davlat arbobi Perikl muhim rol o„ynadi. YUqori klassika davrida Afina akropoli o„zining
tugal ko„rinishini egalladi. Perikl tashabbusi bilan Afinaning ichki qal‟asi - Akropol qayta
tiklandi. Bu qal‟a Eron-Grek urushida vayron bo„lgan edi. Eramizdan avvalgi V asrning
uchinchi choragida bu erda oq marmardan yasalgan grek me‟morchiligining nodir
durdonalari bo„lgan Parfenon, katta darvozaxona - Propiley, qanotsiz g„alaba ma‟budasi
Nikaga atab qurilgan Niki Apteros qad ko„tardi. Bu binolar badiiy bezakka boy bo„lgan.
Masalan, Propiley devorlari davlatning jangovor o„tmishini tasvirlovchi suratlar bilan
bezatilgan. Akropolning ochiq maydonida Afina davlatining kuch-qudratini va ulug„ligini
o„zida ifodalab, grek tarixida birinchi bor umumellin birligini namoyish etuvchi
me‟morchilik ansambli edi. Akropol tepaligining yon bag„irlarida qurilgan ibodatxona va
tomoshaxonalar esa uni yanada mo„„tabar, muqaddas dargoh darajasiga ko„targan. Grek
klassikasi me‟morchiligining beqiyos namunasi, yuksak aql-zakovat mevasi va afinaliklar
homiysi bo„lgan Afina ma‟budasiga bag„ishlangan Porfenon ibodatxonasi hisoblanadi.
Eramizdan avvalgi 447-438 yillarda me‟morchilik Iktin va Kallikrat tomonidan qurilgan
bu ibodatxona afinaliklarning xazinasini saqlash uchun xizmat qilgan. Parfenon
ibodatxonasining bezak va haykallari esa davrning buyuk haykaltaroshi, Periklning yaqin
safdoshi Fidiy rahbarligida bajarilgan. Bu davrga kelib, haykaltaroshlik yuksak kamolot
davriga qadam qo„ydi. O„aykaltaroshlar endilikda odam qomati va yuz tuzilishini to„g„ri
tasvirlabgina qolmasdan, o„z asarlarida murakkab harakatlarni ham ifodashga,
kompozitsiya echimining hayotiy bo„lishiga alohida e‟tibor bera boshladilar. SHunday
masala bilan shug„ullangan yirik haykaltaroshlardan biri Miron hisoblanadi. Uning
mashhur asarlaridan biri “Diskobal” (Disk otuvchi) haykalida jismoniy go„zal, ma‟naviy
kuchli ideal inson obrazi yaratiladi. So„nggi klassika davri haykaltaroshligi realistik
tendensiyaning kuchayishi bilan xarakterlanadi. O„aykaltaroshlar o„z qobiliyati,
dunyoqarashi, imkoniyatlaridan kelib chiqib, inson ma‟naviy olamining turli qirralarini
yorita boshlaydilar. Bu xususiyat so„nggi klassikaning buyuk haykaltaroshlari Skopos,
Praksitel, Lisipp ijodida sezilarli edi.
Davr ziddiyatlari, san‟atda sodir bo„layotgan o„zgarishlar so„nggi klassika davrining
yirik haykataroshi Skopos ijodida o„z ifodasini topdi. U yuqori klassika an‟analarini
davom ettirib, monumental, qahramonlik ruhi bilan sug„orilgan haykaltaroshlik
kompozitsiyalarini ishladi, lekin asarlarida yuqori klassikaga xos xotirjamlik, ulug„vorlik,
vazminlik emas, balki serg„ayrat, kuch-quvvatga to„lib-toshgan kishilarning ko„rinishi,
ma‟naviy ichki dunyosi ochib ko„rsatiladi. Skopasning mashhur asarlaridan biri “Menada”
(Vakanka, Dionisning umr yo„ldoshi) haykalidir. Unda raqs dunyosiga cho„mgan, maftun
bo„lgan Menada holati tasvirlanadi.
Menadaning berilib raqsga tushayotgan holati orqali tashlangan bosh harakati,
spiralsimon buralgan gavda orqali ochib berilgan. Obrazning har tomonlama idrok
etilishini hisobga olish ham Skopos ijodini avvalgi davr san‟atidan farqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: