57
Barselona. Bil‘bao. Valensiya. Sevil‘ya. Saragosa. 2002 yildan Yevroga o‘tgan. Ispaniya NATO
a‘zosi. 1986 yilda Yevropa Ittifoqiga kirgan. Bu mamlakat sanoati rivojlangan agrar mamlakatlar
qatoriga kiradi. YaMM 515.8 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi. yillik o‘sish 4% atrofida.
Transport kommunikatsiyalari diqqatga sazovor. Temir yo‘llar. avtomobil‘ yo‘llari. dengiz
transporti. aeroportlar xizmat ko‘rsatish jihatidan nihoyatda rivojlangan.
Turizm Ispaniya iqtisodiyotida muhim o‘rinni egallaydigan sohalardan biri hisoblanadi.
Ispaniya asosan ommaviy plyaj turizmiga ixtisoslashtirilgan va
u dunyoning asosiy turistik
markazlaridan hisoblanadi. Mamlakatda turizmni rivojlanishi O‘rta yer dengizi qirg‘oqlari va
Balear orollaridagi turizm rivojiga bog‘liq. Ispaniyaning Atlantika qirg‘oqlarida turizm nisbatan
kam rivojlanganligi sababli ko‘p turistlar bu yerga asosan qishki ta‘tillarni plyajlarda o‘tkazish
uchun tashrif buyuradilar. Ispaniya hukumati turizm tarmog‘ining milliy iqtisodiyotni
rivojlantirishdagi o‘rnini tan olib turli yo‘llar bilan. ya‘ni otellar qurish uchun ssuda berish yo‘li
bilan turizmni rag‘batlantirish siyosatini amalga oshiradilar. Buning natijasida Ispaniya o‘z
qirg‘oqlariga Italiya va Frantsiyaga nisbatan turistlarni ko‘proq jalb qila boshlaydi. Natijada
Ispaniya turizm markaziga aylanadi.
1960 yillarga kelib Ispaniya xususiy turizm tarmog‘i bilan jiddiy shug‘ullana
boshlaydi
va O‘rta yer dengizi qirg‘oqlarida yangi otellar. apartamentlar va villalar hech qanday reja va
kardinatsion siyosatsiz qurila boshlanadi. Buning natijasida 10 yil ichida turistlar soni qariyb
to‘rt barobarga ortadi va 1970 yilda umumiy turistlar soni 24 mln. kishiga yetadi. 1970
yilning
o‘rtalariga kelib turizm mamlakatda yanada rivojlandi. ommaviy turizm talablarini to‘laroq
qondirish uchun katta zamonaviy yotoqxonalar qurilishi ishlari boshlab yuborildi.
1980 yillarda turizm Ispaniya iqtisodiyotida muhim rol o‘ynashda davom etdi va
mamlakat potentsial ishchi kuchining 11%ni yangi ish joylari bilan ta‘minladi. 1988-1992
yillarga kelib Ispaniya turizm bozorini ta‘minlovchi mamlakatlar Frantsiya. Germaniya.
Niderlandiya va Italiyadan tashrif buyuruvchi turistlar soni keskin tarzda qisqarib bordi. Buyuk
Britaniyalik turistlar soni 1988 yildagi 7.6 mln. kishidan 1991 yilga kelib 6.1 mln. kishiga tushdi.
Boshqa turistik markazlar bilan raqobat hamda Ispaniyaning ko‘plab
qadimiy kurortlaridagi
ekologik holatlar bir qator muammolarni tug‘dirdi. Ushbu negativ holatlarga javoban aksariyat
kurort rayonlarida atrof muhitni yaxshilashga e‘tibor berila boshlandi. SHu maqsadda avtomobil‘
transporti harakati qisqartirildi. yangi parklar tashkil qilinib daraxtlar ekildi. ko‘cha va plyajlar
tozalandi. yangi dam olish zonalari qurila boshlandi. Bundan tashqari.
turistlarni joylashtirish
uchun yangi turistik manzillar. ko‘ngil ochar tadbirlar uchun mablag‘lar ajratildi. Benidorm.
Salou. Torremolinos va Balear orollaridagi turizm sanoati qayta jihozlandi. 1992 yilda Barselona
shahrida olimpiya o‘yinlari o‘tkazildi. Sevil‘yada esa «Ekspo-92» butun dunyo ko‘rgazmasi
tashkil qilindi. Bundan tashqari. Madrid Yevropaning madaniy shahri deb nomlandi. Bularning
barchasi Ispaniyaning ulkan turistik mamlakat sifatida nom qozonishiga sabab bo‘ldi. SHunday
qilib O‘rta yer dengizi kurortlari mahalliy va xorijiy turistlarni qabul qilishda yetakchilik qildi.
Ispaniyada chet ellarga chiqish turizmi sust rivojlangan. ammo oxirgi yillarda sezilarli
darajada o‘sish kuzatilmoqda. Mamlakatdan chiquvchi turistlar soni
umumiy turistlar soniga
nisbatan ancha kam. ammo ularning quyoshli mamlakatlarga chiqishlari tez-tez uchramoqda.
Masalan: Portugaliya davlatiga chiquvchi turistlar soni 1986 yilda 2.5 mln. kishini tashkil qilgan
bo‘lsa. 1991 yilga kelib 4.1 mln. kishiga ortdi.
Hozirgi kunda nisbatan arzon bo‘lgan turistik markazlar hisoblanmish Gretsiya.
Marokash. Portugaliya. Tunis va Turkiyaga chiquvchi turistlar soni jadal ravishda o‘sib
bormoqda. Mamlakatdan chiquvchi umumiy turistlarni 30-57% ushbu mamlakatlarga to‘g‘ri
keladi. Qimmat hisoblanadigan Frantsiya. Italiya va Buyuk Britaniya mamlakatlari turistik
markazlariga chiqish holatlari bir muncha kamaymoqda. Uzoq masofalarga chiquvchi turistlarga
asosan biznes bilan shug‘ullanuvchi turistlar kiradi. Ularning 40.7% Kanada mamlakatiga va
44.5% Yaponiya davlatiga to‘g‘ri keladi.
2000 yilda Ispaniya mamlakatiga 48.2 mln. turistlar tashrif buyurgan. 1999 yilga nisbatan
o‘sish 3.0%ni tashkil qilgan. Ispaniyaning internet orqali turistik
mahsulotlarni sotish ulushi
2000 yilda 8%ni tashkil etgan.
58
Ispaniya mamlakati xorijiy turistlarni qabul qilish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda
turadi.
Ispaniya mamlakati xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil natijalarini
ko‘rsatishicha. jahon bo‘yicha turistik tashriflarning 7.4%i Ispaniya mamlakatiga to‘g‘ri keladi.
2001 yilga nisbatan 2002 yilda xorijiy turistlar tashrifi 3.3%ga ko‘paygan.
Daromadlar bo‘yicha jahon turizm daromadlarining 7.1%i bu mamlakatga to‘g‘ri kelgan.
2001 yilga nisbatan 2002 yilda daromadlar miqdori 2.2%ga o‘sgan.
Evropa mintaqasi bo‘yicha xalqaro turistik tashriflarning 12.9%ni. daromadlar miqdori
bo‘yicha 14.0%ni tashkil qilgan.
2002 yilda har bir xorijiy tashrif o‘rtacha 650 AQSH dollarini tashkil qilgan.
Ispaniya O‘zbekistonni 1991 yilning 31 dekabrida tan olgan va 1992 yilning 17 martidan
diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan. Ikkala davlat o‘rtasida yaxshi siyosiy. iqtisodiy va madaniy
aloqalar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: