Botanika fanidan o’qituvchilar malakasini oshirishda mustaqil ta’limning roli



Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/42
Sana31.01.2022
Hajmi1,99 Mb.
#420207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
botanika fanidan oqituvchilar malakasini oshirishda mustaqil talimning roli

……………………..............
36 
3.4. 
PISA xalqaro baholash dasturiga (tabiiy yo’nalish bo’yicha) 
tayyorgarlik ko’rish va muvaffaqiyatli ishtirok etishda mustaqil ta’lim
muhim omil sifatida……………………………………………………..............44 
Xulosa va tavsiya
……………………………………………………….............52 
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………..........
55 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Mavzuning 
dolzarbligi.
O‘zbekistonda 
oliy 
ta’lim 
tizimini 
takomillashtirish asosi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va 
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari hisoblanadi. Ular 
yuksak umumiy va kasbiy madaniyatga ega bo‘lgan, ijodiy va ijtimoiy faol, 
ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil holda harakat qila oladigan, kelajakka qaratilgan 
vazifalarni qo‘ya olish va ularni yechishga qodir bo‘lgan kadrlarning yangi 
avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Har qanday jamiyatda bo‘lganidek, Respublikamizning taraqqiyotida bozor 
iqtisodiyoti sharoitida raqobatga bardosh beraoladigan malakali mutaxassislarni 
tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Zero jamiyat taraqqiyotida mutaxassis 
kadrlar omilining muhimligi isbot talab etmaydigan hayotiy haqiqatdir. Mutaxassis 
kadrlar tayyorlash, uning kasbiy sifat va samaradorligini oshirish borasida ham 
so‘nggi yillarda keng ko‘lamli ishlar qilindi va qilinmoqda. Jumladan, 
tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarning mustaqilligi, ijodkorligi, tadbirkorligi, 
faolligi kabi xislatlarni tarkib toptirishga alohida e’tibor berilmoqda. Kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturida ta’kidlanganidek, “O‘qishni, mustaqil bilim olishni 
individuallashtirish hamda distansion ta’lim tizimi texnologiyasi va vositalarini 
ishlab chiqish va o‘zlashtirish” talab etiladi. Amaldagi ta’lim yo’nalishi davlat 
ta’lim standartlarida bakalavrning tayyorgarlik darajasiga qo’yilgan umumiy 
malaka talablarida tayyorlanayotgan kadrlar o’z sohasiga oid qarorlarni mustaqil 
qabul qila olish, raqobatbardosh kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lishi, o’z ishini ilmiy 
asosda tashkil etishi hamda mustaqil holda o’z bilim va malakasini oshirib borish 
kabi xusussiyatlarga ega bo’lishi qayd etilgan. Oliy ta’lim tizimida bu 
xusussiyatlarga ega bo’lgan kadrlarni tayyorlashda mustaqil ta’lim alohida o’rin 
egallaydi. Ma’lumki malakali kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan biri ta’lim 
sifati va samaradorligini oshirish hisoblanadi. Ta’lim sifati va samaradorligini 
oshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin 



texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy 
turlari muhim o’rin tutadi. Bu esa oliy ta’lim muassasalarida talabalar mustaqil 
ta’limi mazmunini ishlab chiqish va uni tashkil etish hamda amalga oshirish 
usullarini takomillashtirish borasida ilmiy-pedagogik izlanishlar olib borishni 
taqozo etadi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlarni tayyorlash, 
xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2017-yil 26- sentyabrdagi 
PQ-3289-son, “O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi 
faoliyatini tashkil etish to’g’risida” 2017-yil 30-sentyabrdagi PQ-3305-son 
qarorlari ijrosini ta’minlash hamda maktabgacha, umumiy o’rta va maktabdan 
tashqari ta’lim muassasalari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish samaradorligini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar 
Mahkamasi 2017-yil 28-dekabrdagi 1026-son qarori qabul qilindi. Ushbu 
qarorning 3-ilovasida Maktabgacha, umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’lim 
muassasalarining pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini 
oshirish to’g’risidagi Nizom ilova qilingan. Nizomning 4-bob 38-bandida qayta 
tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o’quv mashg’ulotlarining quyidagi 
asosiy turlari qo’llaniladi: ma’ruza, amaliy mashg’ulot, interaktiv semenarlar, 
trening, ko’chma mashg’ulot, tajriba almashish, mustaqil o’qish, labaratoriya 
ishi, bitiruv malakaviy ishini himoya qilish, deb ko’rsatilgan. 
Mazkur dissertatsiyada Nizomning 4- bob 38-bandida qayd etilgan mustaqil 
o’qish, mustaqil ta’lim olish jarayoni va uning turlari aks etgan. 
Malaka oshirish tizimida mustaqil ta’limning ilk marotaba joriy etilishi, bu 
borada qilinishi lozim bo’lgan ishlar mavjudligini ko’rsatadi. 
Mustaqil ta’lim- ta’lim jarayonining ajralmas tarkibiy qismi bo’lib, u 
talabalarning o’quv fanlardan o’zlashtirayotgan bilim, tushuncha, amaliy 
ko’nikma, malakalarini yanada takomillashtirishga qaratilgandir. Shunga ko’ra 



aytish mumkinki, mustaqil ta’lim belgilangan o’quv topshiriqlarini tahsil 
oluvchilar tomonidan mustaqil va ijodiy bajarishga mo’ljallangan o’quv 
faoliyatidir. Boshqacha qilib aytganda, ta’limning mazkur shakli mazmun, 
yo’nalishini mustaqil ishlar tashkil etadi. 
Bundan ko’rinadiki, ta’limning bu shakli aynan o’quvchi talabalar tomonidan 
mustaqil ravishda izlanish, o’rganish, o’zlashtirish, umumlashtirish, xulosalash 
jarayonlari orqali amalga oshiriladi. 
Demak, tinglovchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishni o’quv bilish 
faoliyatining muhim shakllaridan biri sifatida qaramoq lozim. Kezi kelganda 
ta’kidlab o’tish lozimki, mustaqil ishlar o’zining didaktik maqsadi, talabalar 
mustaqil faoliyatining darajasi, individual yoki guruhga mo’ljallanganligi, axborot 
manbai, bilim olish usullari, shakli va bajarish o’rni bilan o’ziga xoslikka ega. 
Mustaqil ta’limni tashkil etishda uning shakllarini to’g’ri tanlash, o’z o’rnida 
samarali foydalanish, o’z navbatida, mazkur jarayonda keng ko’lamli yondoshuv 
uning ta’lim-tarbiya jarayonida tutgan o’rni va afzalligi haqidagi tasavvurni 
kengaytiradi. 
Tinglovchilar tomonidan bajariladigan mustaqil ishlar bir necha bosqichdan 
iborat bo’lib, har bir bosqichda amalga oshiriladigan o’zaro uyg’unlik asosida, 
ya’ni bir-birini to’ldirgan, o’z navbatida rivojlangan holda bo’ladi. Jumladan, 
mustaqil ishlarning dastlabki bosqichi bevosita o’qituvchining ko’rsatmalariga 
asosan amalga oshirilsa, keying bosqichlarda o’quvchi-talabalarning ijodkorligi 
asosida bajariladi. Shunga ko’ra aytish mumkinki, o’quvchi talabalarning mustaqil 
ta’lim olishi bir necha bosqichdan iborat pedagogik jarayondir. 
Quyida mustaqil ta’limning har bir bosqichida amalga oshiriladigan 
ishlarning mazmuni, yo’nalishlari xususidagi mulohazalarga to’xtalib o’tamiz. 

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish