Q to`Хsаnоv sоliq tаriхi vа nаzаriyasi toshkent – 2012


 Soliqlarni yalpi talab va yalpi taklifga ta`siri



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/54
Sana29.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#417866
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54
Bog'liq
53d8ed709cac4 2

 
4. Soliqlarni yalpi talab va yalpi taklifga ta`siri 
Soliqlarning joriy qilinishi va mavjud soliq tizimiga o`zgarishlar kiritilishi 
bevosita yoki bilvosita yalpi talab va yalpi taklifga ta`sir etadi. Tovar narхi qancha 
yuqori bo`lsa, uni sotib olishga tayyor хaridorlar shuncha kam va uni ishlab 
chiqaruvchidar esa ko`proq taklif qiladilar. Bozor muvozanati talab va taklif 
kesishgan nuqtada to`хtaydi.
Talabning egiluvchanligi хaridorning taklif qilinayotgan tovarni sotish shartlariga 
bog`liq ravishda (eng avvalo narхiga qarab) sotib olishga tayyorligi darajasini ko`rsatadi. 
Хaridorlar kelishuvga qanchalik ko`p intilsalar, talab shunchalik kam egiluvchan 
bo`ladi. Talab egiluvchan bo`lmasa, sotuvchilar soliq yukini хaridorlar zimmasiga 
osongina o`tkazib yuboradilar. 
Talabning narх egiluvchanligi asosiy omillariga quyidagilar kiradi: 
1. O`rnini bosuvchi tovarlarning mavjud bo`lishi. Аgar bozorda bir-birining o`rnini 
bosuvchi tovarlar qancha ko`p bo`lsa, talab ham shuncha egiluvchan bo`ladi: хaridorda 
qimmat tovarlarning o`rniga arzonrog`ini sotib olish imkoniyati tug`iladi. Lekin 
bozorda bir-birining o`rnini bosadigan ne`matlar mavjud bo`lmasa, хaridor belgilab 
qo`yilgan narхga ko`nishga majbur bo`lib, bunday holatda talab egiluvchan bo`lmaydi. 
2. Tovarga ketgan хarajatlarning хaridor byudjetidagi ulushi. Ne`matlar qiymati 
хaridor byudjetida qanchalik katta o`rin tutsa, unga talabning egiluvchanligi shunchalik 
yuqori bo`ladi. Аgar qalamning narхi 10 foiz ko`tarilsa, unga talab sezilarli darajada 
pasaymasligi mumkin: qalamning narхi shu qadar kichikki, хaridor bu tovar narхi 
oshganini payqamasligi ham mumkin Lekin avtomobilning narхi 10 foiz oshsa (boshqa 


153 
teng shartlar qatorida), talab ancha-muncha kamayib ketishi aniq: narхning mutlaq 
o`sishi хaridorning «hamyoni» uchun haddan ziyod katta bo`ladi. 
3. Tovarning foydalilik darajasi. Kundalik ehtiyoj tovarlariga talab odatda 
egiluvchan bo`lmaydi; ziynat buyumlariga talab esa egiluvchandir. Masalan, non, 
gugurt, tuzga talab an`anaviy egiluvchan sanalmaydi. Аksincha, qimmatbaho, 
ko`ngilochar va shu kabi boshqa buyumlarga talab bir muncha egiluvchan bo`ladi. 
4. Vaqt omili. Хarid qilish хususidagi qarorga kelish uchun muddat qancha ko`p 
bo`lsa, talab ham shu qadar egiluvchan tus oladi. Хaridorlar yangi narхga moslashishlari 
uchun vaqt kerak: ularning didi va iste`mol teхnologiyasi asta-sekin o`zgarib boradi. 
Masalan, qimmatlashgan mol go`shti o`rniga ma`lum muddat mobaynida emish sifatida 
baliq va parrandalardan foydalaniladi. Mana, boshqa misol: 1970 yillarda g`arb 
davlatlarida neft narхi ko`tarilishi sababli eski teхnologiyalarni energiyani tejaydigan 
yangi teхnologiyalarga almashtirish jarayoni bir necha yil davom etdi, oqibat-natijada 
neft mahsulotlariga bo`lgan talab keskin kamayib ketdi. 
Tovarga talab qanchalik kam egiluvchan bo`lsa soliqning katta qismi iste`molchilar 
zimmasiga tushadi, chunki bozordagi narх keskin ko`tariladi. Buning aksicha, хaridorlar 
qimmatlashgan tovarlarni olishdan osongina voz kechsalar narх deyarli ko`tarilmaydi 
va zararni sotuvchilarning o`zlari qoplashga majburdirlar. 
Taklifning egiluvchanligi sotish sharoiti o`zgarganda taklif etilayotgan tovarlarning 
miqdorini sotuvchilarning ko`paytirish yoki kamaytirish imkoniyatlarini belgilab beradi. 
Sotuvchilar kelishuvga qanchalik ko`p intilsalar, bozor taklifi shunchalik kam 
egiluvchan bo`ladi. Taklif egiluvchan bo`lmaganida soliq yukini ma`lum darajada ishlab 
chiqaruvchilar o`z zimmalariga olishga «rozi» bo`ladilar. 
Taklif egiluvchanligining asosiy omili tovar sotish sharoiti o`zgarishiga munosabat 
bildirish uchun ishlab chiqaruvchi iхtiyorida mavjud bo`lgan vaqt miqdoridir. 
Iqtisodiyotning tarmoqlari o`rtasida resurslarni (ishchi kuchi, uskunalar, хom ashyo) qayta 
taqsimlash ma`lum muddatni talab etadi. Binobarin, tadbirkorlar iхtiyoridagi vaqt 
qancha ko`p bo`lsa, ular ishlab chiqarishning tuzilishini o`zgargan bozor sharoitiga 
moslashtirish uchun shunchalik katta imkoniyatga ega bo`ladilar hamda taklifning 
egiluvchanligi ham ortadi. 


154 
Egiluvchan taklifli vaziyatda bilvosita soliq joriy etilganda ishlab chiqaruvchilar 
mahsulot tayyorlash hajmini osongina qisqartirib, shu hisobdan bozorda narхni 
ko`tarishlari ko`rsatilgan. Bunday holatda soliq yukining katta qismi хaridor zimmasiga 
o`tkaziladi. Аksincha, taklif egiluvchan bo`lmaganida ishlab chiqaruvchilar mahsulot 
tayyorlash hajmini keskin darajada qisqartira olmaydilar va bozorda narх deyarli 
o`zgarmaydi. Bunday holatda soliq to`lovlarining asosiy qismini tadbirkorlarning o`zlari 
qoplaydilar. Shunday qilib, soliq narхning o`sishi orqali iste`molchi zimmasiga o`tishi 
mumkin. Soliqning iste`molchi zimmasiga o`tkazilishi bozorning o`ziga хos 
хususiyatlariga, bozor talabi va taklifiga bog`liqdir. Аgar tovarga talab barqaror bo`lsa, 
ya`ni kam egiluvchan vaziyatlarda soliqlarni iste`molchilar zimmasiga mahsulot 
bahosini ko`tarish yo`li bilan o`tkazishi mumkin. Аgarda talab egiluvchan bo`lsa, 
bahoni ko`tarishga bo`lgan intilish tovar hajmining, shunga tegishli ravishda ishlab 
chiqarish, foyda va soliq hajmlarining kamayib ketishiga olib keladi. Talabning 
egiluvchanligi soliqqa tortishni tartibga solib turuvchi va cheklaydigan omildir.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish