48
dengiz o‘rab turadi.
Millionlab sayyohlarga turistik xizmat ko‘rsatish. bir tomondan juda katta tadbirkorlik
imkoniyatlarini ochib bersa. ikkinchi tomondan. keyingi yillarda
vujudga kelgan raqobat
muhitini kuchaytirib yubormoqda. Ayni paytda tobora ko‘payib borayotgan ishlab chiqaruvchilar
(bevosita xizmat ko‘rsatuvchilar. turoperatorlar) va vositachilar (turagentlar) sekin
rivojlanayotgan turizm bozorini o‘zaro taqsimlashi kerak. Yangi ochilgan turagentliklarning
qarayib yarimi 5 yildan so‘ng o‘z faoliyatini to‘xtashishi mumkin.
CHunki keyingi yillarda
bankrotga uchragan kompaniyalar soni keskin ko‘paydi. Har yili 200 ga yaqin firmalar yopilishi
kuzatilmoqda. SHu tufayli. tarmoqqa xos bo‘lgan tajribalar va shaxsiy tadbirkorlik qobiliyati
bilan birga. tadbirkorlik sohasida muvaffaqiyatga erishish uchun korxona xo‘jaligi bo‘yicha
«nou-xau»lardan xabardor bo‘lishni taqozo etmoqda.
Xorijiy sayohatlar uchun harajatlarning o‘sishi va yakka holdagi sayohatlarning pekij
turlar tomonidan tobora siqib chiqarilishi orqali yutig‘i 2-barobar ortgan bozor hajmi 2000-yilda
pekij turlar uchun avvalgi yilgi salmoqli siljishga nisbatan yana bir bor kuchliroq o‘sish
imkoniyatiga ega bo‘ldi. Germaniyada mehmonlar soni avvalgi yildagi +5% dan +9.5%ga o‘sdi.
Masalan: birgina Cg‘N Touristic AG guruhini olib qaraydigan bo‘lsak.
uning sotish
bozorlaridagi o‘sish salohiyatlari turlicha. Tashkiliy turizm salmog‘i Buyuk Britaniyada 60.0%ga
yetgan. Germaniyada 50.0% ni tashkil etadi. shu bilan birga. kelajakdagi o‘sish uchun qulay
imkoniyatlar mavjud. Bunday imkoniyatlar Bel‘giya va Frantsiyada yanada kuchliroq. biroq
ulardagi tashkiliy turizm salmog‘i 25.0-27.0% ni tashkil etadi.
Hozirgi kunda Germaniyaning ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti o‘zining
vazifalariga ega bo‘lib. bu iqtisodiyot va Texnologiya
Federal Vazirligi ITFV dir
(Bundesministerium fuer Wirtschaft und Technologie BMWI).
Germaniyada turizm iqtisodiyot uchun katta daromad keltiruvchi sohalardan biri bo‘lib
hisoblanadi (o‘rtacha yiliga 17.5 mlrd. dollar). Turistlar xush ko‘radigan asosiy maskanlari
Boltiq dengizi qirg‘oqlari. Saksoniya Shvedsariyasi. Boden ko‘li atroflari. Al‘p tog‘
yonbag‘irlari va boshqalar.
Germaniya fuqarolarining katta bir qismi uchun sayohat odatdagi yashash standartiga
kiradi. Ularning sayohat qilish intensivligi 74% ni tashkil etadi.
Umuman olganda har yili
Germaniya fuqarolari kamida 5 kun davom etadigan 70 milliondan ortiq ta‘til sayohatlariga
chiqadilar.
Masalan. 1980 yili nemislarning deyarli chorak qismi tashkiliy ravishda sayohatga
chiqqan bo‘lsa. 2000 yili esa ularning soni deyarli ikki marta ortdi.
Binobarin. Germaniya turizmini qo‘llab-quvatlash FITVning ko‘p
sonli vazifalaridan
biridir. Buning ortida Germaniya iqtisodiy hududini ta‘minlash turadi. Bunga shuningdek.
Yevropa integratsiyasini kengaytirish. xalqaro savdo munosabatlarini qo‘llab-quvvatlash.
shuningdek. o‘rta tabaqaga mansub aholi sonini ko‘paytirish va korxonalarning mustaqilligini
mustahkamlash ham kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: