55
5 - Amaliy mashg‘ulot.
Ranglarjadvalinituzish.
Materialvaasboblar:
guash, kengtekismo‘yqalam,
№20-24,
porolongubka,
bo‘yoqnipolitragayotqizishuchunkurakcha,
qog‘oz,
qaychi,
skayapelmetalchizg‘ich, rezenayokiPVAkley.
Vazifani bajarish uchun rang bo‘yoqlari mos tushadigan tabiiy o‘xshashlarni
tanlaymiz. (kapalaklar oilasi yoki qo‘ng‘izlar, bezak qushlar yoki baliqlar, gullar).
Ba’zan qushlar va kapalaklarda barcha rang tonlarini xromatik va axromatik
birlashmasida uchratish mumkin. Tabiiy o‘xshashlarni ranglar gammasi bo‘yicha
tartibga keltiramiz.
Har bir rasmi chizilgan tabiiy o‘xshash tagida ular tashkil topgan ranglarni
joylashtirish va ular asosida ranglarni o‘tish yo‘llarini hosil qilish kerak. Buning
uchun qizil bo‘yoq olamiz va 10 sm kenglikda qog‘ozga chizamiz va yassi mo‘y
qalam bilan ishlaymiz. So‘ng qizil rangga kichkina dozada quyidagi tartibda, ya’ni
zarg‘aldoqrang quyiladi, sekin asta qizil rangni kuchsizlantirib, toza zarg‘aldoq
rangga olib kelamiz. Shunday qilib har bir rang uchun ranglar bilan turli jilosini
qatorini tuzish mumkin.
Bo‘yoq bir tekisda joylashishi va yuza baxmalday bo‘lishi uchun, bo‘yoq
qurimay turib paralon gubka yordamida yuzani tekislash zarur. Gubkani
mo‘yqalam ortidan yuritish, orqaga qaytmaslik kerak, bo‘lmasa ranglar aralashib
kirlashganga o‘xshab qoladi.
Ushbu qizil rangni avvalgi usulda spektr ranglaridagi boshqa ranglarni
tortamiz-zarg‘aldoq, sariq, zangori, moviy, ko‘k va sapsar rang (siyoxrang).
Shunday qilib spektr ranglarini bir-biri bilan tortamiz va so‘ng oq va qora ranglar
bilan. Bo‘yoq qurigach avvalgi tayyorlab qo‘yilgan 15x16mm o‘lchamli
shablonyordamida qaysi tartibda bo‘yoq tortilgan bo‘lsa, to‘g‘ri to‘rtburchak
shaklidagi namunalar qirqib olamiz va ularni oq qog‘ozga bir-biridan 2 sm gacha
masofada vertikal qator bo‘yicha yopishtiramiz. shunday qilib barcha spektrlar
tortmalarini yopishtiramiz. Vertikal qatorlar orasidagi masofa 2 smdan oshmasligi
kerak.Tartib bo‘yicha birinchi bo‘lib toza ranglar namunasi ketadi, keyingilari esa
56
kiritilgan rangdan singan ya’ni o‘zgartirilgani. Bunday ishni bajarishda bir xil rang
turiga qabul qilinishini ko‘ramiz. Ular shuningdek 24, 36, 48 ta bo‘lishi mumkin
(etalon miqdori-12).
Buni shunday tushuntirish mumkin, bunga asos qilib, 12 ta tovush
gammasiga ega bo‘lgan musiqiy xromatim gammani, birin ketin keladigan ketma-
ket bo‘ladigan, ko‘tarilish yoki pasayish tartibida bo‘lgan, qabul qilinadi. Bu
ishlarni bajarib bo‘lgach, barcha ishlanmalar birin-ketin spektral tartibda teriladi va
ranglarni bir-biri bilan aralashtirish yo‘li bilan turli-tuman ranglar va tonlar hosil
bo‘lishini ko‘ramiz.
Kontrast ranglar aralashmasini quyidagi mashqni bajarish yo‘li bilan olish
mumkin. Qizil rangga bo‘yalgan to‘g‘ri to‘rtburchak yoki kvadrat (6x6 sm
o‘lchamli) olamiz, uni ustiga 2x2 o‘lchamli sariq rangli kvadrat qo‘yamiz,
(yopishtiramiz). Kontrast ranglarni boshqacha usulda ham topish mumkin.
Turli ranglarga bo‘yalgan 6x6 sm kvadratlar o‘rtasida o‘lchami 2x2 sm
to‘g‘ri to‘rtburchak bo‘lgan teshikchalar qirqimlari va so‘ngra orqa tomonidan
hoxlagan rangli qog‘oz qo‘yiladi. Rang-tasvirni olib borish uchun asosan vazifa
rangli aylana tashkil etishdir.Spektr ranglarini bo‘yash yordamida yettita xili hosil
bo‘lguncha surtiladi. Yettinchi namuna qizil, birinchi namuna zarg‘aldoq, 7-
zarg‘aldoq, 1-sariq va boshqalarda qattiy chegara bo‘lishi kerak. Shu sababli har
rangni 5-namunasida, bosh o‘tishni ta’minlash maqsadida tartib bo‘yicha keyingi
rang kiritilishi kerak. Bundan tashqari shu 49 namunaning har biriga bo‘yashlar
qo‘shib tortilishi, yana 7 ta tonlik kiritilib, aylana markaziga tortiladi. Jami
aylanada 343 ta namuna hosil bo‘ladi.Bunday bosh politrada (rang-ranglikda)
ranglarni aniqlash oson kechadi. Musiqadagi kabi butun notalar yarimga,
choraktaga, 8 ta 16 ta, 32 ta, 64 tagacha bo‘linadi va bu asosida kompozitor nozik
ritmlar gamasini yaratadi, shuningdek musavvir ham ochiq ranglar rango-rangiga
ega bo‘ladi. Ranglar jadvali, ranglar aylanasidan amaliyotda qanday foydalanish
mumkin?Vazifani bajarish jarayonida amaliy tajriba, bo‘yoqlar bilan ishlash
o‘rganiladi, ranglar qirralari bilan tanishadi. Lekin ranglar jadvali va aylanasi
keyingi ishlarda foydalaniladi. Qaysidir rang yoki rang gammalarini tanlash uchun
57
ko‘p vaqt, bo‘yoqlar, qog‘oz, ayniqsa bilim va tajriba yetishmasa, ko‘p ketadi.
Rang jadvallari va rang aylanasi, shunday ranglar limmo-limligida ma’lum
ranglarni tomlashda masalani hal etishda, eng asosiysi vaqtni tejashga yordam
beradi. Yuqori shaffoflikka ega bo‘lgan organik shishadan qalinligi 2 mm jadval va
rang aylanasiga mos o‘lchamdagi plastinkalar tayyorlab olamiz. Qog‘oz qalam
bilan ranglarni joylashish sxemasini belgilab olamiz va uning ustiga plastinkalarni
qo‘yamiz.
So‘ng
yelimi
bilan
namuna
surtmalarini
kerak
tartibda
yelimlaymiz.Namunalar yopishtirilgan plastinkalarni turli fonlarda tekshirib
ko‘rish mumkin, qaysi fonga qo‘yilishiga qarab turli oxanglardan ranglar tonini
o‘zgartirishni ko‘rish mumkin.
Faraz qiling namuna surtmalari ustiga qo‘yilgan rang foni muhit rangi
(devor, pol, potolok rangi nazarda tutiladi). Masalan: dastgoh yoki qandaydir
agregat joylashtiriladigan sex rangi, pardalar rangini, jihozlar rangi tonlariga, turar
joy devorlari rangi va boshqalar.
58
Do'stlaringiz bilan baham: |