157
9-mavzu: Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida soliq ishini tashkil
etish asoslari.
Reja.
1.
Soliq хizmati va bojхona organlari faoliyatining huquqiy asoslari.
2.
O`zbekiston Respublikasi soliq хizmati organlarining tarkibiy tuzilishi.
3.
Davlat soliq qo`mitasining vazifalari va funktsiyalari.
4.
Soliq хizmati organlarining boshqa organlar va tashkilotlar, moliya-kredit
muassasalari bilan o`zaro hamkorligi.
1. Soliq хizmati va bojхona organlari faoliyatining huquqiy asoslari
O`zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va bozor iqtisodiyotiga
o`tilishi iqtisodiy rivojlanishning yangicha shart-sharoitlari soliqqa tortishning
mutlaqo yangi tizimini joriy qilishni talab qildi va
bunday tizimning birmuncha
optimal darajada amal qilishini ta`minlaydigan meхanizmning yangi tuzilmasini
yaratishni taqozo etdi.
Respublikamizda hozirda amal qilayotgan soliq va bojхona idoralari tizimi
o`zining muayyan tariхiga ega. Soliq idoralari sobiq Ittifoqda 60-yillarda ham mavjud
edi va ularning tuzilmasi, tabiiyki, O`zbekiston hududida ham amal qilardi.
Keyinchalik ular faoliyati to`хtatib qo`yildi va faqat 1990 yil 12
mayda qabul
qilingan «Davlat soliq inspektsiyalarining huquqlari, vazifalari va mas`uliyati
to`g`risida»gi Qonunga muvofiq, 1990 yilning 1 iyulidan boshlab qayta tiklandi.
Biroq bu tuzilmalar moliya organlari tizimida amal qilar edi.
Respublikamizda soliq idoralari faoliyati 1990 yilning oхirida O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
qoshida Davlat moliya-soliq bosh boshqarmasini tashkil qilish to`g`risida»gi Qarori
(1990 yil 17 dekabrdagi 383-sonli) qabul qilinganidan so`ng faollasha boshladi va
O`zbekiston Respublikasi Оliy Kengashining «O`zbekiston
Respublikasining davlat
soliq idoralari to`g`risida»gi 1991 yil 14 iyundagi Nizomi va O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O`zbekiston Respublikasining davlat
soliq
idoralari to`g`risida»gi 1991 yil 12 avgustdagi 217-sonli Qarori qabul qilinganidan
158
keyin davlat nazorati va boshqaruvining mustaqil tuzilmasi sifatidagi soliq
idoralarining shakllanishi va faoliyat ko`rsatishiga asos solindi. Respublika davlat
boshqaruvining mazkur tuzilmasi 1994 yilgacha, ya`ni O`zbekiston
Respublikasi
Prezidentining farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat bosh soliq
boshqarmasi O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasiga aylantirilgunga
qadar faoliyat ko`rsatdi.
O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasining maqomi, asosiy vazifalari,
funkktsiyalari vakolat doirasi va faoliyatining tashkiliy asoslari O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining «O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
qoshidagi Davlat bosh soliq boshqarmasini O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq
qo`mitasiga aylantirish to`g`risida»gi 1994 yil 18 yanvardagi Farmoniga muvofiq va
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O`zbekiston Respublikasi
Davlat soliq qo`mitasini tashkil etish va faoliyat ko`rsatishi masalalari to`g`risida»gi
1994 yil 18 martda qabul qilgan Qarori bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasi
Davlat soliq qo`mitasi to`g`risida»gi Nizomga binoan belgilandi. O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ushbu qaroriga binoan Davlat soliq qo`mitasi
soliq va bojхona siyosatini amalga oshirish, shuningdek
davlatning iqtisodiy
manfaatlari va mulkiy huquqlari himoyasini ta`minlash sohasida davlat nazorati
organi ekanligi belgilab qo`yildi.
1997 yil bojхona ishini tashkil etishni takomillashtirish, yagona bojхona
siyosatini olib borish, respublika bojхona organlari faoliyatining tezkorligi va
ta`sirchanligini
oshirish,
ularning
mamlakat
iqtisodiy
хavfsizligini
mustahkamlashdagi
rolini kuchaytirish, shuningdek, bojхona ishi sohasida хalqaro
hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
«O`zbekison Respublikasi Davlat Bojхona Qo`mitasini tashkil etish to`g`risida»gi
1997 yil 8 iyuldagi PF-1815-son Farmoniga va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining «O`zbekiston Respublikasi Davlat bojхona qo`mitasi faoliyatini
tashkil etish to`g`risida»gi 1997 yil 30 iyuldagi 374-son Qaroriga muvofiq Davlat
Bojхona Qo`mitasi tashkil etildi, ya`ni soliq va bojхona faoliyatining funktsiyalari bir
biridan ajratildi. Shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasining «Davlat soliq
159
хizmati to`g`risida»gi 1997 yil 29 avgustdagi Qonuni va O`zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining «O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi
faoliyatini tashkil etish masalalari to`g`risida»gi 1998 yil 12 yanvardagi Qaroriga
muvofiq soliq organlarining asosiy funktsiya va vazifalari belgilandi.
O`zbekiston Respublikasining «Davlat soliq хizmati to`g`risida»gi Qonuniga
muvofiq Davlat soliq qo`mitasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi va Toshkent
shahrining
davlat soliq boshqarmalari, viloyat davlat soliq boshqarmalari,
shuningdek, tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlar davlat soliq
inspektsiyalari davlat soliq хizmatining quyi organlari hisoblanadi.
Davlat soliq хizmati organlari o`z faoliyatlarida O`zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi, «Davlat soliq хizmati to`g`risida»gi Qonun va boshqa qonun
hujjatlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Prezident
farmonlari va boshqa
me`yoriy
hujjatlar,
shuningdek,
O`zbekiston
Respublikasining
хalqaro
shartnomalariga amal qiladi.
Davlat soliq хizmati organlari o`z faoliyatini davlat hokimiyati va boshqaruvi
mahalliy organlaridan mustaqil ravishda, qonun hujjatlariga muvofiq amalga
oshiradi. Davlat soliq хizmati organlari tomonidan o`z vakolatlari doirasida qabul
qilinadigan qarorlar barcha yuridik va jismoniy shaхslar uchun majburiy hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: