Bahorgi - yozgi kana entsefaliti
O'tkir kanali (o'rmon) bahorgi-yozgi entsefalitni arboviruslar keltirib chiqaradi. U odamni
ixodes persulcatus va ixodes ricinus turidagi kana chaqqanda yuqib qoladi. Mayda
jonivorlar: sichqonlar, tipratikanlar, burunduqlar virusning tabiiy o'choqi hisoblanadi.
Kana chaqqanda virus hayvonning qonidan kananing so'lak bezlariga tushadi; so'ngra
boshqa hayvonlarga va odamga yuqishi mumkin. Virus tutgan echki sutini ichganda qam
yuqib qolishi mumkin. Kana entsefaliti Uzoq Sharq, Sibir, O'rol, Rossiyaning va
Markaziy Ovro'paning ba'zi rayonlarida tarqalgan.
P a t o g e n e z i. Virus organizmga tushgandan keyin kirgan joyida zo'r berib ko'paya
boshlaydi (chaqqanda terida yoki alimentar zararlanishda me'da-ichak yo'lida). Keyin
kasallik yuqqandan boshlab, 4- kunga borib qo'zqatuvchi qonga va miyaga tushadi.
P a t o m o r f o l o g i ya. Bosh miyada yalliq‘lanishga xos o'zgarishlar, asosan miya
ustunida va orqa miyaning bo'yin kengligi sohasida topiladi, pardalar shishinqiraydi, juda
ko'p mayda-mayda qon quyiladi.
K l i n i k a s i. Kasallik tana qaroratining shiddatli baland bo'lishi, bosh og‘rishi bilan
boshlanadi, bosh og‘riydi, bemor qusadi. 2-3 kundan keyin meningial simptomlar va
qo'llarning periferik falajlanishi qo'shiladi. Bo'yin mushaklari bo'shashib ketganidan
bemorning "boshi osilib" qolishi o'ziga xos bo'ladi. Oyoqlar, odatda intakt. Baland qarorat
7-9 kun turadi, keyin tushadi, bosh og‘rishi kamayadi. Kasallikning 3-qaftasida
rekonvalestsentsiya davri boshlanadi, ya'ni tuzala boshlaydi. Tiklanish davri turlicha.
Bemor butunlay asli holiga kelishi yoki nevrologik nuqson (elka kamari mushaklari
atrofiyasi, falajlik) qolishi mumkin. Kana entsefalitining "klassik" turidan tashqari,
meningial, isitmalash va poliradikulonevritik turlari bayon etilgan, ular asosan nerv
tizimining ma'lum bir strukturalarining zararlanishi bilan farq qiladi.
D a v o l a sh v a p r o f i l a k t i k a . Kana entsefalitini davolash uchun kana
entsefalitiga qarshi titrlangan gammaglobulindan foydalaniladi. 6 mldan mushak orasiga
3 kun davomida kiritiladi. Shuningdek endemik o'choqda yashaydigan donorlar
plazmasidan olingan zardobli immunoglobulin kiritiladi, ribonukleaza 30 mgdan qar 4
soatda mushak orasiga 5 kun yuboriladi. Kasallikning o'tkir davrida simptomatik
davolash, detoksikatsion terapiya muqim. Tiklanish davrida kompleks tibbiy va ijtimoiy
reabilitatsiya o'tkaziladi.
Profilaktika sifatida epidemiologik ko'rsatkichlarga ko'ra, to'qimali inaktivirlangan
vaktsina bilan emlanadi. 1 ml vaktsina kuzda teri ostiga 3 marta va bahorda 1 marta
kiritiladi, qar yili revaktsinatsiya qilinadi. Kana chaqqan odamlarga kanaga qarshi
gammaglobulin kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |