O`zbekiston respublikasi oliy va or`ta maxsus ta`lim vazirligi



Download 2,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/435
Sana01.02.2022
Hajmi2,68 Mb.
#422699
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   435
Bog'liq
umumiy psixologiya fanidan lekciya teksti

Beshinchi daraja
masalalari
ni hal 
etishga takomillashtirilayotgan ob’ekt tuzilishini o‘zgartirish bilan erishiladi. Bunda tadqiqotlar va 
xatoliklar soni ko‘p karra oshadi, vositalar esa hozirgi zamon fani imkoniyatlari doirasidan tashqarida 
bo‘lishi mumkin. SHuning uchun, avvalo, kashfiyotni amalga oshirib, so‘ngra yangi ilmiy ma’lumotlarga 
tayangan holda ijodiy masalaning echimini topish zarur. 
Altshuller fikriga ko‘ra, ijodiy masalalarni hal etishning muhim usullaridan biri ularni yuqori 
darajalardan quyilariga ko‘chirishdir.[1] 
SHunday qilib, yuzaga kelgan obrazlarning tuyulayotgan engilligi, ixtiyoriyligiga qaramasdan, 
xayolda voqelikni ijodiy o‘zgartirish o‘z qonunlariga bo‘ysunadi va ma’lum usullar bilan amalga 
oshiriladi. YAngi tasavvurlar ongda mavjud bo‘lganlar asosida tahlil va umumlashtirish operatsiyalari 
yordamida yuzaga keladi. Oqibatda, xayol jarayonlari boshlang‘ich tasavvurlarning fikran tarkibiy 
qismlarga ajratish va ularni yangi uyg‘unlikda birlashishidan iborat bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki, 
ijodiy jarayon xayol oddiy obrazlarining shakllanishida ishtirok etadigan xuddi o‘sha mexanizmlarga 
tayanadi. 
Xayolning 
individual 
xususiyatlari 
odam 
xayolining rivojlanish darajasi va ko‘proq foydalanadigan 
obrazlar tipiga ko‘ra tafovutlanishida ifodalanadi. 
Xayolning rivojlanganlik darajasi o‘tmishdagi 
tajriba ma’lumotlarining obrazlar yorqinligi va chuqurligi 
bilan qayta ishlash, shuningdek, bu qayta ishlash 
natijalarining yangiligi va anglanganligi bilan xarakterlanadi. Xayolning kuchli va to‘laqonliligi xayol 
mahsulotining haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan va mo‘‘jizaviy obrazlar, masalan, sehrli ertaklar 
mualliflarida oson baholanadi. Xayol rivojlanganligining zaifligi tasavvurlarni quyi darajada qayta 
ishlanishi bilan ifodalanadi. Xayol rivojlanishining zaifligi ma’lum vaziyatni ko‘rgazmali tasavvur etish 
malakasini talab etuvchi mantiqiy masalalarni echishda qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi. Xayolning etarli 
darajada rivojlanmaganligida emotsional jihatdan boy va har tomonlama hayot kechirish mumkin emas. 
[2] 
Odamlar xayol obrazlarining yorqinligi darajasiga ko‘ra, aniqroq farqlanadi. Bir xil odamlar xayol 
obrazlarining o‘ta yorqinligi, boshqalar – o‘ta rangsiz tasavvurlar bilan farqlanadilar. Xayol 
rivojlanganligining yuqori darajasini ijodiy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar,- yozuvchi, rassom, 
musiqachi, olimlarda ko‘rishimiz mumkin. 
Odamlar o‘rtasidagi farqlar ustun bo‘lgan xayol xususiyatlariga nisbatan aniqlanadi. Xayol 
tomonidan hosil qilingan obrazlar asosidagi sezgilar turiga bog‘liq ravishda odatda, obrazlarning ko‘rish, 
eshitish, motorli va ko‘rish-eshitish-harakat tiplari ajratiladi. Xayolning sof tiplari juda kam uchraydi, 
odamlar ko‘proq xayolning aralash tipiga ega bo‘ladilar, chunki hayotda bir vaqtning o‘zida ko‘rish, 
eshitish va motorli sezgilarga tayanamiz. Bunda xayol tiplaridan birining ustunligi kuzatiladi. 
Turli odamlarda xayol ularning kasbiy faoliyati va ustun bo‘lgan ehtiyojlar sohasi bilan 
belgilanadi.[1] 
Inson rivojlangan xayol bilan tug‘ilmaydi. Uning rivojlanishi ontogenezda sodir bo‘ladi va 
keyinchalik xayol obrazlarining yaratilishi uchun material bo‘lib xizmat qiladigan tasavvur zahirasining 
to‘planishini talab etadi. Xayol ta’lim-tarbiya jarayonida, shuningdek, tafakkur, xotira, iroda va sezgilar 
bilan birlikda shaxs rivojlanishi bilan uzviy aloqada rivojlanadi. 
Xayolning birinchi ifodalanishi idrok jarayoni bilan uzviy bog‘langan. Idrok qilish va xayol 
o‘rtasidagi uzviy aloqa bola o‘z o‘yinlarida olgan taassurotlarini avval idrok qilingan jismlarni xayolda 
o‘zgartirigan holda qayta ishlay boshlaganida namoyon bo‘ladi. Stul samolyotga, quticha – avtoulovga 
aylanadi. 
Xayol rivojlanishining muhim bosqichi bolaning nutqni egallaydigan yoshi bilan bog‘liq. Nutq 
bolaga xayolga faqat aniq obrazlarni emas, balki mavhum tasavvur va tushunchalarni ham kiritish 
imkonini beradi. nutqni egallash bosqichi bolaga jismning alohida qismlarini oson ajratish va xayolda 


66 
ulardan foydalanish imkonini beruvchi amaliy tajribaning oshishi va diqqatning rivojlanishi bilan 
birgalikda kechadi. Ushbu bosqichning asosiy xususiyati xayol obrazlari paydo bo‘lishining 
ixtiyorsizligidir. Xayol rivojlanishining keyingi bosqichi uning faol shakllarining yuzaga kelishi va 
xayolning ixtiyoriyligi bilan bog‘liq. Maktab yoshida xayolda muhim o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. O‘qitish 
jarayonida reproduktiv va ijodiy xayol faol rivojlanadi. Shunday qilib, insonda xayolning rivojlanishi 
qator omillarga bog‘liqdir.[2] 

Download 2,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish