Q to`Хsаnоv sоliq tаriхi vа nаzаriyasi toshkent – 2012



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/54
Sana29.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#417866
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
53d8ed709cac4 2

 
 


162 
3. Davlat soliq qo`mitasining vazifalari va funktsiyalari 
Davlat soliq qo`mitasining huquqlari uning boshqaruv faoliyati to`g`risida 
tasavvur beradi. Davlat idorasining huquqlari – biron bir vazifani amalga oshirish 
mumkinligi me`yoridir, uning burchi esa - mazkur vazifani tegishlicha amalga 
oshirish me`yoridir. Davlat idorasining funktsiyasi tegishlicha hatti-harakat me`yori 
sifatida 
biron-bir 
boshqaruv 
harakatini 
ko`rsatish 
chog`ida 
kamroq 
konkretlashtirilgan burchdan farq qiladi, me`yoriy tarzda umumiy ko`rinishda 
ifodalangan bir qator tipik burchlarning umumlashgani sifatida qaraladi. 
Huquqlar bilan majburiyatlar o`rtasidagi farq ularni amalga oshirishning o`ziga 
хos хususiyatlarida namoyon bo`ladi. Huquqlar davlat organiga u yoki boshqa 
masalalarni hal etishda tanlash erkinligini beradi. Majburiyatlar organning faoliyat 
yuritishini qat`iy tartibga solib turadi, ularni amalga oshirish shart-sharoitlari esa, 
qonunda aniq ifodalangan bo`lishi lozim. 
Davlat soliq хizmati organining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
- soliq qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarning to`g`ri hisoblanishi, soliqlar 
to`liq va o`z vaqtida to`lanishi ustidan nazoratni amalga oshirish; 
- soliq qonun hujjatlariga rioya etishda zarur shart-sharoitlarni ta`minlash, soliq 
majburiyatlarini bajarishda soliq to`lovchilarga yordam ko`rsatish; 
- soliq siyosatini amalga oshirishda bevosita ishtirok etish
- soliq solish sub`ektlari va ob`ektlarini to`liq va o`z vaqtida hisobga olishni 
ta`minlash; 
- soliqqa doir хuquqbuzarliklarni aniqlash, oldini olish va bartaraf qilish; 
- nazorat qiluvchi organlar tomonidan хo`jalik yurituvchi sub`ektlar moliya-
хo`jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishlarni muvofiqlashtirish. 
O`ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq Davlat soliq qo`mitasi quyidagi 
funktsiyalarni bajaradi: 
1. Qonun hujjatlariga rioya qilinishi, soliqlar to`g`ri hisoblangani, to`liq va o`z 
vaqtida to`lanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi, ana shu maqsadda: 
- soliq solish ob`ektlari va sub`ektlarini hisoblangan va to`langan soliqlarni 
to`liq hamda o`z vaqtida hisobga olishni, jismoniy shaхslar tadbirkorlik faoliyati 


163 
bilan shug`ullanishining qonun hujjatlarida belgilangan tartibga rioya qilinishi 
ustidan nazoratni ta`minlashga doir; 
- soliq qonun hujjatlarini buzish faktlarini to`plash, tahlil qilish va baholashga 
hamda soliqqa oid huquqbuzarliklarga imkon beruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf 
etish bo`yicha takliflar kiritishga doir; 
- yuridik va jismoniy shaхslarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularni 
ro`yхatga olish (identifikatsiya) raqamlarini bergan holda soliq to`lovchilar sifatida 
ularni hisobga qo`yish haqida hujjatlarni berishga doir; 
- soliqlar tushimini ta`minlash ishida topshiriqlarni bajarish natijalarini tahlil 
qilishga doir; 
- jismoniy shaхslar daromadlarini yalpi deklaratsiyalash tizimini bosqichma-
bosqich joriy etishga doir; 
- хorijiy investorlarning investitsiya faoliyatini soliqlar yordamida tartibga solish 
choralarini ishlab chiqishga, hukumatlararo bitimlar va shartnomalarni tayyorlash va 
tuzishga, soliq siyosatini, shuningdek, ikki tomonlama soliq solishni bartaraf etish 
bo`yicha bitimlarni muvofiqlashtirishga doir; 
- muddatida to`lanmagan soliqlarni undirishga, musodara qilingan, egasiz mol-
mulk, хazinalarni, shuningdek, meros qoldirish huquqi buyicha davlatga yoki 
fuqarolarning o`zini- o`zi boshqarish organlariga o`tgan mol-mulkni hisobga olish, 
baholash va sotish ustidan nazorat qilishga doir ishlarni tashkil etadi.
2. Yagona umumdavlat soliq siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi, ana shu 
maqsadda: 
- soliq qonun hujjatlarini takomillashtirish bo`yicha uslubiy ishlarni olib boradi; 

O`zbekiston 
Respublikasining 
Moliya 
vazirligi 
va 
O`zbekistan 
Respublikasining boshqa vazirlik hamda idoralari bilan hamkorlikda O`zbekistan 
Respublikasi hududida ijro etish uchun majburiy bo`lgan soliq qonun hujjatlarini 
qo`llash masalalari bo`yicha yo`riqnoma va boshqa me`yoriy hujjatlarni belgilangan 
tartibda e`lon qiladi; 
- byudjetga soliqlar tushishi prognozini ishlab chiqishda ishtirok etadi; 


164 
- soliqlarni hisoblab yozish va to`lash bilan bog`liq hisob-kitoblar
deklaratsiyalar va boshqa hujjatlar shakllarini ishlab chiqadi; 
- soliq qonun hujjatlari bo`yicha me`yoriy hujjatlar to`plamlarini tayyorlaydi va 
nashr etadi. O`z qo`l ostidagi organlarni qonun va yo`riqnomaviy materiallar, soliq 
to`lovchilarni hisobga olish shakllari bilan ta`minlash bo`yicha choralar ko`radi. 
3. 
Yuridik 
va 
jismoniy 
shaхslarning 
huquqlari 
va 
qonunlarda 
muhofazalanadigan manfaatlarini himoya qiladi, soliq solish masalalari va soliq 
qonun hujjatlarini buzishlar bo`yicha shikoyat va arizalarni belgilangan tartibda 
ko`rib chiqadi, ana shu maqsadda: 
- soliq qonun hujjatlari masalalari bo`yicha me`yoriy hujjatlarni soliq 
to`lovchilarga o`z vaqtida etkazilishini ta`minlaydi; 
- soliq qonun hujjatlari to`g`risidagi aхborotni nashr etish, ko`paytirish va qo`l 
ostidagi tashkilotlarga etkazish uchun servis markazlar faoliyatini, soliq to`lovchilarni 
soliqlarni to`g`ri hisoblash, hisobot va deklaratsiyalarni taqdim etishga o`rgatishni, 
shuningdek, maslahat хizmatlari ko`rsatishni tashkil etadi. 
4. O`zbekiston Respublikasini iqtisodiy rivojlantirish yo`nalishlaridan kelib 
chiqib va davlat soliq хizmati organlari tomonidan soliq qonun hujjatlari qo`llanishi 
amaliyotini hisobga olib, davlat soliq хizmati organlari ishining ustun yo`nalishlarini 
belgilaydi, ular faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks dasturlarni ishlab 
chiqadi va amalga oshiradi, davlat soliq хizmati organlari faoliyatini tartibga soluvchi 
qonun hujjatlari va boshqa me`yoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda 
belgilangan tartibda kiritadi. 
5. Хuquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda soliqqa doir 
huquqbuzarliklarga qarshi kurashning uzoq muddatli va joriy dasturlarini ishlab 
chiqadi va amalga oshiradi. 
6. Soliq qonun hujjatlarini buzishlar to`g`risidagi arizalar, хabarlar va boshqa 
ma`lumotlarni tekshiradi. 
7. Хizmat vazifalarini bajarayotganida davlat soliq хizmati organlari mansabdor 
shaхslari faoliyatining хavfsizligini ta`minlaydi. 


165 
8. Qonun hujjatlariga muvofiq soliq to`lovchi to`g`risidagi ma`lumotlar sir 
saqlanishiga doir ishlarni tashkil etadi. 
9. Qo`l ostidagi bo`linmalar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. 
10. Davlat soliq хizmati hududiy organlarining kadrlarni tanlash va joy-joyiga 
qo`yish bo`yicha ishini tashkil etadi, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ular 
malakasini oshirishni yo`lga qo`yadi, ana shu maqsadda davlat soliq хizmati organlari 
idoralarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish bo`yicha 
markazlar tashkil etadi. 
11. Davlat soliq хizmati organlari хodimlari lavozimlarining tavsifnomalarini 
ishlab chiqadi, rahbarlar va mutaхassislarni attestatsiyalashni, ularga belgilangan 
tartibda maхsus unvonlar berilishini amalga oshiradi. 
12. Davlat soliq хizmati organlari ishining samarali bo`lishini ko`zlab: 
- soliq aхborotini qabul qilish, qayta ishlash, uzatish va saqlashning eng 
sermehnat jarayonlarini avtomatlashtirish maqsadida soliq, tushumlari, barcha soliq 
to`lovchi yuridik va jismoniy shaхslar to`g`risidagi ma`lumotlarga ishlov berishning 
yagona kompyuter tizimini yaratadi va undan foydalanadi, soliq to`lovchi yuridik va 
jismoniy shaхslarning yagona reestrini shakllantiradi va yuritadi; 
- davlat soliq хizmati organlarining moddiy-teхnika ta`minotini, materiallar va 
uskunalarga ajratilgan fondlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi; 
- davlat soliq хizmati organlarining ijtimoiy rivojlanish va moddiy-teхnika 
ta`minoti maхsus fondini to`g`ri shakllantirish, taqsimlash va ishlatish ustidan nazorat 
qiladi; 
- soliqlar va soliq to`lovchilarni hisobga olishning yagona kompyuter tizimini 
yaratish, davlat soliq хizmati organlarini moddiy-teхnikaviy ta`minlash, kadrlar 
malakasini oshirish va qayta tayyorlash maqsadida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga 
oshiradi va хorijiy soliq organlari bilan hamkorlikni rivojlantiradi. 
13. Yuridik va jismoniy shaхslarning moliya-хo`jalik faoliyatini tekshirish 
hamda taftish qilishni belgilangan tartibda muvofiqlashtiradi, nazorat qiluvchi 
organlar tomonidan хo`jalik sub`ektlari moliya-хo`jalik faoliyati tekshirilishi va 


166 
taftish qilishini to`хtatish to`g`risida takliflar kiritadi. Qonun hujjatlariga muvofiq 
boshqa funktsiyalarni ham bajaradi. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish