Geografiya kafedrasi


Germaniyada ta’til sayohatlarining tashkil etilishi



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/242
Sana01.02.2022
Hajmi3,43 Mb.
#423985
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   242
Bog'liq
Туризм Географияси мажмуа 2021

Germaniyada ta’til sayohatlarining tashkil etilishi 
Yillar 
Turoperator sayohatlari 
salmog‘i 
Individual sayohatlar salmog‘i 
1970 
17% 
83% 
1980 
26% 
74% 
1990 
38% 
62% 
1992 
42% 
58% 
1994 
43% 
57% 
1996 
42% 
58% 
1997 
43% 
57% 
1999 
47% 
53% 
2000 
50% 
50% 
MANBA: Leitfaden zum DRV-Existenzgruenderpaket 2000



49 
2001 yilda Germaniya turoperatorlar va turagentlar bozorida 19822 ga yaqin turistik 
tashkilotlar 23.8 mlrd. yevro miqdoridagi oborotga (aylanma) erishdi. Turizm bozorining 50.0% 
turagentlik zanjirlari va kooperatsiyalar tomonidan nazorat qilinadi. 
Germaniyada turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyati uchun erkinlik mavjud. ya‘ni 
turagentlik yoki turoperatorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalashtirish jarayoni 
yoki ruxsatnomalarni chegaralash kabi hollar kuzatilmaydi. Buning uchun avvalo tadbirkorlik 
faoliyati qo‘mitasida ro‘yxatdan o‘tish lozim. SHu bilan birga kasb-hunar jamiyati. tadbirkolikni 
nazorat qilish qo‘mitasi. sanoat va savdo nazorati organlarining ro‘yxatlaridan o‘tiladi. 
SHuningdek. Moliya vazirligining joylardagi tegishli idoralari ro‘yxatidan o‘tib. soliq to‘lov 
raqami olish kerak. Korxonaning soliqqa tortilish tartibi quyidagicha: 
- daromadga bog‘liq bo‘lgan soliq (daromad korporatsiya. tadbirkorlik faoliyati solig‘i); 
- mulkka bog‘liq bo‘lgan soliq (mulk. tadbiirkorlik faoliyati yer solig‘i); 
- aylanma oborot solig‘i; 
- korporatsiya solig‘i (kapital jamiyatlarida). 
Turistik korxonaning tashkiliy hududiy tuzilishi ko‘proq korxona iqtisodi. soliq. fuqarolik 
hududi nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda tanlanishi kerak. Bunda korxonaning mas‘uliyati 
cheklanganligi va soliqni minimallashtirish istagi muhim ahamiyat kasb etadi. Muhimi rahbarlik 
huquqi. o‘z kapitali bilan ta‘minlanish imkoniyati kabilarga bog‘liq bo‘lgan maxsus talablarga 
javob berish uchun oqilona shartnoma tuzilishi kerak. Undan tashqari. tashkiliy-hududiy tizim 
shunday tanlanishi kerakki. kelajakda korxonaning o‘sishi uchun yetarli darajada taraqqiyot 
imkoniyatlari mavjud bo‘lsin. 
Tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish barcha korxonalar uchun majburiydir. 
Kapital tashkilotlari (masalan MGHJ) savdo rejasiga kiritilishi kerak. SHaxsiy jamiyatlar orasida 
―ochiq savdo jamiyati‖ (ONG) va ―kommandit jamiyati‖ (KG) majburiy ravishda savdo reestriga 
kiritiladi. 
Yakka holdagi tadbirkorlar uchun savdo reestriga kiritilish majburiyati ularning oboroti 
hajmiga bog‘liq ravishda amalga oshiriladi. 
1994 yil bahorida Germaniya parlamenti pekij tur hududiga o‘zgartirishlar kiritdi. 
Ularning mohiyati shundan iboratki. turoperator mijozlarning oldindan to‘langan pullarini va 
ularning sayohatdan qaytishlarini o‘zining bankrotga uchrash xavfidan saqlanishini kafolatlashga 
majburdir. 
Germaniya turizm industriyasining eng muhim tashkilotlaridan biri Germaniya Turizm 
Markazi - Deutshe Zentrale fuer Tourismus (keyinchalik GTM)-Germaniya federal xukumati 
tomonidan turizmni boshqarish va nazorat qilish uchun mac‘ul milliy tashkilot hisoblanadi. 
Uning bosh idorasi Frankfurt Maynda joylashgan. GTM milliy turizm tashkiloti sifatida xorijda 
GFR ga sayohat trasportini jalb qilish. bunda keng qamrovli milliy va xalqaro korxonalr bilan 
hamkorlik qilish hamda o‘z malakasi va soha bo‘yicha olgan tajribalarini Federal Xukumat va 
boshqa turizm masalalari bo‘yicha mas‘ul idoralar ixtiyoriga taqdim etish va taklif kiritish bilan 
shug‘ullanadi. Mazkur faoliyati bilan GTM xalqlarning o‘zaro bir-birini anglashlariga o‘z 
hissasini qo‘shib kelmoqda. GTMning tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak. bu tashkilot 1948 
yilda tashkil topgan. Undan avval ish yuritgan tashkilot esa 1920 yili vujudga kelib. 
―Reichszentrale fuer Deutsehe Verkehrswerfung‖. ya‘ni «Germaniya Transport Reklamasi 
Davlat Markazi» deb atalgan. 1939 yilda bu tashkilotning dunyo bo‘ylab 40-ta axborot agentligi 
bo‘lgan. 
GTM malakali. professional va inovativ ravishda Germaniya turizmi uchun marketing 
tadbirlarini o‘tkazuvchi organ hisoblanadi. Uning faoliyatini mablag‘ bilan ta‘minlashning 80 
foizi FITV tomonidan amalga oshiriladi. GTM 50 yildan ortiq vaqtdan beri xorijda barcha 
maketing tadbirlarini rejalashtirish. kordinatsiya qilish va amalga oshirish ishlarini amalga 
oshirib kelmoqda. Ichki hududlararo marketing faoliyatini 1999 yil 1 yanvardan beri yuritib 
kelayotgan bu tashkilotning strategik poydevorini Germaniyaning turli hududlariga ta‘til 
sayohatlarini talabga yo‘naltirilgan ravishda amalga oshirish faoliyatlarini tashkil etmoqda. GTM 
milliy turistik tashkilotlarni va xizmatlarni xalqaro turizm bozorida sotishning muhim 


50 
vazifalarini o‘z zimmasiga olgan. Bular tarkibiga barcha marketing tadbirlari hamda sotishni 
rivojlantiruvchi faoliyatlar kiradi. GTM yaqin kelajakka mo‘ljallangan strategiyalarini amalga 
oshirishda Germaniya turizmi bilan hamda iqtisodiyot sohasi va birlashmalardagi tadbirkorlar 
bilan mustahkam aloqalarni vujudga keltirgan. Bu esa maqsadlarga erishishida muhim tayanch 
nuqtasi hisoblanadi. 
GTM o‘z faoliyati davomida quyidagi maqsad va srategiyalarni ko‘zlaydi: 
-sayohatdan keladigan umumiy tushumni oshirish; 
-Germaniyani iqtisodiy hudud sifatida kuchaytirish; 
-Germaniyani har tomonlama ko‘rkam sayohat mamlakati sifatida namoyish etish. 
Butun dunyo bo‘ylab GTMning 28 ta xorijiy vakolatxonalari va savdo shaxobchalari 
mavjud. Ular turistik mahsulotlarni o‘tkazishda asos bo‘lib hisoblanadilar va Germaniyani 
sayohat mamlakati sifatida imkon qadar butun dunyoga tanitish uchun harakat qiladilar. Mazkur 
vakolatxonalarning 12 tasi GTMning o‘z vakolatxonalari. 16 tasi esa ―Deutsche LufthansaAG‖ 
hamda ―Deutcher Industrie-und Handelstag‖ kabi hamkorlar tarkibidagi sotish agentliklaridan 
iborat. Ularning rejasi buyudjet imkoniyatlariga qarab. rivojlanib borayotgan bozorlarga sotish 
strukturasini tobora kengaytirish. 
Hozirgi kunda GTMning 41 ta a‘zosi bo‘lib. shulardan eng muhimlari quyidagi korxona 
va tashkilotlardir: 

Accor Hotellerie Deutschland G m bH. 

Arbeitsgemeinschaft Deutscher Verkehrsflughaefen. 

ASR-o‘rta toifadagi turistik korxonalar uyushmasi. 

Autobahn Tankg‘ Rast GmbH. 

Germaniya Turizm Iqtisodi uyushmasi. 

Germaniya mehmonxonalari uyushmasi. 

Germaniya turizm uyushmasi.

Germaniya Turoperatorlari va Turagentlari uyushmasi. 

Evropa Turizmsug‘urta tashkiloti. 

RDA - Xalqaro Avtobus Turizmi uyushmasi. 

Deutsche Bahn AG. 

Deutsche Lufthansa AG. 

Deutscher Industrie-und Handelstag. 

Magic Cites Germany. 

Steigenberger Hotels AG. 

TUI. 
GTM o‘z faoliyatida marketing rejasiga tayanadi. Bu reja uning a‘zolari va tashqi 
transport xo‘jaligi oldida ovozga qo‘yilgan va boshqaruv kengashi tomonidan qabul qilingan 
bo‘ladi. Reja asosan 2 yilga tuzilib. o‘z mohiyatiga ko‘ra. barcha operativ vazifalarni 
rejalashtirish va bajarish uchun boshqarish vositasi bo‘lib hisoblanadi. 
Marketing rejasida bozor tadqiqoti natijalariga asoslangan holda GTM marketing ishining 
maqsadalri va maqsadli guruhlari aks ettirilgan hamda mazkur maqsadli guruhlar bilan 
muvaffaqiyatli aloqa o‘rnatishga va har bir rejalashtirish davri uchun o‘rtacha ehtiyojni 
raqamlarda aks ettirishga va xususiylashtirishga imkon beruvchi strategiyalar va instrumentlar 
sanab o‘tilgan bo‘ladi. 
Turistlar salohiyatining qanday qamrovda va jadallik bilan rivojlanish mumkinligi 
GTMning moliyaviy jihatdan ta‘minlanganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Germaniya turizmini mamlakat ichida rivojlantirish uchun GTM quyidagi marketing 
tadbirlarini amalga oshiradi: 
- u yangi iste‘molchilar istaklariga moslashtirilgan mavzularni takomillashtiradi; 
- turistik mahsulotni takomillashtirishni qo‘llab quvvatlaydi; 
- sayyohlik agentliklaridagi savdo sotiqni rag‘batlantiradi;


51 
GTM turagentlar va turoperatorlardan tortib. sotish kanallari hamda reklama markazlari 
orqali. joylardan boshlab hududlargacha - barcha iqtisodiy hamkorlar va birlashmalarning 
uyushishi. o‘zaro muloqatda bo‘lishlari hamda mablag‘ bilan ta‘minlash imkoniyatlarini 
takomillashtirib boradi.
GTM marketing strategiyasining mazmuni - hududlar xususiyatlaridan kelib chiqqan 
holda. haridorlarga yo‘naltirilgan takliflarni professional darajada rivojlantirish va shu orqali 
davomli ravishda tashkilot imijini yaxshilashdan iboratdir. Pirovard natijada iste‘molchilar ham 
hududlararo imij tadbirlari. ham innovativ axborot vositalari kooperattsiyasi orqali ma‘lumot 
oladilar. 
Xorijiy manba bozorlar uchun GTM mijozlar istaklariga mos keluvchi umumiy 
mavzularni va davlatlararo dasturlarni ishlab chiqadi. shuningdek. o‘z hamkorlari bilan bozorga 
yo‘naltirilgan va mijozlarga mos keluvchi takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha maslahatlar beradi. 
Yuqoridagi takliflarni esa qiziqarli reklama vositalari va har xil qo‘llanmalar orqali taqdim etadi. 
Bundan tashqari. yana bir qancha turdagi marketing vositalari qo‘llaniladi. bularga reklama va 
e‘lonlar. takliflar va mavzular orqali iste‘molchilar bilan muloqatda bo‘lish. o‘rganish - bilim va 
malaka oshirish sayohatlarni uyushtirish muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yarmarkalardagi 
taqdimot. jurnallar va boshqa fikr bildiruvchilar bilan doimiy ravishda muloqatda bo‘lish va 
hokazolar kiradi.
Aslini olganda 1999-2000 yillar Germaniya turizm tarmog‘i uchun jadallashgan tarkibiy 
o‘zgarishlar yili bo‘ldi. Yevropada hozirgi kunda vertikal integratsiyalashuv natijasida barcha 
turizm xizmatlarini o‘ziga jamlagan yirik turistik kontsernlar vujudga kelmoqda. Vaziyatning 
bunday tus olishi turizm bozorini industriallashtiradi. pekij turlar esa firma mahsuloti sifatida va 
mijozlar birlashishini mustahkamlashtirish maqsadida tobora ko‘proq namoyon bo‘ladi. Reklama 
harajatlarining hajmi ham iste‘mol mollari sanoatiga yaqinlashib bormoqda. Yevropaning eng 
muhim turizm markazlaridan biri hisoblangan Germaniya milliy turizm industriyasini to‘liq 
shakllantirgan mamlakat hisoblanadi. Germaniya bir necha yillar mobaynida tavakkalChilik va 
puxta ishlab chiqilgan rejalar asosida kuchli turizm industriyasini barpo etishga erishdi. Yevropa 
mintaqasidagi umumiy turizm balansini saqlab turuvchi yirik turistik firmalar ham. shuningdek. 
eng ko‘p sayohat qiluvchi insonlar ham bu mamlakatda faol ish yuritishadi. 
Germaniya mamlakati xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil natijalarini 
ko‘rsatishicha. jahon bo‘yicha turistik tashriflarning 2.5% Germaniya mamlakatiga to‘g‘ri 
keladi. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda xorijiy turistlar tashrifi 0.6%ga ko‘paygan. Daromadlar 
bo‘yicha jahon turizm daromadlarining 4.0% bu mamlakatga to‘g‘ri kelgan. 2001 yilga nisbatan 
2002 yilda daromadlar miqdori 4.0%ga o‘sgan. Yevropa mintaqasi bo‘yicha xalqaro turistik 
tashriflarning 4.5%ni. daromadlar miqdori bo‘yicha 8.0%ni tashkil qilgan.2002 yilda har bir 
xorijiy tashrif 1066 AQSH dollarini tashkil qilgan. O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasida 1992 
yil 6 martda diplomatik munosabatlar elchixonalar darajasida o‘rnatilgan. Ikkala mamlakat 
o‘rtasida yaxshi iqtisodiy munosabatlar mavjud. Germaniya yordamida Toshkent aeroporti 
modernizatsiya qilindi. 132 ta qo‘shma korxona mavjud. Toshkent - Frankfurt shaharlari 
o‘rtasida bevosita samolyot aloqalari o‘rnatilgan. 

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish