Akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida informatika fanini o



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/55
Sana31.01.2022
Hajmi0,92 Mb.
#419952
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55
Bog'liq
akademik litsey kasb-hunar kollejlarida informatika fanini oqitish sifatiga tasir etuvchi omillar

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


2.1-§. Ta‟lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarini qo‟llash orqali 
o‟qitish sifatini oshirish usullari. 
Uzluksiz ta‘lim tizimida akademik litseylarning o‘ziga xos, alohida o‘rni bor. 
O‘quvchilarga davlat ta‘lim standartlariga muvofiq o‘rta maxsus ta‘lim berish 
vazifasini hal etadi. Akademik litsey majburiy ta‘limning bir yo‘nalishi hisoblanib, 
unda o‘qishni o‘quvchining o‘zi ota-onalari va mutaxassislarning maslahatiga asosan 
tanlaydi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida quyidagicha yozilgan: ―Akademik 
litseylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta‘lim yo‘nalishi bo‘yicha (gumanitar, 
texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur 
o‘rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko‘nikmalarini o‘zlarida shakllantirish 
imkoniyatiga ega bo‘ladilar‖.¹ Asosiy e‘tibor tanlangan fan sohasida chuqur bilimlarni 
egallashga qaratilgan bo‘lib oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirishga 
tayyorgarlik ko‘radi. Akademik litseydagi ta‘lim-tarbiya jarayonining samaradorligi 
bitiruvchilarning oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishi bilan o‘lchanadi. 
Akademik litseylar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limining bir yo‘nalishi 
sanalsada, o‘quvchilarga kasb-hunarga nisbatan ko‘proq fan sohasidan bilim berish 
vazifasini muvaffaqiyatli hal etishni o‘zlarining oldiga maqsad qilib qo‘ygani 
amaliyotda o‘z isbotini topmoqda.
Akademik litseylarning o‘quv rejalari, fanlar bo‘yicha namunali dasturlar soha 
fanlarini to‘la va atroflicha o‘rganishga mo‘ljallangan holda tuziladi. Ta‘lim 
mazmunini ifodalovchi barcha me‘yoriy, ilmiy va o‘quv-uslubiy manbalarda 
o‘quvchilarga optimal bilim berish, barkamol qilib tarbiyalash uchun zarur bo‘lgan 
ma‘lumotlar mujassamlashgan.
Akademik litseylarda o‘quvchilarning iste‘dodi, qobiliyati, mavjud bo‘lgan 
barcha imkoniyatlari ro‘yobga chiqishi uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilgan. Eng 
zamonaviy o‘quv xonalari, fan kabinetilari, ta‘limning texnik vositalari, laboratoriya, 
axborot resurs markazlari o‘quvchilarning bilim egallashlariga moslashtirilgan.
Ta‘lim-tarbiya jarayonini eng yuqori darajada tashkil etishi uchun birinchi 
navbatda o‘quvchilarning kasb-hunarni to‘g‘ri tanlagan bo‘lishlari zarur. Agar 


o‘quvchi o‘zining qiziqishi, qobiliyatiga mos bo‘lgan sohani tanlagan bo‘lsa darslarga 
to‘liq qatnaydi. O‘qituvchining bergan barcha bilimlarini o‘zlashtirib oladi. Ko‘proq 
mustaqil o‘qishga, o‘z ustida ishlashga harakat qiladi. Dars tugagandan keyin 
kabinetlarda, laboratoriya va komp‘yuter sinflarida, axborot resurs markazida mustaqil 
tayyorgarlik ko‘radi. O‘qituvchi bilan hamkorlikda tajriba-sinov ishlari, kuzatish va 
ijodiy izlanishlar olib boradi. Kasb-hunar to‘g‘ri tanlanmaganda darsga, bilim olishga 
qiziqishi sust bo‘ladi. Dars qoldirish, o‘zlashtirmovchilik hollari sodir bo‘ladi. Bunday 
o‘quvchilar tezda aniqlanib qiziqadigan sohasi akademik litseyda bo‘lmasa kasb-hunar 
kollejlariga o‘tkazib yuborilishi kerak. Aks holda boshqa o‘quvchilarga halaqit berishi, 
salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. 
Farg‘ona FarPI qoshidagi akademik litseyida o‘quvchilar bilan kasbiy layoqatini 
aniqlash maqsadida maxsus so‘rovnoma va testlar o‘tkazilib boriladi. Ularning natijasi 
asosida har bir o‘quvchi bilan sinf rahbari va psixolog suhbatlashib chiqadi. 
O‘quvchining shaxsiy tayyorgarlik ko‘rish reja-dasturi ishlab chiqiladi. Litseyda 
abiturent shtati tashkil etilgan bo‘lib, o‘quvchi bu yerda ham o‘zining ish rejasiga 
o‘zlashtirish va to‘ldirishlar kiritishi mumkin. 
Litseyda ta‘lim-tarbiyaning samaradorligini yanada orttirish maqsadida 
qo‘shimcha ta‘lim markazi tashkil etilgan. Unda litsey o‘quvchilari uchun tekin 
(boshqalarga pullik) repititerlik xizmati ko‘rsatiladi. Akademik litseyning eng tajribali 
o‘quvchilari bu mashg‘ulotlarga jalb etilgan.
Akademik litseyda ―Ustoz-shogird‖ an‘analari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Har bir 
o‘qituvchiga olti-sakkiz o‘quvchi buyruq asosida biriktirilgan. Ustoz shogirdlarning 
barcha fanlardan muvaffaqiyatli o‘qishi, tartib-intizomi, xulq-atvori, ijtimoiy faolligini 
nazorat qilib boradi. Qo‘lga kiritgan yutuqlarini yanada kuchaytirishga, yo‘l qo‘ygan 
kamchiliklarini zudlik bilan tuzatishga ko‘maklashadi. Ustoz ham, shogird ham doim 
bir-birlarining oldidagi mas‘uliyatlarini his etishga harakat qiladilar. Shu o‘rinda yana 
bir samarali tajriba amalga oshirilayotganini qayd etish mumkin. Ustoz nafaqat 
litseyda, o‘quvchining litseydan tashqari faoliyatini ham kuzatib boradi. O‘quvchining 
uy sharoiti bilan tanishadi, ota-onalar bilan hamkorlik o‘rnatadi. Ota-onalar 
farzandlarining litseydagi o‘qishlaridan xabardor bo‘lib boradi. Imkoni bo‘lgan ota-


onalar litseyga kelib o‘qituvchilarning farzandi haqidagi fikrlarini bilib olishlari, dars 
kuzatishlari, pedagogik-psixologik maslahatlar olishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan.

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish