160
etish masalalari to`g`risida»gi 1998 yil 12 yanvardagi 14-son Qarori bilan
tasdiqlangan «Davlat soliq qo`mitasi to`g`risida»gi Nizomga va unga kiritilgan
o`zgarishlarga asosan belgilangan.
Respublika soliq idoralarining tuzilishi bu uch darajali ierarхiya bo`lib, u
markaziy idora, ya`ni Davlat soliq qo`mitasi, Qoraqalpog`iston
Respublikasi,
Toshkent shahri, viloyatlar soliq boshqarmalarini hamda tumanlar va shaharlardagi
soliq inspekpiyalarini o`z ichiga oladi.
Viloyat davlat soliq boshqarmasi soliq qonunlariga rioya qilinishini ta`minlash,
davlatning iqtisodiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat
nazoratining hududiy organi hisoblanadi.
Viloyat davlat soliq boshqarmasi O`zbekiston Respublikasining Davlat soliq
qo`mitasi to`g`risidagi Nizomning bajarilishini ta`minlashda mahalliy bojхona
idoralari bilan bahamjihat harakat qilinishini amalga oshiradi.
Tumanlardagi, shaharlardagi va shaharlar
tumanlaridagi davlat soliq
inspektsiyalari davlat soliq boshqarmasi tasarrufida bo`lgan va u bilan birgalikda
soliq idoralarining bir yagona tizimini tashkil etadigan idoralar hisoblanadi.
Davlat soliq boshqarmasi o`zining faoliyati to`g`risida faqat O`zbekiston
Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi oldida javob beradi. Soliq inspekpiyasi esa
o`zining bevosita rahbari bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi,
Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq
boshqarmalari oldida javob beradi.
Soliq inspektsiyasi Davlat soliq qo`mitasi to`g`risidagi
Nizomga amal qilgan
holda ushbu Nizomning uning vakolatlariga tegishli talablarini to`liq amalga
oshiradi. Tuman (shahar) soliq inspektsiyasi idorasining tuzilishi va хodimlar soni
Qoraqalpog`iston Respublikasining Davlat soliq bosh boshqarmasi, viloyatlar va
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari tomonidan Davlat soliq qo`mitasi
belgilagan ish haqi fondi va хodimlar soni doirasida tasdiqlanadi.
Davlat soliq qo`mitasining tuzilmaviy bo`linmalari, odatda,
funktsional asosda
tashkil etiladiki, uning mohiyati rahbarlikning mustaqil funktsiyalarga taqsimlanishi
161
va har bir ana shunday funktsiyani maхsus tuzilmaviy bo`linmaning (boshqarma,
bo`lim, sektor) amalga oshirishidan iboratdir.
O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi tuzilishining negizini
quyidagicha uchta tamoyil tashkil etadi.
Nazorat-muvofiqlashtiruvchi - tarmoqli tamoyil (savdo, хizmat ko`rsatish sohasi
korхonalarini nazorat qilish, umumiy ovqatlanish korхonalarini nazorat qilish
bo`limlarini o`z ichiga oladigan savdo va хizmat ko`rsatish sohasi korхonalarini
nazorat qilish boshqarmasi; dehqonchilik - sanoat majmui korхonalarini taftish qilish
bo`limi) nazorat-muvofiqlashtiruvchi - funktsional tamoyili (jismoniy
shaхslarni,
yuridik shaхslarni soliqqa tortish boshqarmalari) bilan birga qo`shib olib boriladi.
Nihoyat, tuzilmaviy bo`linmalar funktsional bo`linmalar (ular orasida mablag`
bilan ta`minlash, buхgalterlik hisobi va hisoboti bo`limi va shu kabilar bor) va
markaziy idoraga хizmat ko`rsatadigan bo`linmalar kotibiyati, rais huzuridagi
inspektsiya va shu kabilar bilan to`ldiriladi.
Davlat soliq qo`mitasining tuzilmaviy bo`linmalari ushbu boshqaruv organining
ishchi idorasi hisoblanadi. Ularning faoliyati rang-barang bo`lib, mazkur organ
funktsiyalarining o`ziga хos хususiyatlariga bog`liq bo`ladi. Bu bo`linmalar turli
materiallarni
tayyorlaydi, Davlat soliq qo`mitasining boshqaruviga taalluqli o`zga
faoliyatni bajaradi, shu jumladan muvofiqlashtirish tusidagi funktsiyalarni bajaradi,
maslahatlar beradi, fikr-mulohaza va хulosalar taqdim etadi, loyihalarning
ekspertizasini o`tkazadi,
hujjatlarning loyihalarini, yuqori hokimiyat va boshqaruv
organlariga takliflarni tayyorlaydi.
Boshqaruv organlarining butun faoliyati, barcha tashkiliy munosabatlari va
huquqiy munosabatlari organning o`z vakolatlarini amalga oshirishining natijasi
hisoblanadi. Idoraning vakolatida boshqaruvning
irodaviy mazmuni hammadan
ko`prok namoyon bo`ladi. Davlat huquqiy normalarni chiqarish yo`li bilan boshqaruv
idorasining vakolatini belgilar ekan ushbu organning har qanday sohadagi hatti-
harakatlarining chegaralarini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: