Microsoft Word 2-mavzu. Maruza



Download 121,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana27.01.2022
Hajmi121,15 Kb.
#413025
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu. Maruza



2-Mavzu: Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi 
Reja 
1.
Individ va shaxs tushunchasi 
2.
Shaxs rivojlanishining ijtimoiylashuvi bilan aloqadorligi. 
3.
Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit vatarbiyaning tutgan o’rni. 
4.
Shaxs rivojlanishining yosh va psixologik xususiyatlari. 
“Individ” va “Shaxs” tushunchasi 
 
Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy 
etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, 
muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini 
ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, 
o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan 
boshqalardan farq qilmog‘i kerak. 
O‘z mehnati tufayli inson psixikasi takomillashib xayvonlar psixikasidan 
tobora uzoqlashmoqda, va bunga sabab bo‘layotgan omillar bu uning jamiyatda 
bo‘lishligi, odamldar bilan birgalikdagi faoliyati, ular bilan turli munosabatlarga 
kirishishi, uning dunyoqarashini shakllanishidir va shu bilan birga u jamiyatning 
faol a’zosi shaxs bo‘lib shakllanishidir. 
Shaxs tushunchasiga ta’rif berishimizdan avval biz, insonning shaxs bo’lib 
yetishmaganlidan avvalgi jarayonni kuzatib undagi hali to‘liq yoki bo‘lmasa 
mutlaqo hali Shakllanmagan tomonlarini, ya’ni sifat va xususiyatlarini nazarda 
tutishimiz mumkin. Ya’ni hali shakllanmagan shaxs psixologiyada individ nomi 
bilan 
yuritiladi. 
“Individ” 
tushunchasida 
kishining 
nasl-nasabi 
ham 
mujassamlashgandir. Yangi tug‘ilggan chaqaloqni ham, katta yoshdagi odamni 
ham, mutafakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoyilik bosqichidagi qabilaning 
vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham 
individ deb hisoblash mumkin. Biron-bir kishini biz individ deb ataganda biz juda 
ko‘p narsalarni aytgan bo‘lamiz. Aslini olganda, bu bilan uning potensial ravishda 
inson ekanligi aytilgandir. Uning bundan keyingi va hatto juda ham umumiy 


tarzdagi ta’rifi fazilatlarining bayon etilishi va izohlanishi taqozo qiladi. Bunday 
fazilatlarsiz u faqat boshqalarga o‘xshamaydigan emas, balki ular kabi harakat 
qilmaydigan, fikrlamaydigan, iztirob ham chekmaydigan, jamiyat a’zosi sifatida
tarixiy jarayonning ishtirokchisi sifatida ijtimoiy aloqalarga jalb ham etilmagan 
real kishi emas, balki demografik ma’lumotnomalardagi jonsiz birlik holida qoladi 
xolos. Individ sifatida dunyoga kelgan kishi alohida ijtimoiy fazitlat kashf etadi, 
Shaxs bo‘lib yetishadi. Individ hali bolaligidayoq tarixan tarkib topgan ijtimoiy 
munosabatlar tizimiga jalb etiladi. U bu tizimni allaqachon tayyor holda uchratadi. 
Kishining jamiyatdagi bundan keyingi rivojlanishi munosabatlarining shu qadar 
chigalliklarini vujudga keltiradiki, bu hol uni shaxs sifatida shakllantiradi. 
Individ tomonidan amaliy faoliyat va munosabat jarayonida hosil qilinadigan 
hamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta’sir o‘tkazish darajasi va sifatini 
belgilaydigan muntazam tarzdagi ijtimoiy fazilat shaxs tushunchasi bilan ifoda 
etiladi.
“Individ” va “Shaxs” tushunchalarining o‘xshashligi emas, balki birligi 
haqidagi fikr quyidagicha tarzda o‘rtaga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan savolga javob 
berilishini taqozo qiladi: Shaxs bo‘lib hisoblanmagan individning mavjud bo‘lishi 
yoki aksincha individning konkret sohibi sifatida undan tashqarida va usiz mavjud 
bo‘lish fakti ko‘rsatilishi mumkinmi? Taxminiy tarzda fikr yuritilgan taqdirda unisi 
ham va bunisi ham bo‘lishi mumkin. Agar kishilik jamiyatidan tashqarida voyaga 
yetgan individni hayolan tasavvur qilinadigan bo‘lsa, bu holda u birinchi bor 
odamlarga duch kelib, biologik jonzotga xos individual xususiyatlardan bo‘lak 
hech qanday, yuqorida aytilganidek, kelib chiqishi jihatidan hamisha ijtimoiy-
tarixiy xarakter kasb etadigan shaxsiy fazilatlarga ega ekanligini namoyon qila 
olmaydi balki tevarak-atrofdagi odamlar mabodo uni birgalikdagi faoliyat va 
munosabat jarayoniga “torta olishgan” taqdirda ularning paydo bo‘lishi uchun 
zarur tabiiy shart-sharoitlargagina ega bo‘ladi. Hayvonlar orasida tarbiyalangan 
bolalar tajribasini o‘rganish bu vazifani amalga oshirishning g‘oyat darajada 
murakkabligidan dalolat beradi. Qarshimizda hali shaxs sifatida kamolatga 
erishmagan individ bo‘ladi. Real individni gavdalantirmaydigan shaxsning paydo 


bo‘lish imkoniyatlari mavjudligi muayyan istisnolar bilan tan olinishi ham 
mumkin. Har bir kishining shaxsi uning individualligini vujudga keltiradigan 
hislatlar va fazilatlarning faqat unga xos birikuvidan tarkib topgandir. Individuallik 
– kishining o‘ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi 
psixologik fazilatlar birikmasidir.
Individuallik temperament va xarakter xususiyatlarda, odatlarda, ustun 
darajadagi qiziqishlarda, bilish jarayonlariga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, 
tasavvur) da qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos uslubda va hokazolarda 
namoyon bo‘ladi. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini 
o‘zida mujassamlashtirgan odam yo‘q – inson shaxsi o‘z individualligi jhatidan 
betakrordir. 
Shaxs 
– alohida kishi, ijtimoiy-axloqiy mohiyatni o’zida mujassamlashtirgan 
individ. Shaxs – biofiziologik, ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy va estetik fazilat va 
xislatlarning yaxlit bir butunlikka aylanishi hamda munosabatlar tizimi bilan 
qamrab olinishidir. Shaxsning shakllanishida quyidagi omillar qatnashadi: 1) 
biologik (nasl); 2) tabiiy muhit; 3) madaniy muhit; 4) ijtimoiy tajriba; 5) odamlar 
bilan munosabat
1
.
Shaxsning 
tuzilishi. 
Birinchi 
navbatda, 
shaxsning 
individualligini 
ko‘rsatadigan va faqat ehtirosda, ichki qiyofada, qobiliyatlarda va hokazolarda 
ancha keng ifodalanadigan fazilatlari va umumiy tuzilishinigina emas, balki 
shaxsning rivojlanish darajasi har xil bo‘lgan guruhlarda, ana Shu guruh uchun 
yetakchi hisoblangan faoliyat orqali ifodalanadigan individlararo munosabatlarda 
o‘zini namoyon etishini ham qo‘shishshart. 
Inson shaxs sifatida shakllanishining asosi bu uning faoliyatidir. Insonni 
yashashining, ijtimoiy mavjudod sifatida rivojlanishining belgilovchi sharoiti 
bo‘lib, har xil faoliyat turlarining majmui bo‘ladi. Faoliyatni o‘zlashtirish va uning 
murakkablashuvi inson psixikasini rivojlanishining asosiy sharoiti bo‘ladi. Shuning 
uchun tarbiyaviy masalalarni yechish inson faoliyatlarining bir biriga 
buysunuvchanligi qonuniyatlariga, ularning dinamikasiga tayanishi kerak. 
1
Falsafa: qomusiy lug’at (Tuzuvchi va mas’ul muharrir Q.Nazarov). – Т.: Sharq, 2004. – 496 b. (450-b). 


Tarbiyaviy ta’sirlarni tuzishda bola jalb etilgan har xil faoliyat turlarining 
xarakterini va xususiyatlarini, ularning mohiyatini, hajmini va mazmunini inobatga 
olish kerak. 

Download 121,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish