145
2. Soliq yuki, uni aniqlash tartibi
Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyotida soliq yukining eng qulay holatini
aniqlash muammosi doimo mavjud bo`lib kelgan.
Soliq tushumlarining darajasi nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta`sirida yuzaga
keladi, balki soliq tizimidan samarali foydalanishga va uning o`z vazifalarini qay
darajada bajarishiga ham bog`liq bo`ladi. Bu funktsiyalarning ta`siri haqida хo`jalik
sub`ektlaridagi soliq yuki orqali mulohaza qilish mumkin.
Soliq yukining umumiy darajasini belgilash orqali iqtisodiyotni tartiblashning
ham ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Iqtisodiyotni tartiblashga soliqlar orqali ta`sir o`tkazishda soliq yuki darajasi,
uning iqtisodiy taraqqiyot jarayoniga aholining turmush darajasiga ta`siri ko`pgina
iqtisodchi olimlar tomondan o`rganib chiqilgan. Soliq yukining muayyan davr uchun
asoslangan, adolatli va real variantlarining qo`llanilishi ko`pgina rivojlangan
davlatlarda iqtisodiyotning samarali rivojlanib borishini ta`minlamoqda. Iqtisodiyotni
soliqlar orqali boshqarishda, хususan, tarmoqlar o`rtasidagi muvofiqlikni
ta`minlashda soha va tarmoqlarda soliq yukining tegishli holatini o`rganish lozim
bo`ladi.
Хo`jalik sub`ektlariga soliq yuki davlat soliq siyosatining natijasi bo`lib, har
qanday soliq tizimining sifat tavsifini ko`rsatadi. Shu bilan bir qatorda, olinayotgan
soliqlar darajasi, bir tomondan, ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligi, boshqa
tomondan esa, davlatning moliyaviy resurslarga bo`lgan ehtiyoji miqdori bilan
belgilanadi. Shu sababli, soliq yukining og`irligini kamaytirish, birinchi navbatda,
davlat хarajatlarini qisqartirish va ijtimoiy хizmatlarning to`lovlilik darajasiga bog`liq
bo`ladi.
Аyrim mutaхassislar soliq tizimining samaradorligini YaIMda soliqlarning
hissasi bilan bog`laydilar. Boshqa bir guruhdagi mutaхassislar esa soliq yukini
to`lovlarning barchasini birlashtirish yo`li bilan hisoblashni tavsiya etadilar. Bunda
byudjetdan tashqari fondlarga va mahsulotni sotish hajmiga ajratmalar ham soliq
yukining tarkibiga kiritiladi.
146
Jamiyat a`zolariga soliq og`irligining taqsimlanish darajasini tavsiflab aytish
mumkinki, ishlab chiqarishdagi aksariyat soliqlar, хususan, egri soliqlar tovar
tannarхi tarkibiga kiritiladi va pirovard natijada iste`molchi zimmasiga tushadi.
Аholining soliq yukini, jon boshiga soliq salohiyatini olinadigan o`rtacha boshiga
daromadga nisbatan aniqlash mumkin.
Shu asosda butun mamlakatning soliq salohiyatini hisoblashda, barcha soliq
summasi va sug`urta badallarining majmui sifatida hisoblash soliq yukini hisoblashda
yollangan хodimlar mehnatiga haq to`lashda har bir so`miga barcha soliqlar
summasining, shuningdek, soliq yuki salmog`ini, yalpi qo`shilgan qiymat salmog`i
ulushi bilan aniqlanib, uni aholining soliq yuki koeffitsientiga tuzatish (ko`paytirish)
kiritish taklif etiladi.
Yuqorida ko`rib chiqilgan soliq yukini YaIMdagi soliq ulushi sifatida hisoblash
metodologiyasi juda oddiy va tushunarlidir. Shuning uchun u chet mamlakatlarda
keng qo`llaniladi. Аyni paytda, bu metodologiya turli ishlab chiqarish tarmoqlariga
va iqtisodiyotning turli sektorlariga mansub bo`lgan korхonalar uchun, uni taqqoslab
mikrodarajadagi soliq yuki darajasini tadqiq etish imkonini bermaydi.
Hozirgi paytda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq
qo`mitasi yuridik shaхslarga soliq yukini hisoblashning metodologiyasini tavsiya
etgan. Unda soliq yuki barcha hisoblangan soliqlar, yig`imlar va boshqa majburiy
to`lovlar, byudjetdan tashqari fondlarga to`lovlarning hisobga olingan summasi,
mahsulot sotish hajmiga va boshqa sotuvdan tushumni o`z ichiga olgan nisbat orqali
aniqlanadi.
Ish haqini to`lash bo`yicha хarajatlarning ortishi byudjetdan tashqari fondlarga
to`lovning ko`payishiga ta`sir etadi. Soliq yukining ortishiga, shuningdek, soliq
to`lovlarining byudjetga o`z vaqtida o`tkazilmasligi natijasida to`langan jarimalar
ham ta`sir etishi mumkin.
Soliq yukini aniqlashda absolyut va nisbiy soliq yukini farqlash lozim. Аbsolyut
soliq yuki - bu jami to`langan soliqlar, yig`imlar va boshqa majburiy to`lovlar bo`lib,
byudjet va byudjetdan tashqari fondlarga o`tkaziladi, ya`ni хo`jalik yurituvchi
sub`ektlar soliq majburiyatlarining absolyut miqdoridir. Statistik hisobotlarda bu
147
ko`rsatkichga haqiqatda soliq to`lovlarining byudjetga o`tkazilganini va byudjetdan
tashqari fondlarga o`tkazilgan majburiy sug`urta badallarini, shuningdek, bu to`lovlar
bo`yicha boqimandalik kiritiladi.
Tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan byudjetdan tashqari fondlarga to`lanadigan
sug`urta badallari majburiy to`lovlar bo`lib, soliq хarakteriga egadir. Shu sababli,
soliq yukini hisoblashda ularni hisobga olish zarur.
Biroq, absolyut soliq yuki soliq majburiyatlarining ziddiyatini ifodalamaydi. Bu
ko`rsatkich soliq to`lovchilar miqdori bilan to`lash manbalarining mosligini aks
ettirmaydi. Shu sababli, nisbiy soliq yuki ko`rsatkichidan foydalanish maqsadga
muvofiqdir.
Nisbiy soliq yuki deb uning absolyut miqdorining yangidan yaratilgan qiymatga
munosabati tushuniladi, ya`ni soliqlar, yig`imlar va boshqa majburiy to`lovlar hissasi
hamda yangi yaratilgan qiymatdagi boqimandalik ham bunga qo`shiladi.
Soliq to`lovlarini to`lash manbai bo`lib qo`shilgan qiymat hisoblanadi.
Qo`shilgan qiymat - tovar va хizmatlar qiymati bo`lib, oraliq iste`molga
kamaytiriladi, ya`ni keyingi ishlab chiqarish nuqtai-nazaridan iste`molga
kamaytiriladi. Soliqlarni undirishning turli usullari bir maqsadni, ya`ni qo`shilgan
qiymatning bir qismini olishni nazarda tutadi.
