Savollar:
1. O„rta asrlar san‟ati deganda nimani tushunasiz?
2. O„rta asrlar san‟atida me‟morchilikning roli.
3. Vizantiya san‟ati haqida so„zlang.
4. Serbiya va Makedoniya san‟ati haqida nima bilasiz?
13-MA’RUZA
,
MAVZU: YEVROPADA O‘RTA ASRLAR SAN’ATI GOTIKA, ROMAN VA
ROMANDAN OLDINGI VARVARLAR SAN’ATI.
REJA:
1. O„rta asrlar san‟ati.
Adabiyotlar.
1. Nesselshtraus ”Istoriya zarubejnogo iskusstva”. M.,
1982 y. (30-69)
2. CHegodaev, Alpatov ”Vsemirnaya istoriya iskusstv”. M.,
1948 y. II tom (23-56)
MAVZUNING MATNI.
O„rta asrlarda o„arbiy Yevropa ”Varvarlar” qirolligi va Franklar imperiyasi davrida
”Varvarlar”ning surunkali harbiy yurishlari va qullarning tez-tez ko„tarilib turgan
qo„zg„olonlari III asrlarga kelib ”Quldorlik” davrining inqirozga
yuz tutishiga sabab
bo„ldi. Natijada quldorlik davri tuzum sifatida o„z o„rnini o„arbiy Yevropa mamlakatlarida
asta-sekin feodalizmga bo„shatib bera boshladi. Rim imperiyasi qulashi bilan bu jarayon
yanada tezlashdi. Bu voqealar o„arbiy Yevropa madaniyati va san‟atiga o„z ta‟sirini
ko„rsatdi. ”Varvarlar” san‟ati va antik san‟ati an‟analarining o„zaro ta‟sirida
Yevropada
o„rta asr san‟atini boshidan kechirdi. Bu ta‟sir ayniqsa hajm forma dinamikasi,
ekspressiyada, kompozitsiya va naqqoshlikda yaqqol namoyon bo„ldi.
o„arbiy Yevropadagi ko„pgina mamlakatlarda ibtidoiy tuzumdan so„ng o„z
boshlaridan quldorlik
davrini kechirmay turib, feodal tuzumiga o„tishlari muhim voqea
bo„ldi. ”Varvarlar” san‟atidagi ibtidoiy tuzumga xos folkloriy
tushunchalar bilan antik
san‟at an‟analari qo„shilib o„ziga xos yangi san‟at rivojlana boshladi.
”Varvarlar” tomonidan istilo qilingan Rim imperiyasida feodal munosabatlar
rivojlana
boshlagan edi, istilo natijasida Rimda xristian dini ta‟sirida qoldi. Din odamlar
ongi, ruhiyatiga chuqurroq kirib bordi. Vizatiya san‟ati o„z mohiyati jihatidan aristokratik
xarakterga ega. Ular obrazlarni
barkamolligiga intilsa, varvarlar esa ba‟zida majruh,
mayib, jismoniy xunuk obrazlarni tasvirlashdan cho„chimaydi.
Bu davrga kelib asosan yog„och o„ymakorligi, naqqoshlik va dekorativ bezak san‟ati
turlari rivojlandi.
Uchinchi asr oxiri IX asr boshlarida Buyuk Karl birinchi kuchli imperiyaga asos
soldi. Bu davr san‟ati ”korolinglar”san‟ati, deb nom oldi. Bu san‟at, hunarmandlar, sharq
xalqlari, ayniqsa SHom san‟atidan ta‟sirlangan va unga taqlid qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: