241
nini kelgusi avlodlarga qoldirish unda yashayotgan har bir xalqning
muqaddas burchidir.
Vatan - bu xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagidir. Vatan -
muqaddas qadriyat. Vatan ostonadan boshlanadi. U insonning kindik
qoni to‘kilgan joy, insonni ijtimoiy yetimlikdan asrovchi manzil,
ma’naviy kamolot va fuqarolik maydoni, hayot maktabi,
farovonlik
va baxt-saodat o‘chog‘idir.
Inson uchun vatan yagonadir. Vatan in’om etilmaydi, qarzga
berilmaydi. Vatan har bir fuqaro uchun muqaddas va betakrordir.
Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek, «Vatan - sajdagoh kabi
muqaddasdir». Vatanni eng oliy ne’mat singari boshimiz uzra baland
ko‘tarib, har on va har soniyada uning tuprog‘ini ko‘zlarga surtib,
unga ta’zim bajo aylashimiz farzandlik burchimizdir. Muqaddas
hadisi
shariflarda, «Vatanni sevmoq iymondandir», deyilgan. Ya’ni
iymoni but, vijdoni pok har bir inson vatanni sevadi, uni g‘animlar
ko‘zidan asraydi, uning yashnashi va yashashi, hurligi uchun
kurashadi.
Sho‘rolar davrida milliy manfaat, ona zaminga mehr-muhabbat
«Vatan» tushunchasi mavhum bir umumiy holga kelib qolgandi.
Hamma narsa «umumsovet» manfaatiga qaratilgandi.
Har bir millat,
xalq ming yillardan beri yashab kelayotgan o‘z vatani uchun
qayg‘urishga haqli emasdi. Istibdod davridagi hukmron kommunistik
mafkura bor kuchini kishilar ongidagi ona Vatan tushunchasini
so‘ndirib, soxta, mavhum sovet vatani g‘oyasini singdirishga qaratdi.
Inson istagan joyda bir parcha nonga qornini to‘yg‘azishi
mumkin. Ammo Vatanning o‘rnini hech narsa bosolmaydi. Vatanda
yashash haqiqiy baxtdir.
Mustaqillik tufayli biz Vatanimizga ega bo‘ldik. Bu mustaqil-
likning bizga bergan eng oliy ne’matidir. Vatani mustaqil xalqning
o‘zi ham mustaqil bo‘ladi. Yurti ozod va erkin odamning erki o‘z
qo‘lida bo‘ladi.
Tarix o‘zbek xalqining yosh avlodi zimmasiga g‘oyat
buyuk
vazifa yukladi. Bu Vatanimiz kuch-qudratini mustahkamlash, uning
dovrug‘ini olam uzra yoyish, shuhratiga shuhrat qo‘shishdir. Bunda
esa Vatan, Prezidentimiz aytganidek,
fidoyi vatanparvarlarga
tayanadi. Har birimiz o‘zimizning yaratuvchilik, bunyodkorlik faoli-
yatimiz, halol mehnatimiz bilan o‘zimizdan keyingi avlodlarga ozod
242
va obod vatanni qoldirishimiz kelgusi avlodlar, nasl-nasablarimiz
oldidagi burchimizdir.
Milliy mustaqillik - xalqimizda, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh
barkamol avlodimizda vatanparvarlik tuyg‘ularining
shakllanishida
muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘tmish mutafakkirlari bu haqda alohida qayd etganlar va
o‘zlari ham unga sodiq qolganlar. Endi ana shu qaydlardan ba’zilarini
eslab o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: