Turizm industriyasidagi tarmoqlarning internet orqali sotishlari Tarmoqlar
1998
1999
2000
Havo yo‘li
0.18%
0.70%
1.90%
Mehmonxona
0.13%
0.36%
0.74%
Pekij turlar
0.16%
0.37%
0.75%
Boshqa xizmatchilar
0.07%
0.18%
0.38%
Umumiy sotishlar ichidagi ulushi
0.15%
0.45%
1.1%
MANBA: London Westminister Universitetidan Carl H. Marcussn. Daniya Bonholm tadqiqot markazi tomonidan qilingan rivojlanish tahlillari va PhoCus Wright ilmiy-tadqiqot tashkiloti ma’lumotlari. Bozorning rivojlanishi kutilganidan ancha sust darajada bo‘lishi ham mumkin. Agar
bozordagi o‘sish sur‘ati 60% ni tashkil qilgudek bo‘lsa. 2001 yilda bu 3.2 mlrd. AQSH dollariga.
2002 yildagi o‘sish tezligi 25% ni tashkil qilsa. bozor hajmi 4 mlrd. AQSH dollariga chiqishi
mumkin.
Tabiiyki. turizm bozorining qirollari hisoblangan havo yo‘llarining ulushi katta bo‘ladi.
Internet global axborot tizimining bu kompaniyalarda joriy etilishi turizm bozoridagi ulushini
yanada oshiradi. Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki. 1999 yilda havo yo‘li
kompaniyalari daromadlarining 0.7% internet orqali qilingan sotishlardan kelib tushgan. Bu
ko‘rsatrich 2000 yilning oxirlariga kelib 2.0% ni tashkil qildi. Mehmonxona joylashtirish
sektorining 0.36% ga teng bo‘lgan bozor ulushi 2002-2005 yillarda 2-3.5% ni tashkil etishi
kutilmoqda Pekij (paskage tours) turlarni sotish esa. 0.75% dan 3.0% ga yetishi kutilmoqda.
Evropa onlayn turizm bozorining natijalarini AQSH bilan taqqoslaydigan bo‘lsak. uning
ancha orqada ekanligini ko‘ramiz. Masalan. internet orqali uchish biletlarini sotish Yevropada
2.0% ni tashkil qilsa. AQSH da 7.4% ni tashkil qilmoqda. Mehmonxona sohasidagi holat
Yevropada 0.5% ni tashkil qilsa. AQSH da jami turizm mahsulotlarining tovar aylanmasi ichida
internet sotishlarning ulushi 2002 yilda 3.5% ni tashkil qildi. 2005 yilda bu ko‘rsatgichni 15%
ga yetkazish kutilmoqda.
Ko‘rinib turibdiki. Yevropa turizm bozorining rivojlanishi global axborot turizmining
rivojlanishi bilan uzviy bog‘lanishda davom etmoqda. Global ahamiyatga ega bo‘lgan har
qanday ilmiy-texnikaviy o‘zgarish va rivojlanishlar turizm iqtisodini buguni va kelajagini
belgilab beradi.
O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi turistlarning 60% ni yevropaliklar tashkil etadi.
Internet va har xil global axborot uzatish tarmoqlaridan samarali va unumli foydalanish
O‘zbekistonda turizm iqtisodiyotini rivojlantirish dolzarb va yaqin kelajakda hal qilinishi kerak
bo‘lgan masalalardan biridir.