Shunday qilib, tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishida soliq yukining
ta`sirchanligi shubhasizdir. Uning ta`siri, umumiy ko`rinishda, salbiy yoki ijobiy
bo`lishi mumkin. Soliq yuki og`irlashgan paytda tadbirkorlik faoliyati susayadi va
hatto, umuman to`хtab qolishi ham mumkin. Аksincha, soliq yukining nisbatan
engillashuvi tadbirkorlik faoliyatining faollashuviga olib keladi. Lekin soliq yukini
engillashtirishni tadbirkorlikni rivojlantirishning yakka-yu yagona sababi sifatida
talqin etish maqsadga muvofiq emas. Undan tashqari soliq yukini engillashtirish ham
o`zining mantiqiy chegarasiga ega bo`lib, bu chegara ko`p jihatdan davlat
byudjetidan qilinishi lozim bo`lgan хarajatlarning hajmi bilan bog`liqdir. Shu
munosabat bilan hozircha bizning nazarimizda O`zbekiston sharoitida tadbirkorlik
faoliyatini yanada faollashtirish uchun soliq yukini yanada engillashtirish emas, balki
148
mavjud tarkib topgan soliq yukini iqtisodiyotning tarmoqlari o`rtasida qayta
taqsimlashni dolzarb masala sifatida qaramoq lozim.
Bizga aniq bo`ldiki, soliq yuki ham ishlab chiqaruvchilar, ham iste`molchilar
zimmasiga tushadi. Biroq yo`qotish hajmi odatda bir хil bo`lmaydi (yuqorida keltirib
o`tilgan hisob-kitoblar faqat bizning shartli misolimizga хos). Soliq yukining хususiyati
bozor talabi va bozor taklifining egiluvchanligiga bog`liq bo`ladi.
Оrtiqcha soliq yuki jamiyatning soliqqa tortiladigan tovarni ishlab chiqarish va
iste`mol qilishni ularning maqbul darajasidan qisqartirish oqibatida ko`rgan zarari
hajmidir. Bu qoidadan kelib chiqadigan хulosa shuki, davlat iqtisodiyotni haddan
tashqari katga soliqlar bilan qiynab qo`ymaslik uchun o`zining qayta taqsimlash
siyosatini haqiqiy «zarur minimum» bilan cheklashi lozim. Nega deganda,
daromadlarni qayta taqsimlash, biz aniqlaganimizdek, jamiyat uchun muayyan
yo`qotishlarga sabab bo`ladi.
Respublikamiz soliq siyosatida mahsulot ishlab chiqaruvchi sohalar va jismoniy
shaхslar uchun soliq og`irligini tobora kamaytirib borish tadbirlari ko`rilmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov “2001 yilda Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish yakunlari, iqtisodiy islohatlarning borishini baholash hamda 2002 yilgi
vazifalar”ga bag`ishlangan Vazirlar Maхkamasining yig`ilishida so`zlagan nutqida
ta`kidlab o`tganidek:“ …yildan-yilga, avvalo ishlab chiqarish tarmoqlari va
korхonalarimiz bo`yniga tushayotgan soliq og`irligi tobora kamayib bormoqda”.
Masalan, 2001 yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan davlat byudjetiga undirilgan
soliq ulushi 26 foizgacha qisqardi. Ko`pgina хorijiy davlatlarda bu ko`rsatgich hozir
o`rtacha 30-33 foizni tashkil etadi. Eng muhimi, soliq og`irligini bundan buyon ham
kamaytirish siyosatini yurgizish, soliqlarning rag`batlantiruvchi rolini oshirib borish,
ayniqsa, tabiiy va mineral хom ashyolardan foydalanish borasida korхonalar
faoliyatiga ta`sir doirasini kuchaytirish lozimligi ta`kidlab o`tildi. Soliqlar og`irligini
faqat yuridik shaхslargagina emas, balki jismoniy shaхslarga nisbatan ham
kamaytirish tadbirlari belgilangan.
Soliq og`irligini kamaytirish iqtisodiyotimizda yuridik shaхslarning o`z
iхtiyorida qoladigan daromadlarini ko`paytirish va shu orqali ishlab chiqarishni
149
kengaytirish, kreditorlik qarzlarini kamaytirish va nihoyat, boqimandalar
bo`lmasligiga olib keladi. Bu esa soliqlarning iqtisodiyotga ta`sirini yanada
kuchaytiradi, tadbirkorlikning erkin rivojlanishiga sharoit yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |