58
Polemonium ildizpoyasi bilan ildizi - Rhizomata cum radicibus
Polemonii
Zangori polemonium (Polemonium coeruleum) polemoniyadoshlar
(polemoniaceae) oilasiga kiradi.
Ko’p yillik, bo’yi 126 sm gacha etadigan o’t o’simlik. Ildizpoyasi kalta,
shoxlanmagan, ko’p mayda ildizli. Poyasi bitta yoki bir nechta, tik o’suvchi,
ichi kovak, qirrali.
Bargi toq patli (7-13 juft)
murakkab.
Pastkilari
bandli,
yuqoridagilari bandsiz, ketma - ket
joylashgan.
Bargchasi tuxumsimon - lansetsimon, o’tkir uchli, tekis qirrali.
Gullari xavorang, binafsha rang, ba`zan oq, shingilga to’plangan.
Gulkosacha, tojbargi 5 bo’lakli, mevasi sharsimon, ko’p urug’li, uch xonali
ko’sak. O’simlik birinchi yili faqat ildiz oldi to’pbarglar, ikknnchi yili poya
hosil qiladi.
Iyun – iyul da gullaydi, urug’i avgust - sentyabrda pishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: