Manaviyat asoslari Lotin pv doc


 Ma’naviyatga tahdid – o‘zligimiz va kelajagimizga tahdid



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

 
10.3. Ma’naviyatga tahdid – o‘zligimiz va kelajagimizga tahdid. 
Islom Karimov asarlarida barkamol inson konsepsiyasining 
asoslab berilishi va uning ahamiyati 
Ma’naviy tahdid
 
muayyan millat, jamiyat, davlatning tinchligi 
va barqarorligiga qarshi qaratilgan, siyosiy va konstitutsion tuzumni 
zaiflashtirish va buzishga yo‘naltirilgan, shaxs va jamiyat xavfsizligi, 
ma’naviy, ruhiy dunyosiga tahdid soluvchi g‘oyaviy-nazariy qarashlar 
va shunga asoslangan amaliyot majmuyini ifodalaydi.
Yurtboshimiz asarlarida ta’kidlanganidek, tili, dini, e’tiqodidan 
qat’iy nazar, har qaysi odamning tom ma’noda erkin bo‘lib 
yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan 
chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va 
informatsion xurujlar ma’naviy tahdid hisoblanadi. Ma’naviy tahdid 
vayronkor kuchlarning o‘z moddiy, siyosiy manfaatlarini ko‘zlagan 
holda har xil markazlar tomonidan biron-bir mamlakatga nisbatan 
ichkaridan yoki tashqaridan turib bevosita amalga oshiriladigan 
ma’naviy buzg‘unchilikning muayyan shaklidir. Ular o‘z 
maqsadlariga erishish uchun har qanday usullardan, odamlarning 
ma’naviy-ruhiy hissiyotlari, milliy tuyg‘ulari, har qanday jamiyatda 
mavjud ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy muammolardan, shuningdek, 
zamonaviy texnologiya, telekommunikatsiya, ommaviy axborot 
vositalari, Internetdan ustalik, noxolislik bilan foydalanishga harakat 
qiladi.
Prezidentimiz buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv 
millatchilik xavfsizligimizga tahdid solayotgan jiddiy muammolardan 
biri ekanligini alohida ta’kidlab, «O‘tgan mustaqil rivojlanish 
yillarida davlatimizning suvereniteti va barqarorligiga tahdid saqlanib 
qolmoqda. Bu tahdid buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv 
millatchilik ruhidagi ishoralarda, bildirilayotgan fikrlarda, sharhlarda 
va muayyan xatti-harakatlarda namoyon bo‘lmoqda»
1
, -deydi. 
1
Каримов
И
.
А

Хавфсизлик
ва
барқарор
тараққиёт
йўлида

Асарлар
тўплами
. 6-
жилд

Т
.: 
Ўзбекистон
1998. 64-
бет



237
Buyuk davlatchilik shovinizmi g‘ayriinsoniy xususiyatga ega 
bo‘lib, boshqa xalqlarni qaram qilish, iqtisodiy, siyosiy, madaniy 
jihatdan kamsitishning o‘ziga xos shaklidir. 
Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo‘lmasa 
odam, jamiyat, davlat, o‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrirligi ta’kidlanadi. 
Qayerdaki mafkuraviy bo‘shliq vujudga kelsa, o‘sha yerda begona 
mafkura hukmronlik qilishi tayin. Prezident asosiy maqsad – 
«G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi 
faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkinligiga 
qaratilgan»
1
ligini ta’kidlaydi. 
Yurtboshimiz «Jamiyatda paydo bo‘lgan g‘oyaviy bo‘shliqdan 
foylanib, chetdan biz uchun mutalaqo yot bo‘lgan, ma’naviy va 
axloqiy tubanlik illatlarini o‘z ichiga olgan «ommaviy madaniyat» 
yopirilib kirishi mumkinligini unutmaslik kerak», deya bong uradi. 
Islom Karimovning «Milliy istiqlol mafkurasi xalq e’tiqodi va 
buyuk kelajakka ishonchdir» nomli asarida bugungi kunda mafkura 
poligonlarida muayyan davlatlar va guruhlar o‘zlarining g‘arazli 
manfaatlarini ifoda etuvchi turli tajovuzkor g‘oyalarni sinovdan 
o‘tkazmoqdalar, deya ta’kidlanadi. 
Bu borada ularning niyatlari bitta, eng avvalo, kishilarni 
ma’naviy-mafkuraviy jihatdan tobe qilish, pirovard natijada esa 
butkul qaram qilib olish, ular ustidan hukmronlik qilish maqsadi 
yotadi. Bu usul katta-katta hududlar, ayniqsa, boy tabiiy resurslarga 
ega bo‘lish harakati hisoblanadi. Bunday xavf-xatardan millatni, 
ayniqsa, yoshlarimizni asrash uchun ularni ushbu g‘oyalarning asl 
mohiyati, maqsadlarini to‘g‘ri anglaydigan va ularga munosib javob 
beradigan qilib tarbiyalash uchun boy tarixiy merosimiz va 
an’analarimiz asosida, ilmiy asoslangan g‘oyaviy bilimlar bilan 
oziqlantirib, qurollantirib turish lozimligi aytib o‘tilgan. 
Prezident Islom Karimov «O‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan 
qurmoqdamiz» nomli asarida mustaqillik mafkurasi, milliy g‘oya, 
milliy g‘urur, ma’naviyat masalalariga e’tibor qaratish bilan birga 
yoshlarga xavf solishi mumkin bo‘lgan qator mafkuraviy tahdidlarga, 
yovuz intilishlarga aslo yo‘l qo‘ymaslik zarurligini uqtiradi. 
Bugun dunyo batamom yangi tahdid – diniy ekstremizm va 
1
Каримов
И
.
А

Биз
келажагимизни
ўз
қўлимиз
билан
қурамиз

Асарлар
тўплами
. 7-
жилд

Т
.: 
Ўзбекистон
, 1999. 88-
бет



238
fundamentalizm bilan yuzlanmoqda. Bu xavfning ko‘lami uning 
insoniyat maqsad-manfaatlarga zid ekanligi bilan belgilanadi. Diniy
mutaassiblik bilan kurashish odamzod uchun hayot-mamot masalasi 
ekanligini anglash vaqti yetdi. Tarix charxpalagini ortga qaytarib, 
insoniyat taraqqiyotini o‘rta asrlarga uloqtirish va islom xalifaligini 
tiklashni maqsad qilib olgan bu kuchlar uchun iymon, e’tiqod, islomiy 
ilm, din taraqqiyoti, diniy ma’rifat muhim emas. 
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat 
– yengilmas kuch» nomli asarining «Ma’naviyatga tahdid – 
o‘zligimiz va kelajagimizga tahdid» deb nomlangan bobida 
globallashuv jarayoni, uning mazmun-mohiyati, ijobiy va salbiy 
jihatlari, xususan, bugungi kunda mafkuraviy ta’sir o‘tkazish vositasi 
sifatida ayrim siyosiy kuchlar mafkurasiga xizmat qilayotgani, ushbu 
jarayon orqali milliy qadriyatlarimizga yot g‘oya va qarashlar 
yopirilib kirayotgani va ular ertaga qanday salbiy oqibatlarni keltirib 
chiqarishi mumkinligi bayon etilgan. 
Hozirgi davrda ma’naviy tahdid, deganda aholining ayrim qat-
lamlari, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbiga ta’sir qilib, ularning qarash-
larini o‘zlariga ma’qul yo‘nalishda o‘zgartirish, diniy ekstremizm, 
vayronkorlik, buzg‘unchilik, axloqsizlik g‘oyalarini zimdan targ‘ib-
tashviq etib, singdirish kabi g‘arazli maqsadlar anglanadi.
Madaniyatga qarshi qaratilgan har qanday tajovuz, tahdid o‘z-
o‘zidan mamlakat xavfsizligi, uning milliy manfaatlari, jismonan va 
ma’nan sog‘lom avlod kelajagini ta’minlash yo‘lidagi jiddiy 
xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni inqirozga olib 
kelishi mumkin. Ma’naviy tajovuzkorlar ko‘pincha, jozibali shior va 
g‘oyalar niqobi ortida ish ko‘radi. Bunday kuchlar ixtiyorida juda 
katta moddiy, moliyaviy resurslar va imkoniyatlar mavjud bo‘lib, ular 
puxta o‘ylangan davomli maqsadlarga xizmat qilmoqda. Hozirgi 
davrda dunyoning ayrim hududlarida ana shunday harakatlar 
natijasida katta ma’naviy yo‘qotishlar yuz bermoqda, millatlarning 
ma’naviy qadriyatlari, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan 
chiqmoqda, axloq-odob, oila va jamiyat hayoti, ongli yashash tarzi 
jiddiy xavf ostida qolmoqda. Eng yomoni, bunday ma’naviy xuruj-
larning pirovard maqsadi odamni o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurti va 
xalqidan tonishga, vatanparvarlik tuyg‘ularidan mahrum etishga va 
hamma narsaga loqayd bo‘lgan shaxsga aylantirishga qaratilgan.


239
Xudbinlik va loqaydlik, mahalliychilik, korrupsiya va manfaat-
parastlik, boshqalarni mensimaslik, hasad, sotqinlik singari illatlar 
ham ma’naviy tahdidlar tarkibiga kiradi. Prezidentimiz ogohlantirgani 
kabi, hozirgi davrda turli eski va yangi g‘oyalar kurashi har 
qachongidan ham ko‘ra shiddatli tus olmoqda. Rang-barang, ba’zan 
bir-biriga mutlaqo zid dunyoqarashlar siyosiy, milliy, diniy oqimlar, 
mazhab va sektalar o‘rtasidagi fikr talashuvlari goho bahs-munozara 
doirasidan chiqib, qonli to‘qnashuvlar, ommaviy qirg‘inlarga sabab 
bo‘lmoqda, odamlar boshiga behisob qayg‘u-kulfatlar solmoqda. Bu 
tortishuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad - inson, avvalambor, 
yoshlar qalbini egallash, muayyan mamlakat yoki mintaqadagi 
xalqning ongiga, uning sezgi-tuyg‘ulariga ta’sir o‘tkazish, uni o‘z 
dunyoqarashiga bo‘ysundirish, ma’naviy jihatdan zaif va tobe 
qilishdan iborat.


240

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish