265
Binobarin, yuksak ma’naviy fazilatni o‘zida mujassamlashtirgan
bu ulug‘ zotlarning o‘zi ham biz uchun ma’naviy yetuklik timsoli bo‘-
lib qoladi. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek,
«Biz bu bebaho merosdan
xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko‘p bahramand etsak,
milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy
fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega
bo‘lamiz»
1
.
Xalqimiz ma’naviy taraqqiyoti
jarayonida shakllanib,
sayqal topib kelayotgan xislatlar ma’naviy fazilatning eng noyob
ko‘rinishlari sirasiga kiradi.
Jamiyatda qabul qilingan ma’naviy mezonlarga mos bo‘lmagan
qilmishi uchun o‘zidan uyalgan odam o‘zgalarga ham ana shunday
nojo‘ya xatti-harakatni ravo ko‘rmaydi. O‘zida hayo tuyg‘usi
bo‘lmagan odam o‘zgalardan hayoli bo‘lishni talab qila olmaydi.
Ma’naviy fazilatlar tushunchalari doirasida or-nomus ham muhim
o‘rin tutadi. Or-nomus bu o‘ziga nomunosib yoki ep ko‘rilmagan
ishdan, narsadan xijolat tortish, uyalish, nomus qilish tuyg‘usidir.
Oriyat bu or-nomus tushunchalaridan
tashqari izzat-nafs, qadr-
qimmat tuyg‘ularini ham ifodalaydi. Chunki oriyatli odam o‘zi, oilasi,
mahallasi hamda Vatanining manfaatlari va qadr-qimmatini yuksak
tutadi. Nomus esa iffat, bokiralik ma’nolarini mujassam etgan holda
insonning jamiyatda o‘z mavqeyini saqlashi, ko‘pchilik manfaatlarini
hurmat qilish va ardoqlash, noo‘rin xatti-harakatlardan xijolat tortish
tuyg‘ularini, oila, jamoa va ajdodlar sha’niga dog‘ tushirmaslik
ma’nolarini ham anglatadi. Andisha ham ma’naviy
fazilatdan biri
sifatida ijtimoiy hayotda muhim o‘rin egallab, o‘zbek millati
vakillariga xos xususiyat sifatida oqibatni o‘ylab ish tutish, mulohaza
yuritish hissidir.
Andishali kishi farosat bilan ish tutib, ma’naviy fazilat sohibi
ekanini namoyon etadi. Ma’naviy fazilatdan yana biri vijdon
kishining kundalik faoliyati, qilmishi, fe’l-atvorida mujassamlashgan
oila, mahalla, jamoa, jamiyat, millat va Vatan oldida ma’naviy
mas’uliyatni his etish tuyg‘usidir. Insof
esa adolat va vijdon amri
bilan faoliyat yuritish tuyg‘usi bo‘lib, o‘zaro munosabatlarda halollik,
to‘g‘rilik, tenglik, sofdillik va to‘g‘riso‘zlikni ifoda etadi. Insof
kategoriyasi sharq falsafasida insonning jamiyatning ma’naviy-
axloqiy me’yorlari nuqtayi nazaridan o‘z xulq-odobini nazorat qilishi
1
Каримов
И
.
А
.
Юксак
маънавият
-
енгилмас
куч
,
Т
.: «
Маънавият
» 2008. 48-
бет
.
266
va uni baholay olishi sifatida talqin qilinadi. Shu bilan birgalikda
insof vijdonli kishining yoki ma’lum jamoaning jamiyatga yoki
boshqa shaxslarga nisbatan o‘z xulq-atvori uchun ma’naviy
javobgarligini ham anglatadi. Ma’naviy fazilat insonning shaxs
sifatidagi faoliyatida ham, uning Vatan va xalq oldidagi mas’uliyatini
his etishida ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, jamiyat ma’naviy
taraqqiyotining o‘ziga xos mezoni sifatida xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: