Kimyoviy tarkibi
.
Ildiz tarkibida triterpen saponinlar, organik kislotalar,
nikotin, pantoten kislotalar, sterinlar, efir moyi, 20% kraxmal, vitaminlardan
S, B
1
, B
2
, 12 - 23% pektin va boshqa moddalar bor.
Qum tarkibida 53% gacha fosfatlar, oltingugurt birikmalari, temir,
marganets va boshqalar bor.
Saponinlar yig’indisidan 10 dan ortiq - sof panaksozidlar (ginzenoidlar)
ajratib olingan bo’lib ular 3 guruhga bo’linadi.
1. Panaksatriol unumlari (panaksozid A, V, S)
2. Panaksadiol unumlari (panaksozid D, E, F)
3. Oleanol kislota unumlari.
Panaksatriol va panaksadiollar tetrasiklik saponinlar bo’lib, oleanol
kislota esa pentasiklik saponinlar guruhiga kiradi.
Jenshen guli va bargida ham saponinlar borligi aniqlangan.
Ishlatilishi
. Asosan organizm tonusini ko’targan (tetiklantirish va
ruxlantirish) uchun qadimdan ishlatilib kelingan.
Jenshen preparatlari aqliy va jismoniy jihatdan charchaganda, mehnat
qobiliyati susayganda, qon bosimi pasayganda organizmning umumiy
tonusini ko’taruvchi dori sifatida hamda diabet, jinsiy bezlar
gipofunksiyasida, nerv va asab kasalliklarida qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |