Fanidan 3-курс талабалари учун tuzuvchilar



Download 494,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/43
Sana29.01.2022
Hajmi494,77 Kb.
#418783
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43
Bog'liq
tasviriy sanat umumiy tarixi

Tayanch tushunchalar.
Peripter - hamma tomondan ustunlar bilan o„ralgan aylana yoki to„rtburchak 
shaklidagi antik ibodatxona. 
Savollar: 
1. Qadimgi Eronning yaqin SHarq xalqlari san‟ati va madaniyatidagi o„rni. 
2. Ahmoniylar davri san‟atida me‟morchilikning tutgan o„rni.
3. Ko„yqirilgan qal‟a haqida so„zlang. 
7-MA’RUZA , 
MAVZU: QADIMGI XINDISTON VA XITOY SAN’ATI. 
REJA: 
1. Qadimiy Xindiston tarixi va madaniyatiga xos bo„lgan xususiyatlar. 
2. Me‟morchilik, tasviriy va amaliy san‟at hamda Qadimgi Xitoy san‟ati. 
Adabiyotlar: 
1. Isskustvo stran i narodov mira, Kratkaya xudojestvennaya ensiklopediya. M, 
1964. Tom-2 (48-53) 
2. Dmitrieva I. «Kratkoe istoriya iskusstva. Ocherki. Vo„p. 1. (97-101) 
MAVZUNING MATNI:
Xindistonning shimoliy g„arbidagi Xind daryosi havzasi Moxenjo-Doro (Sind 
viloyati) va Xarappadan topilgan qadimgi shahar qoldiqlari, madaniyat yodgorliklari 
eramizdan avvalgi 3-2 minginchi yillardayoq Xind san‟ati o„ziga xos yorqin va jozibador, 
fantaziyaga boy san‟at bo„lganligini tasdiqlaydi va mifologiya asosida qimmatli san‟at 
namunalari yaratilganligini anglash imkoniyatini beradi. 
Eramizgacha bo„lgan davrdan bir necha asr oldinroq, bu erda matematika, 
tilshknoslik, falsafa, tibbiyot ravnaq topgan, hunarmandchilik rivojlangan, yozuv paydo 
bo„lgan. Me‟morchilik, haykaltaroshlik va rassomlik san‟ati bir-biri bilan uyg„unlashgan 
holda rivoj topgan. Eramizdan avvalgi bir minginchi yillarning ikkinchi yarmida bu erda 
dastlabki davlat paydo bo„lgan. Adabiy manbalarga ko„ra shu davlatlarda ajoyib
hashamatli yog„och me‟morchiligi ravnaq topgan. Bu erda paydo bo„lgan buddizmning 
Osiyoga tarqalganligi ham shundan dalolat beradi.
Xindiston san‟ati ham qator bosqichlarni bosib o„tgan, goh grek san‟atining ta‟sirida 
bo„lgan. Lekin shunga qaramay uning san‟atida o„ziga xoslik mavjud bo„lib, u asosan xalq 
san‟ati, ayniqsa, hunarmandchilik ta‟sirida bo„lgan. 
Xindiston SHumer, Akkad va Mesopotamiyaning boshqa davlatlari, shuningdek 
Misr bilan yaqin aloqada bo„lgan, ular orasida savdo-sotiq rivojlangan. 
Qadimgi Xindiston san‟atining gullagan davri Maurya sulolasi (er.av. 322-185 
yillar) ayniqsa, Ashoka imperatorligi davri (er.av. 272-232 yillar)da sodir bo„ldi. Ashoka 


hukmronlik qilgan davrda buddizm keng yoyildi. Bu din dastlab Xindistonga, keyinroq 
SHarqning qator davlatlariga tarqalgan. Buddizmning tarqalishi u bilan bog„liq 
ibodatxonalar qurilishiga, tasviriy san‟at namunalarining paydo bo„lishiga olib keldi. 
Buddaga 
bag„ishlangan 
me‟morchilik 
kompozitsiyalarida 
qadimgi 
Xind 
me‟morchiligidagi mavjud an‟analar, xalq mifologiyalari, Budda hayoti va faoliyati bilan 
qo„shilib ketgan afsonalar o„z ifodasini topdi.
Buddizmning muhim yodgorliklaridan yana biri ustunlardir. Ular yaxshi 
pardozlangan yaxlit toshdan ishlangan bo„lib, Budda ta‟limotini targ„ib etishda 
foydalanilgan hamda imperiyaning yagonaligini va jipsligini ko„rsatadigan o„ziga xos 
haykal hisoblangan. Bu ustunlar hayvonlar tasviri ishlangan kapitel bilan tugallangan. 
Sarnatxdagi stambx va uning sherlar tasviri ishlangan kapiteli mashhurdir. 
Buddaning darveshona hayot kechirganining ramziy ma‟nosi g„orlarda ishlangan 
ibodatxonalardir. Bunday ibodatxonalar qoyalar ichiga ishlangan, ichkarida koxinlar 
xonasi va ibodatxona joylashgan. Uning xonalari qoya ichiga o„yib kirgan, devorlari esa 
haykaltaroshlik va rangtasvir bilan bezatilgan. Kiradigan eshigining to„g„risida, xonaning 
dumaloq qilib ishlangan tomoniga esa stupa o„rnatilgan. 
Qadimgi Xind so„nggi taraqqiyoti Guptalar sulolasi (320-450 yillar) davriga to„g„ri 
keladi. Bu Xindistonning quldorlikdan feodal munosabatlarga o„tish davri bo„lib, san‟at va 
madaniyatning yanada ravnaq topish davri hisoblanadi. Adjanta g„oridagi ibodatxona va 
uning badiiy bezaklari, devoriy suratlari qadimgi Xind san‟atining eng yaxshi tomonlarini 
o„zida mujassamlashtiradi.

Download 494,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish