NAZORAT SAVOLLARI:
1.
2 ta bir xil qog‘oz kubiklardan birini bir xil rangga bo‘yang, ikkinchisi turli
rangdagi chiziqlar bilan qaysi biri ko‘proq maqsadga yaqinroq?
2.
Maishiy mahsulotlar kompozitsiyasini yechimida ranglar qanday ro‘l
o‘ynaydi?
3.
Ishlab chiqarish xonalarida ranglar muhiti nimani anglatadi.
4.
Ranglar qanday belgilari bilan xarakterlanadi?
5.
Ranglar garmoniyasi nimani anglatadi?
6.
Qanday holatlarda rang kontrastlaridan foydalaniladi?
7.
Ranglar, mahsulotlar funksional vazifalarini ifoda etish zarur?
72
3 – BOB. MATERIAL FAKTURASINI BELGILASH UCHUN
TASVIRIY VOSITA
3.1. Material fakturalarini aniqlash
Sanoat mahsulotlarining aniq shaklda bo‘lishi uchun bajariladigan ishlarning
qiziqarlisidan biri foydalanilgan materiallar fakturasidir.
Faktura-bu turli material yuzasiga ishlov berish asosan pardozlash yoki yuza
struktura o‘zgartirish, ya’ni badiiy bezak berishni uyg‘unlashtirishga ta’sir
ko‘rsatadigan ishlarning jamlamasidir.
Ko‘pincha sanoat mahsulotlari, predmetlari ko‘p miqiyosida ishlab
chiqarishga mo‘ljallangan bo‘lsa, bir turdagi materialdan emas, bir necha
materialdan tayyorlanadi.
Materiallarning gigienik xususiyatlari ham kiyim shaklini bu materallardan
har birining o‘z plastik xususiyatlari, dekorativligi, fizik-mexanik xususiyatlari va
gigiyenik xususiyatlari bo‘lib, shaklning xarakteri va konstruktiv yechimi qanday
hal etilishini ushbu xususiyatlar belgilab beradi.
Masalan, xarir, shifon gazlamalar mayin, osiluvchan, drapirovkabop bo‘ladi,
shuning uchun ulardan choklari minimal darajada kam, yumshoq ovalsimon shakl
yaratilishi kerak, bunda drapirovkalar, burmalar, mayin taxlamalar, klyosh bichiq
hisobiga shakl hosil qiladi: bemalol tashlanib turadigan (krepsatin tipidagi)
gazlamalarning drapirovkabop ekanligi yetarli darajada hajmli, gavda bo‘ylab
sirpanib osilib turadigan kiyim tikish imkonini berib, hosil qilishga ta’sir etadi.
Masalan, havo o‘tkazishi va nam o‘tkazishi yomon materiallardan bo‘lgan
kiyimlarni, kiyim tagidagi havo ventilyatsiya bo‘lib turishi uchun, gavdaga
yopishmaydigan ochiq shaklli qilib tikish tavsiya etiladi.
Faktura - bu material yuzasining tuzilishini xarakterlovchi xususiyat
hisoblanadi. Faktura tabiiy (mo‘yna, teri, yog‘och, zamsha va boshqalar) va
mexanik yo‘l bilan olingan hosila bo‘ladi. Materiallar silliq, g‘adir - budur,
yaltiroq, xira, tukli va hokazo fakturali bo‘lishi mumkin. Hosila fakturaning
xarakteri materialning qanday usulda olinganiga, yuzadagi qismlarning baland -
73
pastligini va iplarning material zichligini belgilaydigan chalishish xarakteriga
bogliq. Sath birligiga to‘g‘ri keladigan faktura elementlarining katta - kichikligi va
miqdoriga qarab materiallarning yuzasi ifodaliligi jihatidan har xil bo‘ladi.
Har bir fakturada badiiy obraz belgilari bo‘ladi. Faktura sovuqlik va iliqlik,
yengillik va vazminlik va boshqa taassurotlar hosil qilishi mumkin.
Faktura tanlashda mavsum kiyimning nimaga mo‘ljallanganligi, odamning
jinsi, yoshi va gavda tuzilishi turi hisobiga olinishi kerak. Kechqurungi bashang
kiyimlarga oliyjanob yaltillaydigan sidirg‘a materiallar ishlatiladi, lekin olachipor
gazlamalar to‘g‘ri kelmaydi.
Gazlamalarning faktura xususiyatlari umuman shaklni va uning qismlarini
idrok qilishda ko‘z aldanishi paydo bo‘linishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Masalan, vazmin, xira, tukli fakturalar shaklni kattalashtirib ko‘rsatadi.
Shaklning va umuman gavdaning idrok etilishida naqsh va gulning muhim
ahamiyati bor. Shaklni naqsh va guldan ajratib bo‘lmaydi. Shaklda naqsh va gul
bor ekan, demak naqsh va gul shaklning zarur komponenti, bir qismi bo‘lib turadi.
Naqsh va gulning ham kostyum singari ko‘p asrli tarixi, xalqlarga, millatlarga
mansubligi bor.
74
Do'stlaringiz bilan baham: |