24
1-diagramma.
5-6 sinflarda bo’shliqlar
mavjud mavzular yusasidan
tumanlar kesimida foiz ko’rsatkichlar.
2-diagramma.
5-6 sinflarda bo’shliqlar mavjud mavzular yusasidan
tumanlar kesimida foiz ko’rsatkichlar.
25
3-diagramma.
5-6 sinflarda bo’shliqlar mavjud mavzular yusasidan
tumanlar kesimida foiz ko’rsatkichlar.
Viloyatda mavjud umumiy o’rta maktab 5-6 sinf o’quvchilarida
botanika
darslarida o’zlashtirilishi qiyin mavzular yuzasidan tuzilgan mustaqil ta’lim
mavzulari, hududiy markaz ilmiy kengashida ko’rib chiqildi va tajriba sinov
uchun ruxsat berildi.
Tanlab olingan 30 ta mustaqil ta’lim mavzulari Biologiya MOK
rejalashtirilgan oylarda kelgan tinglovchilarga taqdim etildi.
Reja asosida tumanlardan kelgan 25
nafar tinglovchilarga, foiz
ko’rsatkichlari yuqori bo’lgan mavzular berildi. MOK tinlovchilari mavzular
asosida:
1.
Nazariy bilimlarni oldilar
2.
Mustaqil ta’lim mavzulari bo’yicha dastur ishlanmalari yaratdilar va
kafedra yig’ilishida ko’rib chiqildi
3.
Mustaqil ta’lim bo’yicha o’qitishning shakl
va usullarini darslarda
qo’lladilar va test topshiriqlari ishlab chiqdilar.
26
Tinglovchilarga mustaqil ta’lim mavzulariga tayyorlanishlarida ko’mak
sifatida ilk marotaba elektron ta’lim resurs bazasi yaratildi. Ushbu baza
markazning web sayti tarkibiga joylandi (http://www.sirdaryomoi.uz) va ushbu
silka e’lon qilindi.
Elektron ta’lim resurs bazasidan quyidagilar o’rin olgan:
1.
Asosiy
adabiyotlar
2.
Qo’shimcha adabiyotlar
3.
Labaratoriya mashg’ulotlari
4.
Nazorat ishlari
5.
Multimedia vositalari
6.
Ko’rgazmalar
7.
Botanika faniga doir so’ngi masalalar to’plami va ularni yechish usullari.
Mustaqil ta’lim natijalari: tinglovchilar tomonidan tayyorlangan mavzuga oid
dars ishlanmalari, test topshiriqlari markaz “Tabiiy va aniq fanlar”
kafedra
yig’ilishida ko’rib chiqilib, ish jarayonida foydalanishlari uchun qaytarib berildi.
Tinglovchilarda Web Quest texnologiyasi va uni qo’llash tartibi tushintirilib,
bu texnologiya orqali ularda mustaqil ta’lim ko’nikmasi hosil qilindi. Chunki WEB
QUEST texnologiyasidagi topshiriqlar asosan mustaqil bajariladi. Baholash
mezoni tinglovchilarni baholash orqali ko’rsatib berildi.
Shuningdek mustaqil ta’lim orqali o’quvchilarga PISAga tayyorlash uchun
eng avvalo, o’qituvchilarni tayyorlash lozim bo’ladi. O’qituvchilarni
tayyorlashning eng maqbuli ularni malaka oshirish jarayonida va mustaqil ta’lim
orqali tayyorlashdir. Buning uchun tinglovchilar tayyorlaydigan mustaqil ta’lim
mavzulari bo’yicha an’anaviy savollarni tabbiy-ilmiy savodxonlikka oid savollarga
o’girish talablari ham qo’yilib, eng maqullarini tinlovchilar o’zaro almashinib, ish
jarayonida qo’llashlari PISAga tayyorgarlikning dastlabki bosqichini tashkil etadi