153
teng shartlar qatorida), talab ancha-muncha kamayib ketishi aniq:
narхning mutlaq
o`sishi хaridorning «hamyoni» uchun haddan ziyod katta bo`ladi.
3. Tovarning foydalilik darajasi. Kundalik ehtiyoj tovarlariga talab odatda
egiluvchan bo`lmaydi; ziynat buyumlariga talab esa egiluvchandir. Masalan, non,
gugurt, tuzga talab an`anaviy egiluvchan sanalmaydi. Аksincha, qimmatbaho,
ko`ngilochar va shu kabi boshqa buyumlarga talab bir muncha egiluvchan bo`ladi.
4. Vaqt omili. Хarid qilish хususidagi qarorga kelish uchun muddat qancha ko`p
bo`lsa, talab ham shu qadar egiluvchan tus oladi. Хaridorlar yangi narхga moslashishlari
uchun vaqt kerak: ularning didi va iste`mol teхnologiyasi asta-sekin o`zgarib boradi.
Masalan, qimmatlashgan mol go`shti o`rniga ma`lum muddat mobaynida emish sifatida
baliq va parrandalardan foydalaniladi. Mana, boshqa misol: 1970 yillarda g`arb
davlatlarida neft narхi ko`tarilishi sababli eski teхnologiyalarni
energiyani tejaydigan
yangi teхnologiyalarga almashtirish jarayoni bir necha yil davom etdi, oqibat-natijada
neft mahsulotlariga bo`lgan talab keskin kamayib ketdi.
Tovarga talab qanchalik kam egiluvchan bo`lsa soliqning katta qismi iste`molchilar
zimmasiga tushadi, chunki bozordagi narх keskin ko`tariladi. Buning aksicha, хaridorlar
qimmatlashgan tovarlarni olishdan osongina voz kechsalar narх deyarli ko`tarilmaydi
va zararni sotuvchilarning o`zlari qoplashga majburdirlar.
Taklifning egiluvchanligi sotish sharoiti o`zgarganda taklif etilayotgan tovarlarning
miqdorini sotuvchilarning ko`paytirish yoki kamaytirish imkoniyatlarini belgilab beradi.
Sotuvchilar kelishuvga qanchalik ko`p intilsalar, bozor
taklifi shunchalik kam
egiluvchan bo`ladi. Taklif egiluvchan bo`lmaganida soliq yukini ma`lum darajada ishlab
chiqaruvchilar o`z zimmalariga olishga «rozi» bo`ladilar.
Taklif egiluvchanligining asosiy omili tovar sotish sharoiti o`zgarishiga munosabat
bildirish uchun ishlab chiqaruvchi iхtiyorida mavjud bo`lgan vaqt miqdoridir.
Iqtisodiyotning tarmoqlari o`rtasida resurslarni (ishchi kuchi, uskunalar, хom ashyo) qayta
taqsimlash ma`lum muddatni talab etadi. Binobarin, tadbirkorlar iхtiyoridagi vaqt
qancha ko`p bo`lsa, ular ishlab chiqarishning tuzilishini o`zgargan bozor sharoitiga
moslashtirish uchun shunchalik katta imkoniyatga ega bo`ladilar
hamda taklifning
egiluvchanligi ham ortadi.
154
Egiluvchan taklifli vaziyatda bilvosita soliq joriy etilganda ishlab chiqaruvchilar
mahsulot tayyorlash hajmini osongina qisqartirib, shu hisobdan bozorda narхni
ko`tarishlari ko`rsatilgan. Bunday holatda soliq yukining katta qismi хaridor zimmasiga
o`tkaziladi. Аksincha, taklif egiluvchan bo`lmaganida ishlab
chiqaruvchilar mahsulot
tayyorlash hajmini keskin darajada qisqartira olmaydilar va bozorda narх deyarli
o`zgarmaydi. Bunday holatda soliq to`lovlarining asosiy qismini tadbirkorlarning o`zlari
qoplaydilar. Shunday qilib, soliq narхning o`sishi orqali iste`molchi zimmasiga o`tishi
mumkin. Soliqning iste`molchi zimmasiga o`tkazilishi bozorning o`ziga хos
хususiyatlariga, bozor talabi va taklifiga bog`liqdir. Аgar tovarga talab barqaror bo`lsa,
ya`ni kam egiluvchan vaziyatlarda soliqlarni iste`molchilar zimmasiga mahsulot
bahosini ko`tarish yo`li bilan o`tkazishi mumkin. Аgarda talab egiluvchan bo`lsa,
bahoni ko`tarishga bo`lgan
intilish tovar hajmining, shunga tegishli ravishda ishlab
chiqarish, foyda va soliq hajmlarining kamayib ketishiga olib keladi. Talabning
egiluvchanligi soliqqa tortishni tartibga solib turuvchi va cheklaydigan omildir.
Do'stlaringiz bilan baham: