Materiallari


Mavzu: Uyg‘onish davri Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati



Download 449,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana01.02.2022
Hajmi449,33 Kb.
#422810
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
129534 uloti materiallari

Mavzu: Uyg‘onish davri Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati. 
Rejasi: 
1. IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo xalqlari hayotida Uyg‘onish davri. 
2. Sharq Uyg‘оnish dаvri аllоmаlаri va ularning jahon sivilizatsiyasi rivojiga 
qo‘shgan hissasi. 
3. IX-XII asrlarda adabiyot, arxitektura va dinning rivojlanishi. 
Tayanch tushunchalar 
Uyg‘onish davri, Renessans, Musulmon madaniyati, Allomalar, Bag‘dod 
akademiyasi, Xorazm Ma’mun akademiyasi, Ulug‘bek akademiyasi, Qoraxoniylar, 
Somoniylar, miniatyura, musavvirlik, hattotlik, tariqat, so‘fiylik, ma’naviyat, 
naqshbandiylik, yozma manbalar. 
Birinchi savolda uyg‘onish davri tushunchasi va Sharq uyg‘onishning o‘ziga 
xosligi, uyg‘onish davri madaniyatining asosiy belgilari, Markaziy Osiyoda Sharq 
uyg‘onish 
davri 
madaniyatining 
shakllanishi, 
Movarounnahrga 
Islom 
madaniyatining kirib kelishi, Markaziy Osiyo renessansi va uni davrlashtirish 
muammolari, IX-XI asrlarda iqtisodiy, ijtimoiy – siyosiy va madaniy hayotda yuz 
bergan o‘zgarishlar, feodal shaharlar va maishiy turmush, savdo-sotiq, 
hunarmandchilik fan va adabiyotning rivojlanishi, Ma’mun akademiyasi, Markaziy 
Osiyo san’atida arab xalifaligi va mahalliy madaniy oqimlarning o‘zaro sintezi 
jarayonining kuchayishi yoritildi. Markazlashgan davlatlar – Somoniylar, 


13 
Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davrlarida shaharlarning 
madaniy markazlarga aylanishi, savdo – hunarmandchilikning o‘sishi – Sharq 
uyg‘onish davri madaniyatining vujudga keltirgan muhim omillari ekanligi ham 
bayon etiladi.
Tabiiy – ilmiy, falsafiy – axloqiy va diniy fanlarning taraqqiy qilishi, Al-
Xorazmiy, Forobiy, Ahmad Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Rudakiy, Daqiqiy, 
Firdavsiy, Mahmud Qashg‘ariy, Yusuf Xos Xojib, Ismoil Buxoriy, Iso Termiziy, 
Mansur Xallaj, Axmad Yassaviy, Najmiddin Qubro kabi ilm ahillarining qarashlari 
manbalar asosida yoritiladi. Me’morchilik va tasviriy san’atdagi uslubiy o‘zgarishlar 
maqbara-xonaqohlar, karvonsaroy, tim kabi maishiy mudofaa inshootlari qurilishi, 
uslublari, gumbazli – qubbali usulning yaratilishi, monumental tasviriy san’atning 
rivojlanishida yog‘och va ganj o‘ymakorligi, geometrik o‘simliksimon va epigrafik 
arabcha bitiklarning naqshli dekor sifatida qo‘llanilishi o‘rganiladi. 
IX – XII asrlar me’moriy yodgorliklari: Buxorodagi somoniylar maqbarasi, 
Timdagi Arab ota maqbarasi, Karmana shahri yaqinidagi Raboti Malik, Termizdagi 
Hakim at-Termiziy, Sulton Saodat, Samarqanddagi Shohi Zinda maqbaralari, amaliy 
san’atning kulolchilik shishasozlik tikuvchilik singari shakllarining rivojlanishi
badiiy bezak uslublaridagi yangi ijobiy o‘zgarishlar, dunyoviy va diniy 
me’morchilik inshootlari: Mahoki – Attoron masjidi, Minorai – Kalon, Keramik 
mahsulotlar ishlab chiqarishning rivojlanishi, amaliy va badiiy bezak san’ati 
rivojlanishi bosqichlari o‘rganiladi. 
Ikkinchi savolda Sharq Uyg‘onish davri o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra, quyidagi 
muhim omillar va xususiyatlari bilan yaqqol ajralib turishi quyidagicha 
tushuntiriladi: 
-madaniyatda dunyoviy bilimlar, islom ahkomlari, aqidalarning rivojlanishi, 
ularning jamiyat va odamlar manfaatlari nuqtai-nazaridan talqin etilishi; 
-turli davlatlar, xalqlarning (arab, eron, yunon, hind, turkiy va boshq.) 
madaniy meroslari, qadriyatlari, yutuqlari, ma’naviy boyliklaridan foydalanish 
zarurligi; 
-astronomiya, matematika, minerologiya, jug‘rofiya, kimyo va boshqa tabiiy 
fanlar rivoji; 
-uslub (metodologiya)da ratsionalizm (oqilonalik), mantiqning ustuvorligi; 
-insoniy do‘stlik, yuksak axloqiylik g‘oyalarining targ‘ib etilishi, komil inson 
shaxsini shakllantirib voyaga yetkazish; 
-falsafa va tarix fanlarining o‘sishi; 
-adabiyot, musiqa, badiiy madaniyat, notiqlikning keng rivoj topishi; 
-bilimdonlik, donishmandlikning qomusiy tarzda keng e’tirof etildishi va h.k. 
Uyg‘onish davrining bu asosiy omillari va xususiyatlari dunyoviy ilm-fanning 
rivojlanishi shubhasiz, bashariat ma’naviyati yuksalishining muhim o‘lchov 
mezonlari bo‘lib xizmat qilganligi bayon etiladi.
Uchinchi savolda talabalarga O‘rta Osiyo zamini juda qadim zamonlardan ijtimoiy-
gumanitar fanlar rivoj topgan makon hisoblanishi, ayniqsa tarix, falsafa, mantiq, 
fiqx (huquqshunoslik) fanlari bunda muhim o‘rin tutishi, bu xususda gap borganda 
falsafa fanida nom qozongan, Sharqda «Muallimi Soniy» («Ikkinchi muallim», 


14 
Arastudan keyin) nomi bilan mashhur bo‘lgan Abu Nasr Forobiy (873-950), davlat 
boshqaruvi, huquqshunoslik sohasida benazir allomalar: Nizomulmulk (1017-1092), 
Mahmud az-Zamahshariy (1075-1144), tarixnavis Muhammad Narshaxiy (899-959) 
xizmatlarini ta’kidlamoq lozim bo‘ladi. Bunda Forobiyning falsafada o‘z ilmiy 
maktabini yaratib, yunon falsafasi mohiyatini ochib berish bilan birga, o‘zining 
sharqona falsafiy ta’limotini ko‘plab asarlarida, aytaylik, «Ilmlarning kelib chiqishi 
va tasnifi», «Fozil odamlar shahri» va boshqalarda asoslab bergan bo‘lsa, 
Nizomulmulkning «Siyosatnoma» asarida hukmdorlarning davlatni boshqarish, uni 
idora qilishga oid ko‘plab qimmatbaho yo‘l-yo‘riqlar, dasturulamal ko‘rsatmalar 
katta mahorat bilan qayd etilishi, hatto Amir Temurdek buyuk davlat arbobi ham bu 
kitobga necha bor murojaat ettanligi xaqida bayon etiladi. 
IX – XP asrlarda yuz bergan Uyg‘onish davrida Sharqda, xususan O‘rta 
Osiyodan o‘z yurtlari shonu-sharafini yuksaklarga ko‘tarib, betakror ilmiy 
kashfiyotlar, chinakam mo‘jizalar yaratgan mashhur iste’dod sohiblari, ular jahon 
madaniyati xazinasiga munosib hissa qo‘shganliklari hamda keyingi avlodlarga 
bitmas-tuganmas noyob boy meros qoldirganliklarini manbalar asosida 
tushuntiriladi.

Download 449,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish