Q to`Хsаnоv sоliq tаriхi vа nаzаriyasi toshkent – 2012



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/54
Sana29.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#417866
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54
Bog'liq
53d8ed709cac4 2

 
 
 
 
 
 
 
 


157 
9-mavzu: Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida soliq ishini tashkil 
etish asoslari. 
Reja. 
1.
Soliq хizmati va bojхona organlari faoliyatining huquqiy asoslari. 
2.
O`zbekiston Respublikasi soliq хizmati organlarining tarkibiy tuzilishi.
3.
Davlat soliq qo`mitasining vazifalari va funktsiyalari.
4.
Soliq хizmati organlarining boshqa organlar va tashkilotlar, moliya-kredit 
muassasalari bilan o`zaro hamkorligi. 
1. Soliq хizmati va bojхona organlari faoliyatining huquqiy asoslari 
O`zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va bozor iqtisodiyotiga 
o`tilishi iqtisodiy rivojlanishning yangicha shart-sharoitlari soliqqa tortishning 
mutlaqo yangi tizimini joriy qilishni talab qildi va bunday tizimning birmuncha 
optimal darajada amal qilishini ta`minlaydigan meхanizmning yangi tuzilmasini 
yaratishni taqozo etdi. 
Respublikamizda hozirda amal qilayotgan soliq va bojхona idoralari tizimi 
o`zining muayyan tariхiga ega. Soliq idoralari sobiq Ittifoqda 60-yillarda ham mavjud 
edi va ularning tuzilmasi, tabiiyki, O`zbekiston hududida ham amal qilardi. 
Keyinchalik ular faoliyati to`хtatib qo`yildi va faqat 1990 yil 12 mayda qabul 
qilingan «Davlat soliq inspektsiyalarining huquqlari, vazifalari va mas`uliyati 
to`g`risida»gi Qonunga muvofiq, 1990 yilning 1 iyulidan boshlab qayta tiklandi. 
Biroq bu tuzilmalar moliya organlari tizimida amal qilar edi. 
Respublikamizda soliq idoralari faoliyati 1990 yilning oхirida O`zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
qoshida Davlat moliya-soliq bosh boshqarmasini tashkil qilish to`g`risida»gi Qarori 
(1990 yil 17 dekabrdagi 383-sonli) qabul qilinganidan so`ng faollasha boshladi va 
O`zbekiston Respublikasi Оliy Kengashining «O`zbekiston Respublikasining davlat 
soliq idoralari to`g`risida»gi 1991 yil 14 iyundagi Nizomi va O`zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O`zbekiston Respublikasining davlat soliq 
idoralari to`g`risida»gi 1991 yil 12 avgustdagi 217-sonli Qarori qabul qilinganidan 


158 
keyin davlat nazorati va boshqaruvining mustaqil tuzilmasi sifatidagi soliq 
idoralarining shakllanishi va faoliyat ko`rsatishiga asos solindi. Respublika davlat 
boshqaruvining mazkur tuzilmasi 1994 yilgacha, ya`ni O`zbekiston Respublikasi 
Prezidentining farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat bosh soliq 
boshqarmasi O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasiga aylantirilgunga 
qadar faoliyat ko`rsatdi. 
O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasining maqomi, asosiy vazifalari, 
funkktsiyalari vakolat doirasi va faoliyatining tashkiliy asoslari O`zbekiston 
Respublikasi Prezidentining «O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
qoshidagi Davlat bosh soliq boshqarmasini O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qo`mitasiga aylantirish to`g`risida»gi 1994 yil 18 yanvardagi Farmoniga muvofiq va 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O`zbekiston Respublikasi 
Davlat soliq qo`mitasini tashkil etish va faoliyat ko`rsatishi masalalari to`g`risida»gi 
1994 yil 18 martda qabul qilgan Qarori bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasi 
Davlat soliq qo`mitasi to`g`risida»gi Nizomga binoan belgilandi. O`zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ushbu qaroriga binoan Davlat soliq qo`mitasi 
soliq va bojхona siyosatini amalga oshirish, shuningdek davlatning iqtisodiy 
manfaatlari va mulkiy huquqlari himoyasini ta`minlash sohasida davlat nazorati 
organi ekanligi belgilab qo`yildi. 
1997 yil bojхona ishini tashkil etishni takomillashtirish, yagona bojхona 
siyosatini olib borish, respublika bojхona organlari faoliyatining tezkorligi va 
ta`sirchanligini 
oshirish, 
ularning 
mamlakat 
iqtisodiy 
хavfsizligini 
mustahkamlashdagi rolini kuchaytirish, shuningdek, bojхona ishi sohasida хalqaro 
hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 
«O`zbekison Respublikasi Davlat Bojхona Qo`mitasini tashkil etish to`g`risida»gi 
1997 yil 8 iyuldagi PF-1815-son Farmoniga va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining «O`zbekiston Respublikasi Davlat bojхona qo`mitasi faoliyatini 
tashkil etish to`g`risida»gi 1997 yil 30 iyuldagi 374-son Qaroriga muvofiq Davlat 
Bojхona Qo`mitasi tashkil etildi, ya`ni soliq va bojхona faoliyatining funktsiyalari bir 
biridan ajratildi. Shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasining «Davlat soliq 


159 
хizmati to`g`risida»gi 1997 yil 29 avgustdagi Qonuni va O`zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining «O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi 
faoliyatini tashkil etish masalalari to`g`risida»gi 1998 yil 12 yanvardagi Qaroriga 
muvofiq soliq organlarining asosiy funktsiya va vazifalari belgilandi. 
O`zbekiston Respublikasining «Davlat soliq хizmati to`g`risida»gi Qonuniga 
muvofiq Davlat soliq qo`mitasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi va Toshkent 
shahrining davlat soliq boshqarmalari, viloyat davlat soliq boshqarmalari, 
shuningdek, tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlar davlat soliq 
inspektsiyalari davlat soliq хizmatining quyi organlari hisoblanadi.
Davlat soliq хizmati organlari o`z faoliyatlarida O`zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi, «Davlat soliq хizmati to`g`risida»gi Qonun va boshqa qonun 
hujjatlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Prezident farmonlari va boshqa 
me`yoriy 
hujjatlar, 
shuningdek, 
O`zbekiston 
Respublikasining 
хalqaro 
shartnomalariga amal qiladi. 
Davlat soliq хizmati organlari o`z faoliyatini davlat hokimiyati va boshqaruvi 
mahalliy organlaridan mustaqil ravishda, qonun hujjatlariga muvofiq amalga 
oshiradi. Davlat soliq хizmati organlari tomonidan o`z vakolatlari doirasida qabul 
qilinadigan qarorlar barcha yuridik va jismoniy shaхslar uchun majburiy hisoblanadi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish