1.2-§. Ta‟lim tizimida informatika fanini o‟qitish mezonlari, DTS talablari
asosida ta‟limga tadbiq etish.
Hozirgi zamonda biror - bir sohada ishni boshlash va uni boshqarishni
komp‘yutersiz tasavvur qilish qiyin. XXI asr savodxon kishisi bo‘lish uchun
avvalo komp‘yuter savodxon bo‘lish, axborot texnologiyalarini puxta egallamoq
lozim. Har bir mutaxassis, u qaysi sohada ishlashidan qat‘iy nazar o‘z vazifasini
zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotga ishlov beruvchi vositalarni,
ularni ishlatish uslubiyotini bilishi va ularda ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi
zarur. Shu sababli bugungi kunda mustaqil Respublikamizda ta‘lim sohasida
amalga oshirilayotgan tub islohatlarning mazmun - mohiyati, maqsadi va vazifalari
aniq belgilab olingan. Jumladan, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturiida Kadrlar
tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti
istiqbollaridan,
jamiyat
ehtiyojlaridan,
fan,
madaniyat,
texnika
va
texnologiyalarining zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish
nazarda tutiladi» deb belgilab qo‘yilgan.
Ta‘lim tizimi butunlay yangi mazmun kasb etayotgan hozirgi davrda har bir
fanning mazmunini qayta taxlildan o‘tkazish, ta‘lim bosqichlari bo‘yicha uning
uzviyligi va uzluksizligini ta‘minlash asosida tubdan isloh qilish va hayot bilan
bog‘lash nuqtai nazaridan yondashuv zarur bo‘ladi. Akademik litsey va kasb -
hunar kollejlari o‘quv rejasida umumta‘lim predmeti sifatida kiritilgan
«Informatika» predmeti ham bundan mustasno emas.
«Informatika» fanining asosiy maqsadi o‘rta maxsus, kasb - hunar ta‘limi
muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilarga informatikaning amaliy jixatlari
haqida bilim berish, zamonaviy komp‘yuterlarning dasturiy ta‘minoti, shu
jumladan, amaliy va xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar bilan ishlash malakasini hosil
qilish, zamonaviy axborot texnologiyalari haqida uiumiy ma‘lumot berishdan
iborat.
Mazkur fanning vazifasi amaliy informatikani foydalanuvchi darajasida
o‘rgatishdan iborat bo‘lib, unda dastur o‘rta umumta‘lim maktablaridagi
"Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» va oliy ta‘limdagi «Informatika,
axborot texnologiyalari» fanlari bilan uzviy bog‘liq ravishda tuzib chiqilganligi
bilan bir qatorda
o‘rta maxsus ma‘lumotli mutaxassislarga shu soxada mukammal
to‘liq bilim berishini ta‘minlaydi.
Dasturni tuzishda mavzularga uzviy ketma - ketligi va ta‘limiing ushbu
bosqichida «Axborot texnologiyalari» kursining o‘qitilishi ham extiborga olingan.
Shuning uchun dasturda axborot texnologiyalari haqida asosiy tushunchalargina
berilib uning texnik vositalari bilan to‘liq tanishtirish va ularda ishlash
ko‘nikmalarini shakllantirish ko‘zda tutilmagan.
Dasturning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u o‘quvchilarning yosh va
fiziolok ruxiy xususiyatlarini, ularning tayyorgarlik darajasini hisobga olgan
holda informatika fanining asoslarini amaliyotga tadbiq etish nuqtai nazaridan
o‘rganishni ta‘minlaydi. Unda ayrim mavzular umumiy o‘rta ta‘limdagi
«Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» fanidagi mavzularning takrorlanishi
bo‘lsada, bu yerda ular chuqurroq va amaliy faoliyatda foydalanishga
yo‘naltirilgan holda o‘rganiladi.
Dasturga muvofiq o‘quv jarayonini tashkil etishda, mashg‘ulotlar «oddiydan
murakkabga, nazariy bilimlardan amaliy foydalanishga» tamoyillariga amal
qilinadi. Amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda yo‘nalish va kasbning
xususiyatlaridan kelib chiqib vazifalar bajarish maqsadga muvofiqdir. Bu narsa
ishchi o‘quv rejalarida o‘z aksini topishi lozim. Shuning uchun dasturni bajarishda
asosiy e‘tibor amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilishi lozim. Hozirgi
davrda deyarli barcha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘lim muassasalarini zamonaviy
komp‘yuterlar bilan jihozlanganligini hisobga olib, dasturning bajarilishini
ta‘minlaydigan texnik ta‘minotni yetarli darajada deb hisoblash mumkin. Shularni
hisobga olgan holda ta‘lim muassasalarini texnik va dasturiy ta‘minlanganligi
darajalariga muvofiq ravishda dasturdagi mavzularni o‘tish ketma-ketligini
o‘zgartirish,
ko‘rsatilgan
amaliy
dasturlarni
mavjud
komp‘yuterlarni
imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tegishli turdosh dasturlar bilan almashtirish
imkoniyati ko‘zda tutiladi. Darslarni tashkil qilish jarayonida pedagogik talablar
me‘yorlariga amal qilish, amaliyotda shakllangan uslublardan foydalanish lozim.
Shuningdek, mavzularni Respublikamiz davlat tili talablariga rioya etgan holda
bayon qilishga atamalarning bir xilligiga, ko‘p ma‘noli so‘zlardan, g‘aliz
jumlalardan foydalanmaslikka intilish lozim. O‘quvchilarining bilim va
ko‘nikmalariga talablar: O‘quvchilar:
- Axborot, uning o‘lchov birliklari, xususiyatlari, vatanimizda informatika
fanining taraqqiyoti; Axboriy jarayonlar, axborotlashgan jamiyat, uving
xususiyatlari haqida tushunchaga ega bo‘lishi;
- Axborot tizimlari va ularning turlari, axborot tizimlari ta‘minoti, axborot
texnologiyalarini qo‘llash sohalarini tasavvur qilishi;
-
EHM umumiy tuzilishi, EHM tasnifi, komp‘yuter arxitekturasi, uning
dasturiy ta‘minoti, asosiy va atrof qurilmalari, komp‘yutlarda ma‘lumotlarda
tashkil etish va saqlay olishi;
-
MS DOS operatsion tizimi, fayl tushunchasi, fayllarining turlari va
nomlanishi, kataloglar, amaliy dasturlar va ularning asosiy turlari,
dasturlash texnologiyasini uskunaviy vositalarini bilishi;
- Windows operatsion tizimi, uning afzalliklari va o‘ziga xos xususiyatlarini
bilishi;
- Komp‘yuter
grafikasi
tushunchasi,
grafik
muxarrirlarining
matn
muxarrirlaridan farqi va o‘xshashliklarini bilishi, grafik muxarrirlarida ishlaiy
olishi;
- Matn muxarrirlari, ularning turlari, matnlarni kiritish va xotirada saqlash,
xotiradan o‘qish, ularni taxrir qilish usulari, bosmaga chiqarish usullarini bilishi
va matn muxarririda ishlay olishi;
- Elektron jadval, ularning turlari. Elektron jadval tuzish, ularga o‘zgartirishlar
kiritish. Yacheykalar ustida amallar bajarish, formulalar, funktsiya va
diagramalar bilan ishlashni bilishi; Power Point dasturi bilan ishlay olishi zarur.
Dasturning asosiy bo‘limlari quyidagilardan iborat:
1- bob. Axborot va jamiyat.
2 - bob. Axborot tizimlari va texnologiyalari.
3 - bob. Shaxsiy komp‘yuterlar.
4 - bob. Shaxsiy komp‘yuterlarning dasturiy ta‘minoti.
5 - bob. Windows operatsion tizimi.
6 - bob. Komp‘yuterda grafik ob‘ektlar bilan ishlash asoslari.
7 - bob. Matn muharrirlari.
8 - bob. Elektron jadvallar.
9 - bob. Komp‘yuterda taqdimot yaratish asoslari.
Amaliy laboratoriya mashg‘ulotlari ma‘ruzalarda olingan nazariy bilimlarni
o‘zlashtirish va mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, zamonaviy komp‘yuterlar va
axborot texnologiyalari vositalari bilan jihozlangan xonalarda o‘tkaziladi. Ularning
soni mavzularning nazariy yoki amaliy jihatlariga qarab aniqlanadi. I - III
boblarda laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkazilmaydi. Qolgan boblar bo‘yicha
ularning soni 2 tadan 6 ta gacha bo‘lishi mumkin. Dasturning bajarilishini
kafolatlaydigan muxim omilllaridan biri o‘quvchilar bilimini nazorat qilishni
izchil va tizimli ravishda o‘z vaqtida amalga oshirib borishdir. Bu o‘rinda joriy
nazoratni o‘quvchilarning laboratoriya ishlarini bajarishlari, uy vazifasini
tekshirish, qisqa mudatli mustaqil ishlarni uyushtirish yoki test orqali amalga
oshirish tavsiya etiladi. Buning uchun laboratoriya ishlari to‘planishi tuzish va
ulardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Oraliq va yakuniy nazorat esa, asosan
maxsus vazifalarni bajarish yoki test topshiriqlari orqali amalga oshriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |