kontakt 9 ga uzguvchi prujinaning F
pr
kuchi beriladi. Sil’fon 5 gofrlari qisilib, kontakt 9 yuqoriga ko`tariladi
va harakatchan kontakt 9 turg`in elektron 10 dan ajratiladi. Kontaktlar tokli elektr zanjirini uzib,
ajralish
vaqtida oxirgi kontakt nuqtasida erigan metall bug`idan yoy ko`prigi hosil bo`ladi.
Yoy ichidagi bosim atrofdagi vakuumdan ancha yuqori. Shuning uchun metallning bug`lari katta tezlikda
kamera hajmi bo`ylab tarqalib ketadi. O`zgaruvchan tok nol qiymatidan o`tishida yoy kanalining elektr
o`tkazuvchanligi shiddatli kamayib, birinchi yoki uzog`i bilan ikkinchi nuldan o`tishida kontaktlar 9 va 10
oralig`ining elektr mustahkamligi katta 5
50 kV/mks tezlik bilan tiklanib ulguradi. Kamera orqali tok
o`tishi o`chiriladi. Tok oqishi ikki noldan o`tish vaqtida o`chmasa, bunday vakuumli uzgich ishdan chiqqan
hisoblanadi. U sxemadan olib tashlanadi. 38
v
-rasmda keltirilgan kontaktlarning bir necha spiralsimon shaklli
tilimlari 15 ko`zda tutilgan bo`lib, o`chirish jarayonida yongan elektr yoyi 14 magnit maydoni va spiral tilim
bo`ylab yoyning aylanishi ta’sirida shu yoyning o`zini markazdan chekkaga tezda surilishiga olib keladi.
Chekka qismda mazkur yoy 14 to o`chgunicha qoladi. Shuning uchun ham kontaktlar 9 va 10 ning
asosiy
ishchi sirti emirilmaydi. Natijada ishchi sirt uzoq muddat o`z shaklini saqlanib qola oladi.
Vakuum muhiti juda yuqori elektr mustahkamlikka ega bo`lgani sababli harakatchan kontakt 9 faqat
10
14 mm masofaga yuradi xolos. Vakuum uzgichning boshqa ko`rsagichlari: nominal kuchlanishi 10 kV;
eng katta ishchi kuchlanishi 12 kV; nominal tok 1600 A; qisqa tutashuv toki 20 kA; 4-sekundli issiqlikka
chidamliligi 20 kA; chegaraviy tok amplitudasi 70 kA, chegaraviy ulash toki 51 kA; ishlash temperaturasi -
60 dan +45
o
C. Zamonaviy yangi texnologiyalarning qo`llanishi vakuum kamerasining kuchlanishini 10 kV
va 35 kV hamda kommutasiya tokini 200 A va 4000 A ga olib chiqish imkonini beradi. 110 kV va 220 kV
kuchlanishga uzgich loyihalashda har bir fazada birnecha vakuum kameralarni ketma-ket kaskad shaklida
ulashdan keng foydalaniladi.
Vakuumli uzgich VBSO-27,5 ichki qurilmalarda ishlatiluvchi kuchlanishi 27,5 kV bo`lgan o`zgaruvchan
tokli tortuvchi podstansiyalarning fiderlar blokini komplektlashda va temir yo`l
uchastkalaridagi parallel
ulanuvchi kontakt tarmog`ining punktlarida qo`llashga mo`ljallangan. Ulagich prujinali yuritgich
bilan
ta’minlangan bo`lib, ulaguvchi prujinaning taranglanishi elektromagnit yordamida bajariladi. Ulash, uzish,
va prujinani taranglash elektromagnitlari 220 V o`zgarmas (to`g`rilangan) tokli kuchlanishda ishlaydi.
Vakuumli uzgich VBS ichki qurilmalarda ishlatiluvchi 35 kV nominal kuchlanishlik uch fazali
o`zgaruvchan tok tarmoqlaridagi elektr zanjirlarni normal va avariya rejimlarida kommutasiyalashga
mo`ljallangan. Uzgich ko`p kommutasiyalanuvchi
elektroenergetikada, elektr yoylik va boshqa elektr
qurilmalarida qo`laniladi. Kommutasiya o`takuchlanishini kamaytirish uchun
uzgichda fazalar boshqa–boshqa o`chirilishi ko`zda tutilgan.
VVF-27,5 o`chigichining tayanchi sifatida shkaf 1 xizmat qiladi. Shkaf 1
da PE-11 turidagi elektromagnit yuritma joylangan. Uchta vakuum kamera
modullari bir-birining ustiga ketma-ket joylashtirilgan bo`lib, ustiga ichi
bo`sh silindrsimon izolyator 4 kiygizilgan (48-rasm). Izolyatorlar 4
biriktiruvchi qismlar 10 bilan sovuqqa chidamli rezinka halqalari qo`yib
o`zaro biriktirilgan. Metall korpusi 3 da richaglar tizimi joylangan bo`lib,
ular izolyasiyalangan tortgich yordamida
yuritma harakatini uchchala
kameraning harakatchan kontaktlariga etkazib beradilar.
Shkaf 1 ning vakuum kameralardan izolyasiyasi jixoz izolyatori 2
yordamida ta’minlanadi. Uzgich korpusi ichida namlik kondensasiyasini
yo`qotish uchun yuqorida o`rnatilgan qopqoq 5 ga vetilyasiyalovchi
quvurcha 7 biriktirilgan. O`chirgich klemmalar 6 va 9 orqali yuqori
kuchlanishli himoyalanuvchi elektr zanjiriga ulanadi. Uzgichdan foydalanish
davrida vakuum kamera ichiga joylashgan kontaktlarning
holatini kuzatish
uchun uchta oynali lyuklar 8 ko`zda tutilgan.
Uzgich VBS-35 ichki qurilmalarining 35 kV sinfidagi har qanday uzgichni
o`rniga ishlatilishi mumkin.
Vakuumli uzgich VBE-110 ichki qurilmalarda ishlatiluvchi nominal
kuchlanishi 110 kV chastotasi 50/60 Gs bo`lgan uch fazali o`zgaruvchan tok
tarmoqlaridagi
elektr
zanjirlarini
normal
va
avariya
rejimlarida
kommutasiyalashga mo`ljallangan.
Uzgich elektr energetika, temir yo`l transporti va sanoatdagi yopiq taqsimlovchi qurilmalarda hamda
metallurgiyada elektr yoylik ko`plab eritish qozonlari transformatorlarini ulash-o`chirish bilan