Giperbolizatsiya –
obrazlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish shuningdek, alohida
qismlarni o’zgartirishdir.
Masalan:
Gulliver, liliput, Alpomish, Rustam pahlavon obrazlari kabilar.
Tizimlashtirish
– o’xshatish orqali ayrim tasavvurlarni ular orasidagi farqlarni silliqlash;
tipiklashtirish-bir xil obrazlarni qaytarilishi bo’lib, har bir davr uchun tipik bo’lgan obrazlarni yaratish
Masalan:
A.Kahhor hikoyalari («O’g’ri», «Bemor») A.Qodiriy («O’tgan kunlar») romani kabilar.
Aktsentlashtirish
– ayrim belgilarni ta’kidlash orqali obrazlar yaratish
Masalan:
o’rtoqlik
hazillari. Aktsentlashtirish badiiy adabiyotlarda juda ko’p qo’llaniladi.
YUqoridagi xayol jarayonlari orqali yaratiladigan obrazlar analiz va sintez jarayonida ro’y
beradi. CHunki har bir narsani yoki hodisani avval analiz (tahlil) qilib ko’riladi, keyin ularni sintez
(birlashtirish) qilish orqali yangi obrazlar hosil qilinadi.
Xayol jarayonida xayol tasavvurlarining xotira tasavvuridan farqi muhim ahamiyatga ega.
Xayol tasavvurlari ongda paydo bo’ladi va barqaror bo’ladi.
Xotira tasavvuridagi narsa doimo tanish narsadek his qilinadi. Xayol tasavvurlari esa yangilikni his
qilish tuyg’ularini beradi.
Xayol tasavvurlari insonning qiziqish va ideallari bilan bog’liq bo’lgani sababli yangilikni his qilish
tuyg’ulari oqibatida vujudga keladi. [2]
Ijodiy jarayonda xayolning tutgan o‘rniga ortiqcha baho
berish qiyin. Ijod barcha psixik jarayonlar, shuningdek, xayol
bilan ham uzviy bog‘langan. Xayolning rivojlanganlik darajasi
va uning o‘ziga xos xususiyatlari ijodkorlik uchun tafakkur
rivojlanganligi darajasidan kamroq ahamiyatga ega emas.
Ijodkorlik psixologiyasi uning aniq turlari: kashfiyotchilik, ilmiy, adabiy, badiiy va boshqalarda
namoyon bo‘ladi. Ijodkorlik imkoniyati inson qobiliyatlari bilan mustahkamlangan bilimlari bilan
ta’minlanadi, va insonning sobitqadamligi bilan rag‘batlantiriladi. Ijodkorlikning muhim sharti ijodiy
faoliyatga emotsional tus beruvchi ma’lum kechinmalarning mavjudligi hisoblanadi.[1]
Ma’lum bir insonga ijod qilish imkoniyatini yaratuvchi , boshqalardan esa bu imkoniyatni darig‘
tutuvchi nima ekanligi haqidagi masala mashhur olimlarni o‘tmishdan qiynab keladi. Xuddi shunday,
fransiyalik psixolog T. Ribo tomonidan asoslab berilgan ijodiy jarayonda algoritmlashtirish va uni
o‘qitishning imkoniyati mavjud emasligi haqidagi nuqtai nazariuzoq vaqt hukmron fikr hisoblangan.
Uning yozishicha: «Kashf etish metodlari»ga keladigan bo‘lsak, haqiqatda ular mavjud emas, buning aksi
bo‘lganida edi, u holda kashfiyotchini hozirda mexanik va soatsozlarni ishlab chiqargandek, ishlab
chiqarish mumkin bo‘lar edi»
1
. [3] Lekin asta-sekin bu nuqtai nazar shubha ostiga olina boshladi. Birinchi
o‘ringa ijodkorlikka bo‘lgan qobiliyatni rivojlantirish mumkinligi gipotezasi ko‘tarildi.
Ingliz olimi G. Uolles ijodiy jarayonni tadqiq etishga harakat qilib ko‘rdi. Natijada u ijodkorlikda
to‘rt bosqichni ajratishga muvaffaq bo‘ldi, bular: I –
Do'stlaringiz bilan baham: |