Microsoft Word 2-mavzu. Maruza



Download 121,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana27.01.2022
Hajmi121,15 Kb.
#413025
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu. Maruza

Shaxs rivojlanishi. 
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi 
uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam 
inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. 
Rivojlanishshaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon 
bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab 
jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski 
sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining 
yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalaydi. 
Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni o‘rtasidagi kurashdan iboratdir. 
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy 
ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, 
uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga 
ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning 
rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-
biridan ajratib bo‘lmaydi. 
Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi 
bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi. 


Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik 
jihatdan kamolga etadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq 
bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar 
tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida 
boradi.Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli 
munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. 
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning 
xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish 
zarur.Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish 
qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, 
rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. 
Ijtimoiylashuv 
– inson tomonidan jamiyatda hayot kechirish imkonini 
beruvchi bilimlar, normalar va qadriyatlar tizimining o’zlashtirilishi jarayoni. 
Ijtimoiylashuv – inson tomonidan kishilik madaniyatining, xususan milliy 
madaniyat an’analarining o’zlashtirib borilishi jarayoni sifatida ham talqin etilishi 
mumkin. Madaniy muhitga moslashish jarayoni sifatida ijtimoiylashuv insonning 
butun umri bo’yi davom etadi, biroq bu jarayon bolaning ikki yoshdan olti 
yoshgacha bo’lgan davrida boshlanadi. Mazkur davrda bola madaniy qadriyatlarni 
o’rganish jarayonidan uzib qo’yilsa, ijtimoiylashuv jarayoni to’xtab qoladi. 
Insonning madaniy an’analarni o’zlashtirishi jarayoni uning individualligining 
shakllanishi bilan hamohangdir. Ijtimoiylashuvning ijtimoiy funksiyalari 
quyidagilar: 1) ijtimoiy-tarixiy jarayon subyektini Shakllantiradi; 2) madaniyat va 
sivilizasiya taraqqiyotida vorisiylikni ta’minlaydi; 3) individni ijtimoiy muhitga 
moslashtirish orqali jamiyatning to’qnashuvlarsiz taraqqiy etishiga zamin 
yaratadi
2
.
Shaxs rivojlanishida ijtimoiy munosabatlarning o’rni muhim sanaladi. 
Ijtimoiy munosabatlar – odamlar o’rtasida turli aloqalar bo’lib, bunday 
munosabatlar ularning birgalikdagi moddiy va ma’naviy faoliyati natijasida qaror 
topadi.
2
Falsafa: qomusiy lug’at (Tuzuvchi va mas’ul muharrir Q.Nazarov). – Т.: Sharq, 2004. – 496 b. (147-148b). 



Download 121,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish