Geografiya kafedrasi


Italiya davlatining turizm iqtisodi



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/242
Sana01.02.2022
Hajmi3,43 Mb.
#423985
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   242
Bog'liq
Туризм Географияси мажмуа 2021

Italiya davlatining turizm iqtisodi
Italiya Yevropaning janubida. O‘rta yer dengizi qirg‘og‘ida joylashgan davlat. Appenin 
yarim oroli. Sitsiliya. Sardiniya va bir qancha mayda orollarni o‘z ichiga oladi. Italiya hududi 
309.5 kv.km.. aholisi 62.8 mln. kishi. Italiyaning «Umumiy bozor»ga kirishi Farbiy Yevropa 
integratsiyasidagi iqtisodiy aloqalarning kengayishiga imkoniyat yaratdi. Italiya yuqori darajada 
taraqqiy etgan industrial mamlakat. Italiya iqtisodiyotida turizm sohasi katta o‘rinni egallaydi. 
Tovarlarni eksport qilishda soliqdan ozod etilgan. O‘rta yer dengizidagi qulay dam olish va sayir 
qilish 
imkoniyatlari 
katta 
daromad 
manbayi 
bo‘lib 
hisoblanadi. 
Mamlakatda 
mehmonxonalarning umumiy o‘rni 55 mln. Yiliga 40-45 mln. turist kelib ketadi. Rim. Venetsiya. 
florentsiyadagi tarixiy va me‘moriy yodgorliklar turistlarni jalb etadi. 2000 yil 41.2 mln. xorijiy 
sayyohlar tashrif buyurgan. yillik o‘sish 12.8 foizni tashkil etgan. Internet orqali Yevropa 
mintaqasida sotilgan turistik mahsulotlarning 8 foizi Italiyaga to‘g‘ri keladi.
Italiyada turizm sanoatining rivojlanish tarixi 100 yildan oshgan. Ushbu davr ichida 
mamlakat dunyoning asosiy turistik markazlaridan biriga aylandi. O‘rta yer dengizi qirg‘oqlariga 
keluvchi turistlarning 36.0% Italiyaga to‘g‘ri keladi.
Italiyaning asosiy turistik resurslari:
ko‘llar va madaniy boyliklari. tog‘lar. Italiyaning 
turistik resurslari asosan mahalliy turistlarni emas. balki chet ellik turistlarni ko‘proq jalb etadi. 
1980 yilda Yevropa hamjamiyati Italiyaning janubiy hududi - «Medzodjornoda» turizm 
infratizimini rivojlantirish bo‘yicha umumiy miqdori 34.9 mln. EKYu bo‘lgan qimmatbaho 
loyihani amalga oshira boshladi. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi Italiyada turizm sanoatini 


53 
rivojlantirish. aholini ish bilan ta‘minlash mahalliy iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishdan 
iborat edi. Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida Italiyaning janubiy hududlarida 65 ming 
nomerli mehmonxonalar tashkil qilindi. Italiya mehmonxonalarida hamda boshqa yashash 
joylarini hisobga olganda har yili 60 millionga yaqin turistlar to‘xtaydi. SHulardan 35%ni chet 
ellik turistlar tashkil qiladi. CHet ellik turistlar o‘z turistik kunlarini asosan uch yulduzli 
mehmonxonalarda o‘tkazishni xush ko‘radilar. Bu ko‘rsatkich 2000 yil 85.2 million turistik 
kunni tashkil qilgan edi. Italiyada 35870 ta mehmonxona mavjud bo‘lib. bulardan bir yulduzli 
mehmonxonalar 30.6%ni; ikki yulduzli mehmonxonalar 32.4%ni; uch yulduzli mehmonxonalar 
30.0%ni; to‘rt yulduzli mehmonxonalar 6.2%ni; besh yulduzli mehmonxonalar 0.8%ni tashkil 
qiladi.
Italiyada mehmonxonada yashash va ovqatlanish narxi geografik zona. fasl. 
mehmonxona toifasi va boshqa omillarga bog‘liq bo‘lib. shu bilan birga ushbu narx tur 
mahsulotning umumiy hisobida 60-65% tashkil qiladi. Italiyaga tashrif buyuruvchi turistlarning 
aksariyati Shvedsariya. Germaniya. Frantsiya va Avstriyadan keladilar. ularning yarimidan 
ko‘pini bir kunlik mehmonlar yoki tranzit pasajirlar tashkil qiladi. Germaniyalik turistlar esa 
nafaqat son bo‘yicha ko‘pchilikni tashkil qiladi. balki dam olishni davomiyligi bo‘yicha ham 
yetakchilik qiladilar. Amerika va Yaponiyaliklar esa asosan bir xaftalik sayohatlarga keladilar. 
lekin shu qisqa vaqt ichida ular uchta madaniy markaz Rim. Florentsiya. Venetsiyani ziyorat 
qilishga ulguradilar. Avstraliyalik turistlarni asosiy qismi esa dam olish kunlarini Adriatika 
qirg‘oqlarida. 25% Italiya shaharlarida. 10% esa tog‘larda o‘tkazishni xush ko‘radilar. 
Frantsuzlar ko‘proq shahar kezadilar. keluvchilarning 25% gina dengiz qirg‘oqlarida dam olishni 
xush ko‘radilar. CHet ellik mehmonlarning ushbu mamlakatga kelish sabablarining 45% 
mamlakatning tarixiy yodgorliklarini ko‘rish uchun; 43.0% iqlimi uchun; 27.0% tabiati uchun; 
30%ga yaqini esa yuqoridagilarni barchasidan bahramand bo‘lish uchun tashrif buyuradi. 1990 
yili umumiy hisobga nisbatan chet ellik turistlarning ushbu mamlakatda o‘tkazgan turistik 
kunlarining 57% Italiyaning Shimoliy turistik maskanlariga to‘g‘ri kelgan edi. Chet ellik 
mehmonlarni qabul qilish bo‘yicha birinchi o‘rinda Venetto shahri turadi. Bu shahar Italiyaga 
tashrif buyurgan mehmonlarning 20% ni qabul qiladi. Ikkinchi o‘rinda Toskana va Alto - Adidje 
shaharlari turadi. Bu shaharlar chet ellik mehmonlarning 13% ni qabul qiladi. Mahalliy turistlar 
(39 millionga yaqin dam oluvchilar) dam olish kunlarini o‘z viloyatlari kurortlarida o‘tkazishga 
harakat qiladilar.
Italiyada avtomobil‘ yo‘llarining yaxshi rivojlanmaganligi sababli ham mahalliy turistlar 
ta‘til kunlarini o‘z hududlarida o‘tkazadilar. SHuningdek. yozgi mavsumning yaxshi va 
mo‘‘tadil kelishi Shimoliy viloyatlar aholisini dengiz qirg‘oqlaridagi turistik maskanlarda dam 
olishga undaydi. SHuning uchun ham Italiyaning Emiliya-Roman‘ya. Venetto va Toskana 
viloyatlari aholisining dengizga chiqish imkoniyatlari mavjud. Lombardiya viloyatida esa qishki 
sport turlari rivojlangan. Ushbu viloyatlarning har qaysisi ichki turistlarning 10% ni qabul qilish 
imkoniyatiga ega. Turistlarning ko‘plab kelishi asosan yozning iyul‘ va avgust oylariga to‘g‘ri 
keladi. Bu holat dengiz bo‘yi kurortlari uchun anchagina muammolar tug‘diradi. CHunki bu 
viloyatlarda mehmonxonalar fondi unchalik katta emas. Mehmonxonalarning asosiy qismi 
shimol va Sharq tomonlarda joylashgan. Bu hududlarda esa mehmonxonalarning 46.1% 
joylashgan xolos. Mehmonxonalarning aksariyati Trantino-Al‘to-Adidje viloyatlarida 18.5% 
joylashgan. Italiyaning markaziy qismida. ya‘ni qirg‘oq bo‘yi tumanlarida asosan lager‘ tipidagi 
shaharchalar joylashgan. Mamlakat janubida esa mehmonxona o‘rinlarining yetishmasligi 
sababli turar joylar ijaraga beriladi.
Mamlakatda xalqaro turizmni rivojlantirishda. turizm bo‘yicha milliy boshqarma ENIT 
katta ahamiyatga ega. Bu boshqarma chet mamlakatlarda ham o‘z vakolatxonalariga ega. Ayrim 
mamlakatlarda u o‘z faoliyatini «Alitaliya» davlat avia kompaniyasi va boshqa firmalar orqali 
amalga oshiradi. ENITning vazifasiga xalqaro turistik bozor kon‘yunkturasini o‘rganish. reklama 
tadbirlarini o‘tkazish va chet mamlakatlarda o‘z davlatiga nisbatan turistlar oqimini ko‘paytirish 
kiradi. Italiyaliklar kamdan-kam hollarda o‘z ta‘tillarini o‘zga davlatlarda o‘tkazadilar. 
Italiyaning turli xil turistik resurslari ularga o‘z yurtlari ichida ehtiyojlarini qondirishga imkon 


54 
beradi. ammo shunga qaramasdan Italiyada iqtisodiyotning o‘sishi hamda valyuta nazoratining 
soddalashtirilishi. so‘nggi yillarda chet ellarga chiqishni rivojlantirishga turtki bo‘lmoqda. 
Masalan: 2000 yilda chet davlatlarga 14.7 million Italiyalik chiqqani kuzatilgan. lekin ular 
o‘zlariga yaqin bo‘lgan mamlakatlarga sayohat qiladilar. Keyingi yillarda chetga chiqish 
turizmining o‘sishi Italiya kurortlari ish faoliyatini ancha osonlashtirdi. SHu bilan birga. 
Italiyaning tarixiy. madaniy yodgorliklari hali juda ko‘p vaqtlar chet ellik mehmonlarni o‘ziga 
jalb qilishi shubhasiz. SHuning uchun ham ularni asrash va turist oqimlarini turizm markazlariga 
yo‘naltirishni boshqarish muhim vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. (3.3.1-jadval). Italiya 
mamlakati xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil natijalarini ko‘rsatishicha. jahon 
bo‘yicha turistik tashriflarning 5.7% Italiya mamlakatiga to‘g‘ri keladi. 2001 yilga nisbatan 2002 
yilda xorijiy turistlar tashrifi 0.6%ga ko‘paygan. 
Daromadlar bo‘yicha jahon turizm daromadlarining 5.7% bu mamlakatga to‘g‘ri kelgan. 
2001 yilga nisbatan 2002 yilda daromadlar miqdori 4.3%ga o‘sgan. Yevropa mintaqasi bo‘yicha 
xalqaro turistik tashriflarining 10%ni. daromadlar miqdori bo‘yicha 11.2% ni tashkil etgan 
(3.3.1-jadval). Italiya mamlakati YaIMning 2.8%ni. YaMMning 3.7%ni turizm sohasi tushumlari 
tashkil etadi. 2002 yilda har bir xorijiy tashrif 676 AQSH dollarini tashkil qilgan. 
Italiyaning mustaqil O‘zbekiston bilan aloqalari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Italiya 
O‘zbekistonni 1991 yilning 10 yanvarida tan oldi va shu yilning 24 martida elchixonalar 
darajasida diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. O‘zbekistonda ko‘plab qo‘shma korxonalar ish olib 
boradi. Ikkala mamlakat aloqalari qadimga borib taqaladi. «Buyuk ipak yo‘li» orqali o‘zbek 
savdogarlari Rim bilan Karvon yo‘llari orqali mustahkam bog‘langan edilar. Ana shu an‘analar 
hozirgi kunda yanada ravnaq topmoqda. Toshkent va Rim o‘rtasida aviatsiya aloqasi o‘rnatilgan.

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish