Buyuk Karl imperiyasi uzoqqa cho„zilmay, tez inqirozga uchradi. Vafotidan so„ng
esa
tomom parokandalikka uchradi, madaniy yodgorliklar esa talandi. Faqat X asr
oxirlaridan boshlab Yevropada hayot izga tusha boshladi. X-XII asrlarni o„z ichiga olgan
taraqqiyot davri san‟ati roman san‟ati deb nom oldi. ”Roman” iborasi shartli bo„lib, u
lotincha «roma» degan so„zdan olingan bo„lib, ”rim” uslubi degan ma‟noni bildiradi. Bu
davrda me‟morchilikka alohida e‟tibor berildi.
Roman davri san‟atida me‟morchilik asosiy o„ringa chiqadi.
Bu davr
me‟morchiligining
xarakterli tomoni shundaki,
unda binolar birmuncha past, jiddiy va
og„ir ko„rinishga ega.
Devorlari qalin va mustahkam, eshik, derazalar ensiz.
Me‟morchilikning bunday ko„rinishi harbiy maqsadlarni ko„zda tutadi. Bu davrda asosan
me‟morchilik bilan bog„liq bo„lgan san‟at turlari rivojlanadi. Bular maxobatli rangtasvir,
haykaltaroshlik, vitraj san‟ati. Bu me‟morchilikning yana bir o„ziga xos xususiyati,
tomning gumbaz tarzida yopilishi va unda darchalarning joylanishidir.
Bu davrga kelib o„ziga xos feodal qusurlar paydo bo„la boshladi. O„sha
davrda
qurilgan shaharlarning umumiy ko„rinishi ham feodal qo„rg„onlarni eslatardi. Ularning
atrofi qalin devor bilan o„rab chiqilar edi. Bu binolarning bezalishi ham sodda.
Bu davr tasviriy san‟ati din bilan uzviy bog„liqligi
sababli unda ramziy, g„ayri-
tabiiy, fantastik obrazlar uchraydi.
Feodalizm davrining san‟ati o„arbiy Yevropa davlati bu Fransiya edi. Fransuz
me‟morchiligi Yevropa qurilishida muhim o„rin tutadi. Roman asri davrida Fransiyaning
ko„pgina shaharlarida anchagina ibodatxonalar qurildi. Bu binolarning
pastki qismi tepa
qismiga nisbatan ancha katta bo„ldi. Ular o„yma naqsh va bo„rtma tasvirlar bilan bezatilar
edi.
XIX asr boshlarida buzilib ketgan bu me‟morchilik obidalarining asosiy prinsiplari
keyingi davr arxitekturasi uchun ham ko„p xizmat qildi.
Germaniyada qurilgan roman arxitekturasining xarakterli tomoni shundaki, bu
me‟morchilik binoning tomi kvadrat shaklida bo„lib, og„ir minoralarning serobligi esa
unga dinamik siluet beradi.
Italiya me‟morchiligida stilistik birlik yo„q. Bunga asosiy sabab uning tarqoqligi.
Ayrim viloyatlarda Vizantiya ta‟siri, yana bir joyda roman arxitekturasi ta‟siri,
boshqa
joyida esa, masalan Toskana va Lombardiya maktablarida esa antik an‟analar ta‟siri sezilib
turadi. Roman davri tasviriy san‟atida mana shu arxitektura bilan bog„liq tasviriy san‟at
ya‟ni devoriy surat va vitrajlar ishlash muhim o„rin tutadi. Rangdor suratlar bilan bino
shiftlari va devorlarini bezashga katta e‟tibor beriladi. Bu binolar
asosan ibodatxonalar
bo„lganligi sababli unda suratlar mavzusi ham diniy bo„lib, bu o„sha Bibi Maryam va Iso
hayotidan olingan lavhalar edi.
Bu davr haykaltaroshligida ham shu yuqoridagi holatni ko„ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: