Epidemik ensefalit
boshqacha qilib aytganda, ekonomo-entsefalitni birinchi marta
avstraliyalik olim letargik yuqu entsefaliti deb atagan. Chunki bu kasallikda asosan uyqu
buziladi.
1915 - 1917 yillarda kasallik dastlab fransuz askarlarida epidemiya shaklida kuzatilgan.
Keyinchalik juda ko‘p mamlakatlarda epidemiya tusini olgan. Hozirgi vaqtda bu kasallik
yakka tartibda uchrab turadi. Epidemik entsefalit turli yoshda uchrashi mumkin, lekin 20-
30 yoshda ko‘proq uchraydi.
Sababi.
Kasallikni filtrlanuvchi virus keltirib chiqaradi, deb taxmin qilinadi, lekin
aniqlangan emas.
Patogenezi.
Virus organizmga tushganidan keyin qon orqali tarqalib, qon tomirlarorqali
miya pardalariga va miyaga o‘tadi. Keyingi yildagi tajribalar esa virusni qondagi
leykotsitlar tarqatishini ko‘rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |