukmlar lotin 
alifbosidagi O harfi bilan belgilanadi. 
Oddiy hukmlarda terminlar hajmi. Oddiy hukmlarda terminlar(sub'ekt va 
predikat)ning hajmiga ko’ra to’liq va to’liqsizga bo’linadi. 
Umumiy tasd
iq hukmlarning sub'ekti har doim to’liq, predikati esa to’liq 
yoki to’liqsiz hajmda bo’ladi. Masalan: “hamma talabalar o’quvchidir”. 
Bu yerda hukmning sub'ekti to’liq, predikati to’liqsie, chunki barcha 
o’quvchilar talaba emas. “hamma insonlar ongli mavjudotdir”. Bu yerda 
hukmning sub'ekti ham, predikati ham to’liq olingan, chunki faqat 
insonlargina ongli mavjudotdir. 
Umumiy inkor hukmlar ning sub'ekti va predikati har doim to’liq hajmda 
olingan bo’ladi. Masalan: 
Juz'iy tasdiq hukmlarning sub'ekti har do
im to’liqsiz, predikati esa to’liq 
yoki to’liqsiz hajmda olingan bo’ladi. Masalan: “Ba'zi o’simliklar 
daraxtdir”. Bu hukmda sub'ekt to’liqsiz, predikat esa to’liq olingan, 
chunki fikr o’simliklarning bir qismi va daraxtlarning barchasi haqida 
ketayapti. 
“Ba'zi respublikalar yevropada joylashgan”. Bu hukmda 
sub'ekt to’liqsiz, predikat esa to’liqsiz olingan, chunki respublikalarning 
va yevropa davlatlarining bir qismi haqida fikr yuritilmoqda. 
Juz'iy inkor hukmlarning sub'ekti to’liq va predikati to’liqs
iz hajmda 
olingan bo’ladi.
Hukmlarning predikat mazmuniga ko’ra turlari. 1.Atributiv (xususiyat) 
hukm. 2.Mavjudlik hukmi. 3.Munosabat hukmi.
1.Atributiv (xususiyat) hukmlar buyumlarning o’z belgilari bilan bo’lgan 
bog’lanishlarini ifodalaydi.
Buyumlar b
elgisiz bo’lmagani kabi, belgilar ham buyumlardan ajralgan 
holda bo’lmaydi.
2.Munosabat hukmi ob'ektiv borlikdagi buyumning bor yoki yukligin 
haqida ma'lumot, bilim beradi. 
3. Munosabat hukmlari. Bu hukmlar ikki yoki undan ko’p buyumlarning 
fazoga, vaqtga, jinsga, ketma-
ketlikka va tenglikka nisbatan bo’lgan 
munosabatlarini aks ettiradi. 


Mantiq ilmida munosabat hukmlari «ARV» formulasi bilan 
ifodalanadi. Bunda «A» va «V» belgilari buyumlar xaqidagi tushunchani; 
«R» belgisi esa ular orasidagi 
munosabatni ko’rsatadi.
Endi yuqorida aytilgan munosabatlarni kursatadigan hukmlaga 
misol keltiramiz. 
1. Buyumlarning fazodagi munosabati: «Ukraina Rossiyaning 
g’arbida joylashgan».
2. Vakt munosabati: 
«Jomiy Alisher Navoiyning zamondoshi». 
3. Tenglik: «institutning bosh binosi uning yangi binosidan katta». 
4. Jins munosabati: 
«Ulug’bek qaxramonning ukasi».
5. Ketma-ketlik : «Ikkinchi jaxon urushi birinchi jaxon urushidan 
yigirma besh yildan keyin bo’lgan».
Hukmlarning modallik bo’yicha
bo’linishi. Hukmlarning modallik 
bo’yicha bo’linishiga hukm predikatidagi belgining fikrimiz predmetida 
tasdiq yoki inkor shakldagi bog’lanish darajasi asos bo’ladi. Shunga ko’ra, 
mantiqda hukmlar ikki asosiy guruhga bo’linadi.
Hukmlar ob'ektiv modalligiga qarab ehtimoliy, voqeiy va zaruriyga va 
ikkinchidan, uning mantiqiy modalligiga qarab, problematik va ishonchli 
hukmlarga ajraladi. 

Download 139,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish