Demografiy a


Ajralish koeffitsientlari va omillari, hududiy xususiyatlari



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/114
Sana01.02.2022
Hajmi1,37 Mb.
#423608
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   114
Bog'liq
demigrafiya.

Ajralish koeffitsientlari va omillari, hududiy xususiyatlari.
Ajralishning umumiy 
koeffitsienti- ma‘lum davrdagi ajralish sonini shu davrdagi aholini o‘rtacha soniga nisbatini ifodalaydi, 
va promilleda belgilanadi. 
1000


Ð
À
à

- ma‘lum davrdagi ajralish soni.

- o‘rganilayotgan davrdagi aholining o‘rtacha soni. 
Masalan, O‘zbekistonda 2003-yil uchun ajralishning umumiy koeffitsientini topamiz:
A
(ajralganlar soni, 2003-yil)- 17,6 ming 
R
2003 
- 25115,8 
R
2004 
– 25707,4 
R
*
(2003-yil uchun o‘rtacha aholi soni) 
R

ni topamiz: 
R
*
= 25411,6

%
7
,
0
1000
6
,
25411
17600
1000





Ð
À
à
Shuningdek, ajralishning yosh guruhlari koeffitsienti (ma‘lum yosh guruhlari erkaklar va 
ayollarda sodir bo‘lgan jami ajralishlar sonini shu yosh guruhidagi jami erkaklar va ayollarga 
nisbatan); ajralishning maxsus koeffitsienti (ma‘lum yosh guruhida erkaklar yoki ayollarda sodir 
bo‘lgan jami ajralishlar sonini shu yosh guruhidagi oilali erkaklar va ayollarga nisbatan) va nikoh 
davomiyligi bo‘yicha ajralishning maxsus koeffitsient (nikohda turishning ma‘lum davrida ajralganlar 
sonining ana shu davr boshida qayd etilgan jami nikohlar soniga nisbati) lari ham mavjud bo‘lib, ular 
orqali ajralish jarayonidagi o‘zgarishlar mukammal o‘rganiladi. Ajralishning kamayishiga olib kelgan 
asosiy omil, davlat, din va xalq faollari tomonidan oilaga katta e‘tibor berilishidir.Ma‘lumki, 
qadimdan musulmon xalqlarida oila juda muqaddas xisoblangan, oila qurish, farzandlar ko‘rish har bir 
oilaning burchi deb qaralgan. Oiladagi barcha munosabatlarni xamisha pok tutishga, to‘g‘ri 
yo‘naltirishga harakat qilingan. Bu sifatlar Qur‘oni Karim suralarida ham, Xadislarda ham, tarixiy, 
badiiy va ilmiy manbalarda ham o‘z ifodasini topgan. ajralish omillari orasida asosiy o‘rin 
demografik va ijtimoiy-iqtisodiy determinantlarga tegishli. Masalan, er-xotinlarning yoshi katta rol 
o‘ynaydi. Mazkur demografik o‘zgaruvchi uch xil turli madifikatsiyada namoyon bo‘ladi: nikohga 
kirish yoshi, ajralish davridagi yoshi, ayol va erkak yoshi orasidagi farq.Birinchisi, ya‘ni nikohga 
kirish yoshiga kelsak, tadqiqotlardan aniq bo‘ladiki, mazkur o‘zgaruvchidan bo‘ladigan ajrimlar 
ehtimoli quyidagicha: dastlab u yosh nikohlardagi pasayib keladi, so‘ng yana kattaroq yoshda tuzilgan 
nikohlarda ko‘tariladi. Ajralishning eng kam ehtimoli maksimal nikohlilik yoshida tuzilgan nikohlarda 
mavjud.Ajralish davridagi yosh haqida so‘z yuritsak, ajralish 20-30 yoshlar orasida maksimal 
ko‘rsatkichga ega, so‘ng asta-sekin kamayib 50 yoshdan katta yoshdagilar orasida eng past darajaga 


yetadi. Bunda ayollarda ajralishning maksimal yoshi ehtimoli erkaklarnikidan pastroq.Er va xotin 
yoshi orasidagi katta farq ajralish ehtimolini oshiradi, bunda ayniqsa xotin erdan kattaroq bo‘lsa, 
ajrimlar ko‘proq uchraydi.Ajralishning yana bir omili, bu nikohning davomiyligidir. Mazkur bog‘liqlik 
ham qo‘ng‘iroqsimon xarakterga ega: dastlab ajralish ehtimoli oshib boradi va bunda maksimum 
nikohning birinchi va ikkinchi besh yilliklari chegarasiga to‘g‘ri keladi, so‘ng ajralish ehtimolligi 
pasayib boradi.Ajralishlar ko‘pligini determinatsiya qilishda nikohning tartib raqami alohida ahamiyat 
kasb etadi. Mazkur savolga doir ma‘lumotlar kam bo‘lsa-da, o‘tkazilgan tadqiqotlar takror nikohlar 
o‘rtasida ajralishlar ko‘pligi yuqoriroq ekanini ko‘rsatadi. Qayd etilmagan, ya‘ni ―sinov‖ nikohlar 
o‘rtasidagi ajralish determinatsiyasi qiziqarli. Bunday juftliklar a‘zolari o‘z munosabatlarini 
qonuniylashtirilmayotganining sababi sifatida o‘zini tekshirish va shu tarzda nikohni yanada 
mustahkamroq qilishni ko‘rsatsalar ham, amalda bunday emas. Bunday proba hayotdan so‘ng tuzilgan 
nikohlar nisbatan mustahkam emas va normal nikohlardan ko‘ra tezroq tarqatilishi aniqlangan. 
Nikohga kirgunga qadar birga yashaganlar orasida nikohning dastlabki 10 yili mobaynida ajralish 
nikohgacha birga yashab ko‘rmaganlarnikiga nisbatan 1/3ga ko‘proq – 36 % 27 %ga qarshi. Buning 
sabablari nikohga bo‘lgan qarashlarning sustroqligida va a‘zolarning o‘zini, bir-birini noto‘g‘ri 
tushunganida. Nikoh tuzilgunga qadar bu kabi ―oila‖larda tomonlar o‘zlarining eng yaxshi jihatlarini 
namoyon qilishlari mumkin. Nikoh tuzilganidan so‘ng esa bularning ―asl‖ shaxsiyati nmoyon bo‘lishi 
va bu bir-birida yaxshi taassurot qoldirmasligi mumkin. Mazkur holat, avvalgi munosabatlarning 
buzilishi va natijada ajralishga olib kelishi ehtimoli yuqoriroq bo‘lishiga olib keladi. SHvetsiyalik 
ayollardan 4966tasi so‘rov qilinganida nikohgacha birga yashaganlar orasida ajralish koeffitsienti 
nikohgacha birga yashamaganlarnikidan tahminan 80 % yuqoriligi ayyon bo‘ldi. Nikohgacha birga 
yashagan shaxslar nikoh mustahkamligiga ishonmay yoki umuman nikoh institutini inkor etib 
kelganlar va, aftidan, nikohni katta bosim ta‘sirida tuzganlar.SHuningdek, qonuniy nikohga kirish 
albatta keyinchalik tomonlarning rollari o‘zgarishi bilan bog‘liq. Masalan, ikki tomon teng bo‘lishi 
to‘g‘risidagi tasavvurlar nikoh tuzilganidan keyin an‘anaviy tomonga o‘zgarishi mumkin. Yoki er-
xotinlar erkinlik sharoitida birga yashagan hayotdagi o‘zaro munosabatlar nikoh bilan o‘rnatiladigan 
ijtimoiy va qonuniy cheklanishga umuman to‘g‘ri kelmasligiga duch keladilar.Nihoyat, nikohgacha 
birga yashash, bu ijtimoiy me‘yorlarni buzish, degan dunyoqarash ham ahamiyatli bo‘lib, hozircha 
ularda ―pasportdagi muhr‖ mavjudligi talab qilinadi. Nikohgacha birga yashovchilar, bu ijtimoiy 
me‘yorlarni buzuvchi shaxslar. Ular nikohgacha birga yashamagan shaxslarga nisbatan nikoh 
majburiyatlarida ma‘suliyatni kamroq xis etadilar.Statistik ma‘lumotlar va olimlarning izlanishlariga 
ko‘ra, ko‘payib borayotgan ―sinov‖ nikohlar, ehtimol, nikohning mustahkamligini buzuvchi va 
ajralishlarni ko‘paytiruvchi omil sifatida o‘z rolini oshirib boradi. Ajralishning muhim omillaridan biri, 
bu ajralish va uning sabablari haqidagi jamoatchilik fikri. Mazkur omilning ahamiyati so‘nggi 
vaqtlarda oshib bormoqda. Maxsus sotsiologik izlanishlarning ko‘rsatishicha, jamiyatning ajrimga 
nisbatan xolisligi o‘sib, sabablar tarkibi ham o‘zgarmoqda va bularga muvofiq ajralish jarayoni nafaqat 
ehtimoliy, balki shart bo‘lgan hodisa, deb tushunilmoqda. Sabablar o‘zgarayotgan yo‘nalish, bu 
―ajralish faqatgina aniq uzrli sabablarga ko‘ra (bepushtlik, bevafolik va h.k.) sodir bo‘lishi 
mumkinligini‖ tan olgan fikrdan ―er va xotin o‘rtasida muhabbat yo‘qligidan yuz berishi ehtimoli ham 
mavjud‖, degan xulosalarga kelib ajrashishga ahd qilishdir. 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish