60
tashabbusi bilan bunyod etilgan. Yevropa ittifoqi a‘zosi. 2002 yilda yevroga o‘tilgan.
Bel‘giya iqtisodiyotida turizm katta daromad keltiruvchi muhim soha bo‘lib hisoblanadi.
Mamlakatda 2148 ta mehmonxona mavjud. Turizmni rivojlantirish
uchun barcha imkoniyatlar
ishga solingan. chunki undan katta daromad keladi. Bel‘giyaning ichki turizm bozori 1990
yilda
23.9 mln. turistik kunni tashkil qildi. Uning asosiy qismi. ya‘ni 59%i mamlakatning qirg‘oq
bo‘yi zonalarida. an‘anaviy kurotlar Ostende. Knokkl va Blankenberglga to‘g‘ri keladi.
Bel‘giyada o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish sektorida dam olishni xush ko‘radilar.
Bel‘giyaliklar uchun qirg‘oq bo‘yi zonalaridan keyin ikkinchi dam olish maskani. bu
ommabop Ardenna tog‘i hisoblanadi. Ushbu tog‘larda dam oluvchilar soni mamlakatning yozgi
ichki turizmining 6%i to‘g‘ri keladi.
Bel‘giya mehmonlarining asosiy qismini Buyuk-Britaniya. Germaniya. Italiya. Ispaniya.
Niderlandiya. Frantsiya va AQSH fuqarolari tashkil qiladi.
1992 yilda mamlakatni 3.2 mln. xorijiy turistlar ziyorat qilgan. Xorijiy turistlarni
mamlakatda bo‘lishi o‘rta hisobda ikki kunni tashkil qiladi. Bel‘giyaga tashrif
buyurgan xorijiy
turistlarni asosiy qismini ishbilarmon sayohatchilar tashkil qiladi. Bryussel‘ Bel‘giyaning nafaqat
poytaxti. balki Yevropa Ittifoqi. NATO va ko‘pgina transmilliy kompaniyalarning bosh ofislari
joylashgan shahardir. Ushbu tashkilotlarga qarashli mehmonlar qimmatbaho otellarda
yashaydilar.
Bel‘giyada O‘rta asr kvartallari yaxshi saqlangan 9-ta shahar mavjud.
Xorijiy
turistlarning ko‘proq qiziqtiradigan shaharlar-bu. Bryusseldan tashqari. Antverpen. Bryugge va
Gent shaharlaridir. Turistik kunlarning 85%i ushbu shaharlarga to‘g‘ri keladi.
Bryugge - o‘tgan asrdan darak beruvchi go‘zal shahar. O‘zining tor ko‘chalari. eski
ko‘priklari. binolari bilan Venetsiyani eslatadi. Bryuggeda 1248 yil qurilgan Belfi end Kloz Xoll.
1336 yil qurilgan Toun Xoll va boshqa ko‘plab XII-XIII asr ibodatxonalari mavjud. Dunyo
san‘ati namunalariga boy bo‘lgan Groyening muzeyi. shu jumladan. o‘rta asrning yana bir shahri
hisoblanmish - Gent o‘zining gullar Ko‘rgazmasi bilan tanilgan. Uning markazida 1180 yilda
qurilgan cherkov. 1300 yilda qurilgan Belfi End Kloz Xoll va XV asrda barpo etilgan Sant Bravo
Kafedral joylashgan. Antiverpen shahri nafaqat o‘zining qadimiy binolari bilan tanilgan. balki u
yerda Almaz ishbilarmonlar turizmi ham rivojlangan. Bryussel‘ shahri ham o‘rta asrlarda
vujudga kelgan shaharlar hisobiga kirib. ishbilarmonlar turizmidan tashqari. katta tarixiy-
madaniy turizm markazi bo‘lib hisoblanadi. So‘ngi yillarda o‘rta asrlar. ya‘ni 1696
yilda qayta
qurilgan Bryussel‘ shahrining asosiy maydoni Grand-Palas xorijiy turistlar e‘tiborini jalb qila
boshladi. Bu yerda yunon uslubida qurilgan shahar saroyi. «Mezon de Roy» va «Gold Xausez»
binolari joylashgan. CHet davlatlardan kelgan mehmonlarning deyarli 1/3 qismi Bel‘giyaning
qirg‘oq zonalarida dam olishni ma‘qul ko‘radilar. Mehmonlar asosan qo‘shni bo‘lgan Buyuk
Britaniya. Germaniya. Niderlandiya va Frantsiya mamlakatlaridan tashrif buyuradilar.
Mamlakatga. shuningdek. bir kunlik mehmonlar ham ko‘p miqdorda keladi.
Oxirgi yillarda
xorijiy turistlarning soni 15-16 million kishini tashkil qilmoqda. Bel‘giya Yevropa yo‘llarining
chorrahasida joylashgan. Parij va Shimoliy Germaniya. Buyuk Britaniya hamda Yevropa
orollariga chegaradosh. SHu sababli mamlakat chegarasini juda ko‘p miqdorda tranzit turistlar
kesib o‘tadi. Ularning soni yiliga 7 millon kishini tashkil etadi. Bel‘giyaning tarixiy obidalari va
qirg‘oq zonalari turizm iqtisodini rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi.
Bel‘giya qirolligi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida 1992 yilning 10
martida
o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan. Hozirgi kunda har ikki mamlakatda elchixonalar
ochilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: