15-rasm. Proporsiyani “Oltin kesimi”
48
Ma’lumki “tilla qirqim” go‘zallik, yoqimlilik o‘lchamlar mutanosiblilik,
garmoniyalik taassurotini qoldiradi. Amalda ko‘pincha “tilla qirqim”ga yaqinroq
ko‘rsatgichdan foydalaniladi, bu taniqli italyan matematigi tomonidan XII asrda
tadqiqot qilingan. Bu shunday nisbatki, har bir keyingi raqam avvalgi ikkita raqam
yig‘indisidan iborat: 3:5, 5:8, 8:13, 13:21 va boshqalar.
Tektonika.
Sanoat mahsulotlarining tektonikasi, ularni hajmiy-fazoviy
strukturasini plastik obrazli ifodalash, materiallarning fizik-mexanik xossalarini
o‘rganish natijasidir: mustahkamligi, kuchlanishni taqsimlash va so‘ndirish va
boshqalar. Tektonika qununiyati ish logikasini, konstruksiya va mehanika,
materiallar qarshiligi, qayishqoqlik nazariyasi qonulariga tayanadi. Tektonikaning
qonuniyati predmetlar tuzilishi, funksional, konstruktiv va estetik talablarda
namoyon bo‘ladi.
Kontras.
Umumiy ma’noda aytganda-bu qat’iy ifodalangan qarama-
qarshilik: uzun-qisqa, yo‘g‘on-ingichka, yirik-mayda. Badiiy konstruksiyalashda
kontras kompozitsiyaning asosiy vositalarini tashkil etadi. Kontras yo‘li bilan
buyumni yorqinligini ifodalash mumkin. Bu turli materiallardan foydalanish yo‘li
bilan erishiladi (masalan, televizor-ekrani shishadan, karobka karton-penoplastdan,
rostlagich, buragichlari, korpus-plasmassadan). Ishlov berilganligi uchun yuzasi
silliq kontrastdan to‘g‘ri foydalanilsa kompozitsiyada hal qiluvchi ro‘l o‘ynashi
mumkin. Kompozitsiya foydasiga bo‘ysungan holda, uni faollashtiradi. Kontras
bo‘lmasa shakl yorqinligi kamayib, qiziqish uyg‘otmaydi. Kontrastli taqqoslash bir
butunlikni his etish, qabul qilishni kuchaytiradi. Tektonikada kontrastdan
foydalanish yana
ishchilarga ish joylarida optimal sharoit yaratishga bog‘liqdir.
Kontrast me’yorda bo‘lishi zarur, chunki ortiqcha kontrast tez charchashga olib
keladi. Rangli kontrast (dog‘, fon) sanoat mahsulotlari kompozitsiyalarida keng
tarqalagan. Kontrast rangli munosabat dastgohni vazifasiga qarab javob beradigan
zonalarni ajratib beradi: boshqarish pulti, ishchilar diqqatini katta ahamiyatga ega
bo‘lgan boshqarish tizimlari. Bundan ma’lum bo‘lishicha sanoat mahsulotlari
loyihasi ustida ishlayotganda kontrast va boshqa toifalar faqat kompozitsiyali reja
bo‘lib qolmay amalda inson faoliyatiga bog‘liqligi ham nazardatutilishi kerak.
49
Nyuans.
Rangda, nutq intonasiyasida, musiqa asarlarida kontrast qarama-
qarshilikni ifodalaydi, nyuans esa o‘zida ranglar jilosini soyagina sezilar qilib
tasvirlaydi. Shunday bo‘lishiga qaramay kontrast va nyuans umumiy maqsadga
ega, ya’ni yorqinlashtirish, konstruksiyaning alohida detallari, buyumni ajratish,
monotonlikni oldini olish maqsadida shaklni yaxshiroq tashkil qilish va boshqalar.
Ulardan foydalanish yaxshi o‘ylangan va o‘zini oqlash kerak. Kontrast va nyuans
shakli va rangi bilan erishiladi, Nyuana kontras kabi badiiy konstruksiyalashni
yorqinligini namoyon etish usulidir. U predmetlarni bir turdagi sifatlari
umumlashgan nisbatini ko‘rsatganday bo‘ladi: o‘lchamlar, proporsiya, rang,
faktura va boshqalar.
Nyuans-o‘z xossalari bilan farqlanadigan kontrasdan farqli ravishda, unga
sezilarli bo‘lgan shakllar nisbatidir.
Nyuans mahsulotlar kompozitsiyasini tuzishda shakllar mutanosibligini,
keskinligini silliqlashtiradi.
Texnikada nyuans-bu turli materialar variant, ranglar gammasi (rango-
rangligi) fakturasi, ranglar turliligidir. Nyuans maishiy texnikani loyihalashda katta
ahamiyatga ega bo‘ladi. Masalan, qo‘l soatini olsak. Uning necha turli markasi
ishlab chiqiladi. Ularning barchasi asosan aylana yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida.
Birinchi qarashda ularning barchasi bir xil, o‘lcham, materiali va rangi bo‘yicha
farq uncha katta emas. Lekin bu farq birinchi qarashda. Agar sinchiklab qaralsa-
ularning barchasi turlichadir. Bu farq nozik nyuansda namoyon bo‘ladi. Yoki
yoritgichlar armaturasini olsak ayniqsa yoritgichlarga plafonlar. Ularning asosi
materialidan qat’iy nazar silindir, kub, qirqilgan konus.
Shu bilan bir vaqtda nyuansli variasialar mavjud. Shunday holatda dazmol,
sovutgich va boshqa ko‘pgina madaniy-maishiybuyumlarda kuzatish mumkin. Bu
buyumlar barchasining estetik mukammalligi ularning shakllarini nyuansli ishlov
berishga bog‘liq.
Shakllarni nyuanslash loyihalovchidan yuqori mutaxassislikni talab qiladi.
Bunga konstruksiyalashni oxirgi bosqichida, shaklni asosi tashkil qilingandan
so‘ng kelinadi. Aynan nyuanslash, shaklni sayqallash pravordidaishni yakunlaydi.
50
Nyuanslash buyumni mukammal, yetuk ko‘rinishi chiroyli bo‘lishining eng
ahamiyatlisidir. Biz ko‘rib chiqqan barcha kategoriyalar shakllar, ritm simmetriya
yoki assimmetriya, dinamiklik yoki statiklik va boshqalar obyektiv asosga ega
bo‘lib, bizni tushunchamizda ular xossalarini turli-mukammalligini namoyon etadi.
Kompozitsiyaning asosiy kategoriyalari bilan nazariy va amaliy tanishib, ko‘rdikki
inson yaratgan har bir buyum, har bir shakl tabiatda bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan
detallarning behosdan bog‘langan yig‘indisi emas, balki garmonik tip, o‘z birligida
butunlik va tuzilishi ma’lum tartibga ega.
51
Do'stlaringiz bilan baham: |