2.2-§. Informatika va axborot tefnologiyalari fanlarida innovatsion
texnologiyalardan foydalanish.
O‘sib kelayotgan avlodga ta‘lim va tarbiya berish sohasidagi moddiy-texnika
bazani yanada mustahkamlash, undan oqilona va samarali foydalanishni ta‘minlash,
davlat ta‘lim standartlari, o‘quv dasturlari va o‘quv uslubiy adabiyotlarni
takomillashtirish, yosh avlodni faqat puxta bilim olibgina qolmay, balki mustaqil
ravishda o‘qib olish va ijodiy izlanishiga yo‘naltirish, ulardagi qobiliyatni rivojlantira
borish ko‘nikmalarini orttira olish uchun o‘qituvchilar yangi pedagogik texnologiya
asosida pedagogikaning turli shakl va usullaridan foydalana olishlari zarur.
Ishning maqsadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta‘lim litsey, kollej
muassasalarida innavatsion texnologiyalar yordamida ta‘lim berish jarayonini
takomillashtirish usullarini aniqlashdan iborat bo‘lib, bularsiz bugungi ta‘lim tizimini
yangi bosqichga ko‘tarib bo‘lmaydi.
Ishning vazifalari. Uzluksiz ta‘lim tizimida innavatsion texnologiyalarning
mazmuni va mohiyati, maqsadi va vazifalarini aniqlash, ta‘lim jarayonida (darslarda)
innavatsion texnologiyalardan foydalanishning ta‘limiy imkoniyatlari, qo‘llanilishi,
usullari haqida ma‘lumot berish, ta‘limning interfaol usullari, masofaviy ta‘lim,
mulg‘timedia vositalaridan foydalanish, interfaol usullardan foydalanishning ilmiy -
pedagogik asoslarini tavsiflashdan iborat.
Pedagogik texnologiyaning qo‘llanishida esa o‘quv jarayonini loyihalash orqali
o‘qituvchi katta pedagogik tajribaga ega bo‘lmasa ham, yuqori samaraga erisha olishi
mumkinligi ko‘rinadi. SHuning uchun ta‘lim jarayonini tashkil etishda o‘quv
maqsadlarini aniqlab olish muhim hisoblanadi. Aniq maqsadlarni belgilash nazorat va
baholash ishini yengillashtiradi va bu jarayonga oydinlik kiritadi. Darsda talabalarning
erkin, ijodiy ishlashlari uchun sharoit yaratish kerak. Buning uchun darslarning har bir
qismi aniq loyihalashtirilishi, o‘quv materialini bilim egallovchilarning o‘zlashtirish
darajalariga moslashtirish foydali bo‘ladi. An‘anaviy ta‘lim metodlari bilan birga
interfaol metodlardan foydalanish dars samaradorligini oshirishning muhim
shartlaridan biridir. Interfaol metodlardan foydalanganda asosiy urg‘u o‘quvchilarni
hamkorlikda ishlashlariga imkon berilishi hisoblanadi. Interfaol metodlar o‘quvchida
erkin fikrlash, ijodiy qobiliyatni shakllantirishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda o‘qitishning faol usullarini qo‘llash pedagogik texnologiyaning
asosini tashkil qiladi. Pedagogik texnologiya o‘z oldiga ta‘lim shakllarini
muqobillashtirish vazifasini qo‘yuvchi, texnik hamda shaxs resurslari va ularning
o‘zaro faoliyatini hisobga olib, ta‘lim berish va tahsil olish jarayonini yaratish, qo‘llash
va belgilashning tizimli metodidir.
Ta‘lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bir-birini
to‘ldiruvchi ikki tomonlama jarayon bo‘lib, bir tomondan o‘qituvchi kasb faoliyatining
texnologiyalashuvi bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘quvchi bilim olishini faollashtirish
asosida texnologiyalashtirishdan iborat. Innovatsiyalar (ingilizcha) innovation-yangilik
kiritish, yangiliklardan-bu tizm ichidagi o‘zgarishlardir. Pedagogik o‘xshatishlar va
eng umumiy ma‘noda innovatsiyalar o‘quv-tarbiya jarayonining oqimi va natijalarini
yaxshilovchi pedagogik tizimdagi zichlik kiritishlarni ko‘zda tutadi. Ammo yangilik
kiritishlar tizimni yomonlashtirishlari ham mumkin. YAngiliklarni belgilash qandaydir
yangi narsa bilan almashtirish uchun ingliz so‘zi ,,novation‘‘ mavjud. Innovatsiya
tizimida esa uning shaxsiy resurslari (zaxiralari) hisobiga amalga oshiriladigan
yangilik kiritishlarni bildiradi. Darslarda har xil usullarni qo‘llash o‘quvchilarda fanga
qiziqish uyg‘otadi va ularning faolligini oshiradi. Natijada o‘zlashtirish darajasi ortadi.
Tez va to‘g‘ri fikrlashga yo‘naltirish, mashg‘ulot mazmunini guruhlarda tahlil qilish,
o‘yin vositasida bilim egallash, natijalarni tadqiq qilish, kuzatuv, kichik guruhlarda
ishlash, bahs, anketa so‘rovlarini tashkil etish, og‘zaki va yozma mashqlar bajarish,
videofilmlar namoyishi, kassetalarni tinglash, kompakt disklar va ko‘rgazmali
materiallardan foydalanish, turli xil komp‘yuter dasturlarini qo‘llab, darslarni tashkil
etish juda yaxshi samara beradi. Hozirgi kunda ta‘lim jarayonida mikroguruhlarda
shug‘ullanish ijobiy natija bermoqda. Mikroguruhlar ikki xil yo‘l bilan tuziladi.
Birinchi, to‘rt, besh kishidan iborat bo‘lgan doimiy guruhlar.
Unda talabalar darsda, darsdan tashqarida, oraliq va yakuniy nazoratlarga birga
tayyorgarlik ko‘radilar.
Ikkinchi holatda mikroguruh ayrim darsning, mavzuning mazmuni, o‘tkazilish
tartibiga mos holda muvaqqat tarzda tuziladi. Bunda aynan bir vazifa bajarilishi, o‘yin
va treninglar o‘tkazilishi mo‘ljallanadi.
Bu usul talabalarning har qanday sharoitda va har xil jamoalarda erkin
muloqatga kirishishi, faolligining yanada ortishini ta‘minlashda afzal hisoblanadi.
Mikroguruh ichida va mikroguruhlar orasida ijobiy ma‘nodagi raqobatni to‘g‘ri
tashkil etish ahamiyatlidir. Ta‘lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan
foydalanganda ta‘lim metodlarini tanlash va samarali qo‘llash alohida ahamiyatga ega
ekanligi aniqlandi.
Ta‘lim muassasalarida o‘quvchilarga bilim berish, ko‘nikma va malakalar hosil
qilish uchun ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish ijtimoiy zaruratga
aylandi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan ta‘lim sohasidagi islohatlarning
samaradorligini oshirish, bozor munosabatlari sharoitida raqobatbardosh, o‘z kasbining
bilimdoni va mohir egasi bo‘lgan kadrlarni tayyorlashda pedagogik va axborot
kommunikatsion texnologiyalarning o‘rni beqiyos ekanligi aniq isbotini topmoqda.
Respublikada mavjud ta‘lim muassasalari o‘qituvchilar tarkibini kasbiy-
pedagogik tayyorlashning samaradorligini oshirish ta‘lim muassasalari xodimlariga
kasbiy ta‘lim berishni takomillashtirishning asosiy negizidir. Ta‘lim muassasalaridagi
ushbu vazifani amalga oshirishning muhim sharti – pedagog kadrlar malakasini
oshirishning samarali tizimi amal qilishi, yosh o‘qituvchilar pedagogik mahorati
maktabining faoliyat ko‘rsatishidir. Ushbu tizim o‘qituvchilarning kasbiy xislatlarini
takomillashtirish, tinglovchilarning nazariy bilimlarni o‘zlashtirishlarida kafolatli
natijalarni ta‘minlash, ularda zarur amaliy o‘quv va ko‘nikmalarni hosil qilish
maqsadida ta‘lim jarayoniga innovattsion pedagogik texnologiyalar va ta‘lim usullarini
joriy etishga qaratilgan.
Ta‘lim tarbiya ishida 3 ta unsurni alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Bular: Ta‘lim oluvchi(o‘quvchi); Ta‘lim beruvchi(o‘qituvchi); Ta‘lim muhiti (
jihozlar, asbobo uskunalar, elektron darsliklar va qo‘llanmalar, axborot manbalari va
vositalari) bo‘lib ulardan har birining ahamiyati boshqasidan qolishmaydi.
Ta‘lim oluvchi va ta‘lim beruvchi bu avvalo inson, u o‘z ongi xarakteri,
ko‘nikmalari aqliy va jismoniy imkoniyatlari , ma‘lumotlarni qabul qila olish va uzata
olish qobiliyalari kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Ta‘lim samaradorligiga erishishda ta‘lim beruvchilarning xususiyatlari alohida o‘rin
tutadi. Bunda quyidagi omillarni alohida ko‘rsatish mumkin.
O‘qituchining amaldagi bilim darajasi;
O‘qituvchining o‘quvchilarga o‘z bilimini bera olish qobiliyati.
Aytish lozimki, hozirgi kunda innovattsion pedagogik faoliyat ta‘lim
muassasalari faoliyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bunda ta‘limdagi
innovattsiya deganda, pedagogik texnologiyalarni takomillashtirish jarayoni, ta‘lim
metodlari, usul va vositalarining yig‘indisi tushuniladi. Aynan innovattsion faoliyat
pedagogning kasbiy o‘sishi, ijodiy izlanishi uchun asos yaratadi, tinglovchi va
talabalarning shaxs sifatida shakllanishiga chinakamiga ta‘sir ko‘rsatadi.
Innovattsiya – yangi kiritilgan tartib-qoida, yangilik. Bu faoliyat ta‘limning
mavjud shakl va usullarini yangilashga, ularni amalga oshirish uchun yangi maqsad va
vositalar yaratishga qqaratilgan. Muhimi – shaxsning (o‘qituvchining ham,
tinglovchining ham) butun salohiyati rivojlanishi, har qanday, hatto kutilmagan
holatlarga ham tayyor turishi, yangi vaziyatlarga tez moslasha olishi uchun sharoit
yaratish.
Innovattsion madaniyat – Innovattsion tizimda to‘plangan tajriba va
yangiliklarning dinamik birligini saqlagan hholda, insoniyat hayotining turli sohalariga
oid yangiliklarni maqsadli tayyorlash, kompleks tarzda joriy etish va har tomonlama
o‘zlashtirishga oid bilim, ko‘nikma va tajribalardir, boshqacha aytganda, vorisiylik
prinsipiga rioya qilib, erkin tarzda yangilik yaratish.
Ushbu faoliyatni metodik jihatdan ta‘minlash va ta‘lim jarayoniga
innovattsiyalar (yangiliklar)ning joriy etilishini kuzatib borishda innovattsion
pedagogik texnologiyalar markazi asosiy o‘rin tutadi. Asosiy maqsadi – innovattsion
pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish, o‘qituvchilarning kasbiy shakllanishi va
rivojlanishi, pedagogik mahoratlarining doimiy ravishda oshirib borishi uchun qulay
sharoit yaratish orqali kelgusida ta‘lim muassasalarida pedagogik faoliyat
samaradorligini ko‘paytirish.
Innovattsion pedagogik texnologiyalar markazining muhim vazifalariga
quyidagilar kiradi:
barcha turdagi o‘quv mashg‘ulotlari va individual ishlanmalar, ularni o‘tkazishning
eng ilg‘or shakl va usullari bo‘yicha o‘qituvchilarni metodik jihatdan tayyorlash uchun
sharoitlar yaratish;
o‘qitishning zamonaviy texnik vositalari bilan ishlash ko‘nikmalarini
egallashda, ta‘lim muassasalarida ta‘lim jarayonini tashkil qilishning yangi shakl va
usullarini ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va joriy etishda o‘qtuvchilarga metodik
yordam ko‘rsatish;
o‘quv jarayonini tashkil qilish va ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi muammolari
bo‘yicha vaqti-vaqti bilan ta‘lim muassasalari xodimlarining seminarlarini o‘tkazish,
xalqaro hamkorlik dasturlarini amalga oshirish doirasida chet el o‘quv muassasalari
bilan ilmiy va ilmiy-pedagogik loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va amalga
oshirish, yetuk kadrlar tayyorlash borasida to‘plangan xorijiy tajribani umumlashtirish
dasturini amalga oshirish.
Innovatsion pedagogik texnologiyalar negizida barcha fanlar ta‘limning yangi
shakl va usullarini joriy etish muammolarini o‘rganish borasidagi yutuqlari to‘g‘risida
ma‘lumotlar , ilmiy axborot beriladi.
Ta‘kidlash joizki, innovattsion pedagogik texnologiyalar ta‘lim muassasalarida
yosh o‘qituvchilar pedagogik mahorati maktabining o‘z faoliyatini rivojlantirishi va
takomillashtirishiga turtki bo‘ldi. SHuningdek, mamlakatimiz va xorijiy davlatlar
hamda oliy maktab pedagogikasi va psixologiyasining yangi yutuqlari bilan
tanishadilar, o‘quv fanlaridan dars berish metodikasini o‘rganadilar. Innovatsion
texnologiyalar oldimizda turgan vazifalarni samarali hal etishga imkon beradigan eng
zamonaviy texnik vositalar bilan ta‘minlangan. Bular yagona lokal tarmoqda
ishlaydigan yangi komp‘yuterlar, prezentatsiya va o‘quv televideniyasi va ko‘plab
boshqa vositalardir. Innovatsion texnologiyalarning maqsadi ta‘lim muassasalarining
o‘quv-tarbiya jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlarini
tadbiq etishdan iborat.
Asosiy e‘tibor ma‘ruzalar o‘qish , amaliyot va laboratoriya mashg‘ulotlarida
interfaol usullarni qo‘llash metodikasi, o‘quv guruhlarida ishni ta‘limning innovattsion
usullaridan foydalanib tashkil qilishga qaratildi. Kasbiy ta‘limning kelajagini
innovattsion pedagogik texnologiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Zero, zamonaviy
texnologiyalarni egallaganlik hozirgi kunda pedagogik faoliyatining asosiy
xususiyatiga aylanmoqda va ta‘lim jarayonini tashkil etishning yanada yuqori
pog‘nasiga o‘tilayotganini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |