O`zbekiston respublikasi oliy va or`ta maxsus ta`lim vazirligi



Download 2,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/435
Sana01.02.2022
Hajmi2,68 Mb.
#422699
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   435
Bog'liq
umumiy psixologiya fanidan lekciya teksti

birinchi nuqtai nazari 
– intraindivid shaxsiy atributsiya: shaxs sub’ektning 
o‘ziga xos bo‘lgan xossasi sifatida tushuntiriladi; shaxs individ turmush tarzining ichki muhitiga kiritilgan 
holatda bo‘ladi. 
Ikkinchi nuqtai nazar
– shaxslararo aloqalar muhiti shaxsni aniqlash va mavjudlik sohasi bo‘lib 
xizmat qilganida shaxsni tushunish vositasi sifatidagi interindivid shaxsiy atributsiya. 
Ko‘rib chiqishning 
uchinchi nuqtai nazari 
– metaindivid shaxsiy atributsiya. Ushbu holatda 
individning o‘z faoliyati orqali boshqalarga ko‘rsatadigan ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ta’siri ko‘zda tutiladi. 
SHaxsga yangicha nazar bilan qaraladi: uning individ sifatlari qatoridagi muhim xususiyatlarini faqat 
o‘zida emas, balki boshqa odamlardan ham izlash taklif etiladi. Bunda shaxs boshqalarda ideal tarzda 
tasavvur etilishi, ularning o‘zga turmush tarzi, uning shaxs sifatida alohidalanishida yuzaga keladi. 
Bunday ideal tasavvur etishning mohiyati – sub’ekt faoliyati yoki uning hamkorlikdagi faoliyatini 
yuzaga chiqaradigan boshqa odamning aqliy va affektiv-ehtiyojiy sohasidagi real faol o‘zgarishlardan 
iborat. Bunday holatda gap shaxsning boshqalarda o‘z hayotini davom ettirishi mumkin bo‘lgan faol 
jarayon haqida, boshqalarda o‘zining davomiyligini ko‘ra bilishi haqida ketadi. Individ o‘limidan so‘ng 
shaxs butunlay yo‘qolib ketmasdan o‘zgalar hayoti bilan davomiyligini saqlab qoladi. A.S.Pushkin 
so‘zlarini esga olsak: «Yo‘q, butunlay o‘lmayman … dunyoda bitta bo‘lsa ham shoir qolmagunicha». 
Inson shaxsidagi biologik va ijtimoiy nisbatlar 
muammosi – hozirgi zamon psixologiyasining 
markaziy muammolaridan biri. Psixologiya fanining 
bunyodga kelishi va taraqqiyoti jarayonida «psixik», 
«ijtimoiy» va «biologik» tushunchalar o‘rtasidagi 
mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan aloqalar ko‘rib 
chiqildi. Psixik taraqqiyot to‘laligicha ham biologik va ijtimoiydan mustaqil bo‘lgan muayyan jarayon 
sifatida, ham faqat biologik yoki faqat ijtimoiy rivojlanishning hosilasi sifatida, yoki ularning intividga 
ko‘rsatadigan parallel ta’sirining natijasi sifatida tushuntirilgan edi. Shunday qilib, ijtimoiy, psixik va 
biologik nisbatlarni turli xilda izohlovchi konsepsiyalarning bir nechtasini ajratish mumkin.[2] 
Psixik taraqqiyotning ichki ta’sir natijasida vujudga kelganligini isbot qiluvchi konsepsiyalar 
guruhida psixik nisbat biologik va ijtimoiy nisbatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan, o‘zining ichki qonunlariga 
to‘laligicha bo‘ysunadigan hodisa sifatida o‘rganiladi. Bunda ushbu konsepsiyalar nuqtai nazaridan inson 


105 
organizmiga psixik faoliyatning qandaydir «sig‘imi» sifatida o‘rin ajratiladi. Bunday fikrlarni bizlar 
ko‘proq psixik hodisalarning diniy kelib chiqishini e’tirof etuvchi mualliflar ishlarida uchratamiz. 
Biologik konsepsiyalarda psixik nisbat organizm taraqqiyotidan keyin sodir bo‘ladigan hodisaning
chiziqli funksiyasi sifatida o‘rganiladi. Bu konsepsiyalarga asosan, inson xossalari va holatlari, psixik 
jarayonlarning barcha xususiyatlari biologik tuzilishning xususiyatlari bilan belgilanadi, ularning 
taraqqiyoti esa biologik qonunlarga bo‘ysunadi. Ko‘p hollarda bu konsepsiyalarda psixik taraqqiyotni 
tushuntirib berishda asosiy biogenetik qonun – rekapitulyasiya qonuni qo‘llaniladi, bu qonunga ko‘ra, 
individ taraqqiyoti o‘zi tegishli bo‘lgan tur evolyusiyasining asosiy ko‘rinishlarida amalga oshiriladi. 
Ushbu e’tirofning ifodalanishi ruhiyatning tabiatda mustaqil hodisa sifatida mavjud bo‘lmasligi, barcha 
ruhiy hodisalarni biologik (fiziologik) tushunchalar yordamida ta’riflash yoki tushuntirish mumkinligi 
haqidagi fikr hisoblanadi. Bunday nuqtai nazarning fiziologlar o‘rtasida juda keng tarqalganligini alohida 
ta’kidlab o‘tish zarur. Masalan, I.P. Pavlov ushbu nuqtai nazarning tarafdori edi.[1] 
Bir qator ijtimoiy konsepsiyalar mavjud bo‘lib, ular ham rekapitulyasiya g‘oyasidan kelib chiqadi, 
lekin bunda u o‘zgacha tarzda namoyon bo‘ladi. Ushbu konsepsiyalarda individning konspektiv shaklda 
psixik rivojlanishi jamiyat tarixiy rivojlanishi, avvalambor, ma’naviy hayot, madaniyatning taraqqiyoti 
jarayonining asosiy bosqichlarini amalga oshirishi o‘z tasdig‘ini topgan. 
Shunga o‘xshash konsepsiyalarning mohiyatini V. Shtern yanada yorqin tarzda ifodalagan. U taklif 
etgan ta’limotda rekapitulyasiya tamoyili ham hayvonlar psixikasi evolyusiyasini, ham jamiyat 
ma’naviyatining taraqqiyoti tarixini qamrab oladi. Uning yozishicha: «Inson individi go‘daklik davrining 
birinchi oylarida tuban hissiyotlarning ustunligi holatidagi anglanmagan refleksli va impulsli mavjudligi 
bilan sut emizuvchi bosqichini egallaydi; ikkinchi yarim yillikda tutish va har tomonlama taqlid qilish 
faoliyatini rivojlantirib, yuqori sut emizuvchi – maymun darajasiga etadi, va ikki yoshda gavdani tik tutib 
yurish va nutqni egallagandan so‘ng oddiy insoniy holatga erishadi. O‘yin va ertaklarning birinchi besh 
yilligida u ibtidoiy halqlar bosqichida turadi. So‘ngra maktabga o‘qishga kirish, ijtimoiy bir butunlikka 
ma’lum majburiyatlar bilan shiddatli tarzda kirib boradi, - bu insonning davlat va iqtisodiy tashkilotlarga 
ega bo‘lgan madaniyatga a’zo bo‘lishining ontogenetik taqqoslanishidir. Maktab davrining birinchi 
yillarida ko‘hna va qadimgi olamning oddiy mazmuni bola ruhiga o‘ta mutanosibdir, o‘rta maktab 
yillarida diniy madaniyatga berilish qirralari kuzatiladi, faqat etuklik davrida YAngi davr madaniyati 
holatiga mos keluvchi ma’naviy darajalarga erishiladi». 
Lekin, fikrimizcha, bunday o‘xshashliklar keltirilganida, har bir jamiyatda tarixiy rivojlanib, har bir 
ijtimoiy-tarixiy tuzilmada o‘ziga xos bo‘lgan ta’lim va tarbiya tizimini hisobga olish zarur. Bunda 
odamlarning har bir avlodi jamiyatning ma’lum bir rivojlanish bosqichiga to‘g‘ri kelib, o‘sha bosqichda 
tarkib topgan ijtimoiy munosabatlarga kirishadi. Shuning uchun insonga o‘z taraqqiyotida bosib o‘tilgan 
tarixiy bosqichlarni qisqartirilgan ko‘rinishda takrorlab o‘tirish shart emas. 
Odamning ma’lum biologik tur vakili sifatida dunyoga kelishini hech kim tomonidan inkor 
etilmaydi. Shu bilan birga, inson ma’lum ijtimoiy muhitda tug‘ilgani uchun faqat biologik ob’ekt sifatida 
emas, balki, ma’lum jamiyat vakili sifatida ham rivojlanadi. Bu kabi ikki qarash doimiy ravishda o‘zaro 
ta’sirda bo‘lganliklaridan psixologiya uchun o‘zaro aloqalarining xususiyatini aniqlash muhimdir. 
Odamning psixik taraqqiyoti qonuniyatlari ustida olib borilgan ko‘p sonli tadqiqotlar individ psixik 
taraqqiyotining boshlang‘ich sharti uning biologik rivojlanishi, deb hisoblash imkonini beradi. Individ 
ruhiy taraqqiyotining asosi bo‘lgan ma’lum biologik xossalar va fiziologik mexanizmlar to‘plami bilan 
dunyoga keladi. Lekin bu shartlar odam insonlar jamiyati sharoitida mavjud bo‘lgandagina amalga 
oshishi mumkin. 
Inson ruhiy taraqqiyotidagi biologik va ijtimoiy nisbatning o‘zaro faoliyati va o‘zaro ta’siri 
muammosini ko‘rib chiqib, odam tuzilishining uch darajasini ajratish mumkin, bular: biologik daraja, 
ijtimoiy daraja va ruhiy darajalardir. SHunday qilib, shuni ko‘zda tutish lozimki, gap uchlikdagi: 
«biologik – ruhiy – ijtimoiy» o‘zaro ta’sirlashuv haqida ketadi. Boshqacha aytganda, shaxs tuzilishidagi
biologik – ruhiy – ijtimoiylik uzluksiz birlikni tashkil etadi. 
Mashhur rossiyalik ruhshunos B.F. Lomov, shaxs shakllanishi muammosini tadqiq qilib, shaxsdagi 
biologik va ijtimoiy nisbatning barcha murakkabligi va turli mohiyatliligini ochib berishga harakat qildi. 
Uning bu muammoga qarashlari quyidagi asosiy fikrlarga borib taqaladi. Birinchidan, individ 
taraqqiyotini tadqiqi etib, alohida ruhiy vazifalar va holatlar tahlili bilan chegaralanib bo‘lmaydi. Barcha 
ruhiy vazifalar shaxs shakllanishi va taraqqiyoti ma’nosida ko‘rib chiqilishi lozim. Shu munosabat bilan 


106 

Download 2,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish