262
sifatida ijtimoiy faoliyatni tartibga solishning boshqa shakllaridan o‘z
talablarining asoslanishi va amalga oshirilishi bilan farq qiladi.
Axloq
me’yorlari hamma uchun barobardir, lekin ular hech kimning
buyrug‘i bilan joriy etilmagan burch, majburiyat tarzida namoyon
bo‘ladi.
Ijtimoiy hayotning turli sohalarida axloqning o‘ziga xos me’yor
va qoidalari (mehnat axloqi, xizmat ko‘rsatish axloqi, kasbiy,
tadbirkorlik, diplomatiya etikasi, maishiy turmush, oila axloqi) mav-
jud va ular axloqning nisbatan mustaqil sohalarini tashkil etadi. Axloq
ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida har bir kishining jamiyat va
oiladagi yurish-turishi, tartib-qoidalarining yig‘indisi bo‘lib gavda-
lanadi. Demak, jamiyatga, oilaga, mehnatga bo‘lgan munosabatda
axloq belgilari namoyon bo‘ladi. Inson
xatti-harakati va xulqidagi
yo‘nalishlar, eng muhim belgilar mujassamlashib, shaxs faoliyatida,
uning kamol topishida axloqning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Xalqimiz
axloqiy tafakkur bobida boy merosga ega. Axloqqa oid fikrlar
«Avesto»da, qadimiy turkiy tosh bitiklar va boshqa yozma
manbalarda o‘z ifodasini topgan. Bundan tashqari,
xalqimiz orasida
keng tarqalgan pandnoma va odobnomalarda, xalq pedagogikasida,
diniy-falsafiy risolalar hamda allomalar merosida axloq masalalariga
keng o‘rin berilgan.
Jumladan, buyuk muhaddis imom Buxoriy axloqning yaxshi
bo‘lishi, taomning pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat qilmaslik -
mana shu to‘rt xislatni Alloh taolo senga bergan bo‘lsin, deb yozadi.
Alloma Voiz Koshifiy esa «Insonning qadr-qimmati, uning mol-mulki
yoki ijtimoiy kelib chiqishi bilan emas, balki ma’naviy qiyofasi,
axloqiy sifatlari bilan o‘lchanadi
1
, deb ta’kidlaydi.
Ulug‘ ma’rifatparvar Abdulla
Avloniy axloqni bunday
ta’riflaydi: «Insonlarni yaxshilikka chaqirguvchi, yomonlikdan
qaytarguvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon
xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurgan kitobni
axloq deyilur. Axloq ilmini o‘qib, bilib amal qilgan kishilar o‘zining
kim ekanini, javobi haq na uchun xalq qilganin, yer yuzida nima ish
qilmoq uchun yurganin bilur. Bir kishi o‘zidan xabardor bo‘lmasa,
ilmni, ulamoni, yaxshi kishilarni, yaxshi narsalarni, yaxshi ishlarning
qadrini bilmas, o‘z aybini bilub,
iqror qilub, tuzatmakg‘a sa’y va
qo‘shish qilgan kishi chin bahodir va pahlavon kishidur»
2
.
1
Манавият
асосий
тушунчалар
изоҳли
луғати
Т
., «
Ғ
a
фур
Ғулом
» 2009. 49
бет
2
Ўша
жой
.
263
Abu Nasr Farobiy «axloq» tushunchasini keng ma’noda talqin
qilib, dini, e’tiqodi, irqi, tilidan qat’iy nazar, barcha insonlarni
hamjihatlik va hamkorlikka chaqiradi. Dunyoda yagona va bir butun
inson jamoasini shakllantirishni, uning va barcha fuqarolarning
manfaatlarini ko‘zlab faoliyat ko‘rsatishini orzu qiladi. Bu g‘oya
keyinchalik jahondagi ko‘plab mutafakkirlar,
jumladan, nemis
faylasufi I.Kant tomonidan ham ilgari surilgan. Bu g‘oyalar bugungi
kunda ham muhim ahamiyatga ega. Farobiyning fikricha, yuksak
axloqiy fazilatlarga rioya qilgan holda rivojlanayotgan har qanday
davlat o‘z fuqarolarini,
shak-shubhasiz, baxtu saodat yo‘liga olib
chiquvchi kuchdir. Inson bilimli va namunali axloq egasi bo‘lgan-
dagina ijobiy xislatlari bilan barchaga o‘rnak bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: