4. Shaxs haqida psixologik
nazariyalar
biologik va ijtimoiy nisbat muammosi organizm va shaxs nisbati muammomi sifatida namoyon bo‘ladi.
Ikkinchidan, shuni nazarda tutish lozimki, bu tushunchalardan biri biologik fanlar doirasida, ikkinchisi
esa ijtimoiy fanlar doirasida shakllangan. Lekin ikkovi ham odamga ham Homo sapiens turining vakili
sifatida, ham jamiyat a’zosi sifatida munosabatda bo‘ladi. Shu bilan birga, bu tushunchalarning har birida
inson xususiyatlarining turli tizimlari: organizm tushunchasida – inson individi tuzilishi biologik tizim
sifatida, shaxs tushunchasida esa – insonning jamiyat hayotida qatnashishi aks etgan. Uchinchidan,
psixologiya shaxs shakllanishi va taraqqiyotini tadqiq etib, shaxs – individning ijtimoiy sifati ekanligidan
kelib chiqadi, bunda odam inson jamiyatining a’zosi sifatida namoyon bo‘ladi. Individning bu sifati
jamiyatdan tashqarida mavjud bo‘lolmasligidan, «individ – jamiyat» munosabatlari tahlilidan tashqarida
tushunish etish mumkin emas. Individ shaxsiy xususiyatlarining ob’ektiv asosi bo‘lib, uning o‘zi yashab,
rivojlanib kelayotgan ijtimoiy munosabatlar tizimi xizmat qiladi. Va, nihoyat, to‘rtinchidan, shaxsning
shakllanish va rivojlanish jarayonini inson tomonidan ushbu jamiyatda ma’lum tarixiy bosqichda tarkib
topgan ijtimoiy dasturlarning o‘zlashtirilishi sifatida ko‘rib chiqish zarur. Bunda jamiyat tomonidan bu
jarayonning maxsus ijtimoiy institutlar, birinchi navbatda, ta’lim va tarbiya tizimi yordamida
yo‘naltirilishini ko‘zda tutish lozim.
Bundan kelib chiqqan holda quyidagi xulosani keltirish mumkin: individ taraqqiyoti
xususiyatlarini belgilovchi omillar tizimli xususiyatga ega bo‘lib, yuqori dinamika bilan ajralib turadilar,
ya’ni, rivojlanishning har bir bosqichida turli xil o‘rinlarni egallaydilar.
Shaxs psixologiyasi taraqqiyotini uch davrga
ajratish mumkin, bular: falsafiy-adabiyot, klinik va
tajribaviy.
Tadqiqotlarning
birinchi
davri
qadimgi
allomalarning ishlari bilan boshlangan bo‘lib, XIX
asrning boshlarigacha davom etdi. Falsafiy-adabiyot davrida shaxs psixologiyasining asosiy muammolari
insonning ahloqiy va ijtimoiy tabiati haqidagi masalalardan iborat bo‘ldi. Shaxs haqidagi birinchi ta’riflar
etarli darajada kengroq edi. Ular o‘z ichiga insonda mavjud narsalarni va shaxsan o‘ziniki bo‘lgan:
uning biologiyasi, psixologiyasi, mol-mulki, hulq-atvori, madaniyati va h.k.larni jamlagan edi.
XIX asrning birinchi o‘n yilliklarida shaxs psixologiyasi muammolari bilan faylasuflar bilan bir
qatorda shifokor-psixiatrlar ham shug‘ullana boshladi. Ular birinchilar qatorida klinika sharoitlarida
bemor shaxsi ustidan muntazam ravishda kuzatuvlar olib bordilar, uning hulq-atvorini yaxshiroq
tushunish maqsadida bemor hayoti tarixini o‘rgandilar. Psixiatrlarning diqqat markazida bemor odamda
odatda aniqlanadigan shaxs xususiyatlari bo‘ldi. Keyinchalik ular tomonidan aniqlangan o‘ziga xos
xususiyatlar sog‘lom odamlarning deyarli barchasida mavjudligi, lekin ularda kuchsiz holatda,
bemorlarda esa o‘ta kuchli tarzda ifodalanishi aniqlandi. Bu, masalan, xavotirlik va rigidlik,
zatormojennosti va qo‘zg‘aluvchanlik holatlariga tegishlidir.
Shaxsni aniqlash qirralari shifokor-psixiatrlar tomonidan shunday atamalar bilan belgilangan ediki,
ular yordamida ham normal, ham patologik, ham aksentuirovannuyu shaxsga ta’rif berish mumkin edi.
Shunga qaramasdan, ushbu yondoshuv psixologiya nuqtai nazaridan mukammal deb hisoblanmaydi.
Bunday yondoshuvlar normal shaxsni yaxlit holda ta’riflash uchun juda qisqa va etarli emas. Bunday
aniqlash turiga turli sharoitlarda aniq ifodalanuvchi, doimo ijobiy, «mutanosib» bo‘lgan shaxs
xususiyatlari kiritilmagan edi. Bularga misol qilib, layoqatlar, ahloqiy sifatlar va boshqa shaxs
xususiyatlarini keltirish mumkin.
XX asrning dastlabki o‘n yilliklariga kelibgina, shaxs, ungacha inson holatlari va bilish
jarayonlarini tadqiq etish bilan shug‘ullanayotgan psixologlar tomonidan o‘rganila boshladi. XX asrda
psixologiyada tajriba tadqiqotlari jadal olib borilgani uchun, ularga farazlarni aniq tekshirish va
asoslangan faktlarga ega bo‘lish maqsadida ma’lumotlarni matematik-statistika usulida hisoblash
qo‘llanildi. Shu asosda, psixologlar uchun uzoq yillar davomida mutanosib shaxsni tadqiq etishning
ishonchli va valid test metodlarini ishlab chiqish birinchi navbatdagi vazifa bo‘lib qoldi.
Shaxsga tegishli bo‘lgan nazariyalar va konsepsiyalarni tasniflashga nisbatan yondoshuvlarning
turli xillari mavjud. Masalan, R.S. Nemov shaxsga doir nazariyalarning 48 tasini keltiradi, ularning har
biri tasniflashga asos bo‘ladigan besh ko‘rsatkich bo‘yicha baholanishi mumkin. Bularga hulq-atvorni
tushuntirib berish usuli; shaxs haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish usuli; shaxsga burchak ostidan qarash;
yosh darajalari; shaxsni tasvirlab beruvchi tushunchalar kabi ko‘rsatkichlar kiradi.[2]
107
Mavjud bo‘lgan shaxs nazariyalarining barchasini hulq-atvorni tushuntirib berish usuli bo‘yicha
Do'stlaringiz bilan baham: |