7-rasm.Dinamiklik va statikliknitabiatda texnik tahlili.
34
8-rasm.Dinamiklik va statiklikni tabiatda texnik tahlili.
35
9-rasm.Dinamiklik va statiklikni tabiatda texnik tahlili.
36
1.4. Simmetriya va assimmetriya
Kompozitsiyaning badiiy tasvirida va badiiy loyihalashda bir butunlikka
erishishning asosiy vositasi.
Simmetriya-bu kompozitsiyani tashkillash tartibi bo‘lib, elementlarni
tekislikka, o‘q yoki markazga nisbatan to‘g‘ri joylashishidir. Shaklni o‘qi, markazi
yoki tekislik atrofida aylantirilsa simmetrik elementlar bir-biriga to‘liq mos
tushadi. Simmetriyaning bir necha turi mavjud. Ulardan eng oddiysi oynadagi
simmetriya hisoblanadi. Simmetriya azaldan go‘zallikning asosiy shartlaridan biri
hisoblanib kelgan, chunki u ham kompozitsiya muvozanatini ta’minlaydi.
Insonning ong taraqqiyoti boshlanishidanoq simmetriya to‘g‘risida tushunchaga
ega bo‘lgan, uning qonuniyatlari asosida inshootlarni qurishgan, xo‘jalik
predmetlarini yasashgan, bularning barchasi amaliy talablargina bo‘lib qolmay,
qaysidir ma’noda estetik ko‘rinish bo‘lgan.
Simmetriya
kompozitsiya
xossalarini
yorqinligini
va
ko‘rinishini
aniqlaydigan vositalardan biridir. Hayoliy tekislik shaklini teng ikkiga bo‘ladi, bu
simmetriya tekisligi deyiladi. Oynakda ko‘rinadigan simmetriya uy jihozlari va
suviner buyumlarida keng tarqalgan. Simmetriyaning boshqa turi- o‘qli
simmetriya. O‘qli simmetriya shaklni simmetriya o‘qiga nisbatan aylanish
natijasida erishiladigan, ya’ni o‘q atrofida aylanishda shakl bir necha marta o‘z-
o‘zi bilan birlashadi. O‘qli simmetriya ham uchraydi. U markazli
kompozitsiyalarga xos: yotirish armaturalari, kir yuvish mashinasi, turbina
xarakterli turlaridan biri vintli simmetriya hisoblanadi. U nuqta yoki chiziqli
harakatsiz o‘q atrofida aylanish hisobiga hosil bo‘ladi. Mashinalar, samolyotlar,
dastgohlar, paraxodlar elementlarida qo‘llaniladi. Shuningdek assimmetriya ham
keng qo‘llaniladi, ya’ni bu simmetriya o‘qi yoki tekislik bo‘lmaganda elementlarni
birlashtirish
va
joylashtirishdir.
Bunday
kompozitsiyada
uning
barcha
qismlarimassasi, fakturasi, rang bo‘yicha muvozanatdagiday ko‘rinishi muhimdir.
Assimmetriya elementlarni dinamik muvozanatga asoslangan kompozitsiyani
tashkil qilish prinsipi bo‘lib, bir butunni oralig‘ida harakat qilayotganday. Agar
simmetriya shaklni o‘zlashtirish (qabul qilish) oson va tez bo‘lsa, assimmetriya esa
37
sekin-astalik bilan o‘qiladi. Simmetriya va assimmetriya statik va dinamik
kompozitsiyalarni badiiy yorqinlikka erishishiga yordam beradi.
Badiiy loyihalashda doimo simmetriya va assimmetriya turli xil namoyon
bo‘lishi bilan to‘qnashishga to‘g‘ri keladi, chunki uning yordamida shakllarni
joylashtirish, ma’lum tartibini o‘rnatiladi, bajariladigan ishi va predmetining
go‘zalligiga bog‘liq holda.
Kiyimlarning modellashtirish vaqtida har bir dizayner mukammal, ommabop
model yaratishga xarakat qiladi. Albatta chiroyli model yaratishda kompozitsiya
xususiyatlarini foydalanish modelni yanada chiroyli shakllanishiga imkon beradi.
Inson tanasi tuzilishi bilan bog‘liq buyumlar haqida gap ketar ekan, ushbu
buyum shaklining inson bichimi hamda fazo (kenglik) bilan o‘zaro munosabati
muhim shart deb sanaladi. Kompozitsion xususiyatlaridan biri assimetriya va
simmetriya orqali shakllanadi. Simmetriya bu kompozitsiyaning yorqin namoyon
bo‘luvchi xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Shakl ya’ni forma holatini aniqlab
beradi, shuningdek uni tashkil etuvchi vosita sifatida kompozitsiyaning ma’lum
darajada faol qonuniyati deb sanaladi. Simmetriyanioddiy ko‘rinishdagi
elementlarda ham ko‘rish mumkin.
38
Do'stlaringiz bilan baham: |